16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 17:09
Siyosat 👁 336

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 49-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 49-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

2022-yil 14-may kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 49-sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, sektorlar rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, huquq-tartibot organlari, boʻlimlar, jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiyani tuman hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sultonboy Yoʻldashev ochdi va olib bordi. Sessiya kotibligiga 15-“Xolimbeg” saylov okrugidan deputat Abdiqadir Tulovmuratov saylandi.

Sessiyada dastlab, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi Farmonining ijrosi toʻgʻrisida tuman Adliya boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Moʻminjon Matyusupovning axboroti tinglandi.

Moʻminjon Matyusupov kun tartibidagi masala yuzasidan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berib, qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirish boʻyicha oʻz tavsiyalarini berib oʻtdi.

Sessiya ishida Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha 2020-2030-yillarga moʻljallangan strategiyaning tumandagi ijrosi boʻyicha tuman hokimi oʻrinbosari Islom Matkarimovning hisoboti tinglandi.

Hisobotda keltirilishicha, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida tumanda fermer xoʻjaliklarining yerdan foydalanishidagi past hosilli paxta va gʻalla ekinlaridan qisqartirilgan  yer maydonlari hisobidan fuqarolarga 10 sotixdan 1 gektargacha boʻlgan oʻlchamda jami 2 ming 242 gektar ekin maydonlarini 2022-2025-yillarda bosqichma-bosqich zaxiraga qaytarish rejalashtirilgan.

Shundan joriy yilda jami 897 gektar yer maydonlari ishsiz axoliga ajratib beriladi. Shuningdek, keyingi yillarda kuzatilayotgan suv tanqisligining oldini olish boʻyicha tumanda tomchilatib sugʻorish tizimlarini joriy qilish ishlari samarali tarzda amalga oshirilmoqda. Jumladan, 1 ming 67 gektar maydonda tomchilatib sugʻorish texnologiyalari joriy qilindi.

Sessiya ishida Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Qonunining tumandagi ijrosi haqida tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari Fotima Eshimbetovaning axboroti tinglandi.

Axborotda tumandagi korxona va tashkilotlar faoliyatining ochiqligini taʼminlash maqsadida tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan maʼlumotlar haqida batafsil toʻxtab oʻtildi. Shuningdek, axborotda tumanning ijtimoiy-siyosiy hayotida roʻy berayotgan voqea va hodisalar ijtimoiy tarmoqlarda sifatli hamda tezkor yoritilib kelayotganligi taʼkidlandi.

Shundan soʻng, tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi Fahriddin Abdullayevning Muhtaram Prezidentimiz raisligida shu yil 5-may kuni tibbiyot sohasi xodimlari bilan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilab berilgan vazifalarning tumandagi ijrosi boʻyicha xisoboti tinglandi.

Taʼkidlangandek, tez tibbiy yordam boʻlimi samaradorligini oshirish hamda shifokorlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish borasida tumanda koʻplab islohatlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yaqinda Toʻlqin oilaviy shifokorlik punkti faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Shuningdek, tumanning 11 ta chekka mahallalariga konteynerlar oʻrnatilmoqda.

Sessiya davomida tumanda xotin-qizlarni har taraflama qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash va muammolarining hal etilishi yuzasidan koʻrilayotgan choralar toʻgʻrisida tuman hokimining oʻrinbosari Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Soburovaning xisoboti tinglandi.

Hisobotda “Ayollar daftari”da turuvchi kasbga oʻqitilgan, bandligi taʼminlangan shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik yordam berilgan ayollar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berildi.

Shuningdek, sessiya ishida tuman mahalliy byudjeti mablagʻlarining 2022-yil 1-chorak davomida sarflanishi haqidagi masala ham koʻrib chiqildi. Mazkur masala yuzasidan tuman Moliya boʻlimi mudiri Ulugʻbek Bekniyazov hisobot berdi. Hisobotda keltirilishicha, 1-chorak davomida byudjet xarajatlari rejasiga kiritilgan oʻzgarishlardan keyin tuman mahalliy byudjetidagi mablagʻlar 65 mlrd. 711,4 mln soʻmni tashkil qilib, 1-chorak davomida byudjet mablagʻlari xarajatlari hisobidan jami 62 mlrd 810,6 mln soʻmlik mablagʻlar sarflangan.

Sessiya ishida aholidan kelib tushayotgan murojaatlar asosida hokim yordamchilari faoliyatining samaradorligini oʻrganish boʻyicha tuman Xalq qabulxonasi boʻlimi mudiri Erkin Rajabovning axboroti tinglandi.

Taʼkidlanganidek, koʻrib chiqilgan murojaatlarning 81,8 foizi qanoatlantirilgan, shundan 24,7 foizii jobiy hal qilingan boʻlsa, 57,1 foiz murojaatlarga huquqiy maslahat va tushuntirishllar berilgan. Shuningdek hokim yordamchilari tomonidan aholi bandligini taʼminlash, kasbga oʻqitish, aholining tadbirkorlik qobiliyatlarini qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumotlar berib oʻtildi.

Sessiya kun tartibida Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetining erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga hududlarda “Yashil makon” va “Yashil bogʻ” loyihalarini amalga oshirish, mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini ekish uchun mablagʻ ajratish boʻyicha tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Rashid Salayevning taklifi koʻrib chiqildi.

Sessiya kun tartibida Amudaryo tumani Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli maktablarda boʻshab qolgan direktorlik lavozimiga oʻtkazilgan tanlov yakunlari boʻyicha nomzodga kelishim berish toʻgʻrisidagi masala ham koʻrib chiqildi.

37-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori lavozimiga Gʻayrat Jumanazarov nomzod sifatida koʻrsatilgan. Sessiya davomida nomzodning kelgusi 3-yilga moʻljallangan dasturi tinglanib, ochiq ovoz berish jarayoni orqali Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining nomzodga kelishim berish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilindi.

Shuningdek, sessiya ishida Kengash vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar ham muhoka qilinib, ular yuzasidan ham tegishli qarorlar qabul qilindi. Shuning bilan sessiya oʻz ishini yakunladi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019