16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 17:09
Siyosat 👁 238

Fuqarolar yigʻinlari raislari saylovi qonun talablari asosida oʻtkazilmoqda

Fuqarolar yigʻinlari raislari saylovi qonun talablari asosida oʻtkazilmoqda

Mahalla instituti oʻzini oʻzi boshqarish organi sifatida maʼlum bir hududdagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy, diniy va boshqa masalalarda mustaqil ish olib boruvchi ijtimoiy tuzilma hisoblanadi. Butun mamlakatimizda boʻlgani kabi Amudaryo tumanida ham joriy yilning may oyida oʻtkaziladigan fuqarolar yigʻinlari raislari saylovini tashkil etish va oʻtkazishga doir ishlar yuqori saviyada tashkil etildi.

16-may kuni tuman hududida ham fuqarolar yigʻinlari raisligiga saylovlar jarayonlari boshlab yuborildi. Jumladan, Oʻrtaqalʼa ovulida ham fuqarolar yigʻini maʼmuriy binosida saylov jarayoni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi.

Amaldagi tartib asosida koʻcha va guzarlarda oʻtkazilgan yigʻilishlarda fuqarolar yigʻini raisligiga shu ovulda obroʻ-eʼtiborga ega, qonunchilikda belgilangan talablarga mos boʻlgan nomzodlar koʻrsatilib, tuman hokimi tomonidan Zamira Eshmuradova hamda Hayitboy Qutlimurodovlarning nomzodlariga kelishim berilgan. Oʻtkazilgan saylovda fuqarolar yigʻini raisligi uchun qoʻyilgan ikki nafar nomzod vakillar yigʻilishiga kelganlarni oʻz dasturi bilan tanishtirdi.

Oʻrtaqalʼa ovulida fuqarolar vakillari yigʻilishida ishtirok etish uchun hovli, uy, koʻchalardan 360 nafar vakillar saylangan edi. Nomzodlar vakillarni oʻz dasturlari bilan tanishtirganlaridan soʻng, barcha vakillar oʻz vakolatlaridan foydalanib, oʻzlari maʼqul deb bilgan nomzodga ovoz berdilar. Ovoz berish jarayonida 360 nafar vakillardan 245 nafari qatnashdi.

Aytib oʻtish kerakki, Amudaryo tumanida 2 ta shaharcha, 16 ta ovul va 31 ta mahalla jami 49 ta fuqarolar yigʻinlari faoliyat koʻrsatmoqda. Ularning barchasida 2022-yilning may oyida boʻlib oʻtadigan fuqarolar yigʻinlari raislari sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tegishli vazifalar belgilanib, 25 banddan iborat tadbirlar rejasi hamda 19 kishidan iborat fuqarolar yigʻinlari raislari saylovini tashkil etish va oʻtkazishga koʻmaklashuvchi tuman komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.

  29-30-mart kunlari saylovni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha fuqarolar vakillarining yigʻilishlari oʻtkazildi hamda har bir  fuqarolar yigʻinida 7 kishidan iborat ishchi guruhlar tuzilib, ularning tarkibi tasdiqlandi.

Amudaryo tumanida saylov yoshiga toʻlgan fuqarolar umumiy sonining kamida oʻn ikki foizi miqdorida hovlilar, uylar, koʻchalar va aholi punktlari boʻyicha jami 15 ming 75 nafar fuqarolar vakil sifatida saylandi.

Tumanda fuqarolar yigʻinlari raislari saylovi 26 tasi maktab binosida,  3 tasi kasb-hunar maktablari va texnikumlar binosida, 1 tasi Bolalar musiqa va sanʼat maktabi binosida, 1 tasi korxona va tashkilot binosida, 11 tasi toʻyxonalar binosida va 1 tasi mahalla guzarida va 6 tasi Madaniyat muassasalarida oʻtkazilishi belgilangan.

Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi toʻgʻrisida”gi qonuni talablariga asosan, mahallalardagi Ishchi guruhlar tomonidan har mahalladan 2-3 nafardan jami 147 nafar nomzodlar tavsiya etilgan.

Oʻrtaqalʼa ovulida oʻtkazilgan saylov natijalariga koʻra, fuqarolar yigʻini raisligiga nomzodi qoʻyilgan Zamira Eshmuradova saylovda ishtirok etgan vakillarning 24 foiz, Hayitboy Qutlimurodov 74 foiz ovozini toʻplashdi. Eng koʻp ovoz toʻplagan Hayitboy Qutlimurodov ovul fuqarolar yigʻini raisligiga saylandi.

Raislikka saylangan Hayitboy Qutlimurodov bor kuch va bilimini ovul obodligini taʼminlashga, hududni rivojlantirishga sarflashga soʻz berib, nomzodini qoʻllab-quvvatlagan, ushbu masʼuliyatli vazifani ishonib topshirgan ovuldoshlariga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019