16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:39
Salomatlik 👁 328

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PEDIATRIYa ILMIY AMALIY MARKAZI DIREKTORI, PROFESSOR DILOROM AHMEDOVA AMUDARYoLIK PEDIATR-ShIFOKORLAR FAOLIYaTI BILAN TANIShDI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PEDIATRIYa ILMIY AMALIY MARKAZI DIREKTORI, PROFESSOR DILOROM AHMEDOVA AMUDARYoLIK PEDIATR-ShIFOKORLAR FAOLIYaTI BILAN TANIShDI

Prezidentimiz tibbiyot sohasi vakillari bilan boʻlgan uchrashuvida millatning bardavomligi, xalqning salomatligi tibbiyot sohasi xodimlarining fidoyiligiga koʻp jihatdan bogʻliqligini, tom maʼnoda xalqimizni sogʻlomlashtirish, ularning ijtimoiy va maʼnaviy faolligini oshirish ona va bolaning repoduktiv salomatligini muhofaza etishga, bolaga hali u dunyoga kelmasdan zarur gʻamxoʻrlik koʻrsatishga bogʻliqligini qayta-qayta taʼkidladilar. Shu bilan birga Prezidentimiz tomonidan sohani rivojlantirishga hamda shifokorlarning moddiy manfaatdorligini oshirishga qaratilgan Qaror va Farmonlar imzolandi.

Xususan, Prezidentimizning “Reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va koʻlamini yanada kengaytirish toʻgʻrisida”gi hamda “2022-2026-yillarda onalik va bolalikni muhofaza qilishni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi Qarorlari reproduktiv ayollar va homiladorlarni aniq rejalashtirilgan  tizim asosida roʻyxatga olish, reproduktiv  yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam sifatini talablar darajasida amalga oshirish hamda koʻlamini yanada kengaytirish imkonini berdi.

Prezidentimizning 2022-yil 25-apreldagi Qarori hamda ushbu Qaror ijrosini taʼminlashga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻlikni saqlash vazirligining buyrugʻiga asosan Amudaryo tuman Tibbiyot birlashmasi huzuridagi koʻptarmmoqli Markaziy poliklinikada joriy yilning 1-may sanasida yangidan bolalar boʻlimi tashkil etilib, boʻlimda bolalar tor soha mutassislari, qizlar salomatlik markazi, pediatr, immunolog, maktab va bogʻcha shifokorlari  hamda emlash xonasi oʻz faoliyatini boshladi.

Mazkur boʻlim bolalarga statsionar yordam koʻrsatish uchun zarur tibbiy-uslubiy qoʻllanmalar, klinik  standart protokollari, bolalarga integrallashgan usulda yordam koʻrsatish boʻyicha hamda keyingi kuzatuv va maslahatlar xususidagi qoʻllanmalar bilan taʼminlangan. Yangi tugʻilgan chaqaloqlar va 18 yoshgacha  boʻlgan bolalarga malakali tibbiy xizmat koʻrsatayotgan 50-oʻringa moʻljallangan mazkur boʻlimda ayni paytda 49 nafar bemor bolalar davolanmoqda.

Joriy yilning 14-may sanasida Amudaryo tuman Tibbiyot birlashmasi huzuridagi koʻptarmoqli Markaziy poliklinikada tashkil etilgan  Bolalar boʻlimi faoliyati bilan tanishish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Pediatriya ilmiy amaliy Markazi direktori, professor Ahmedova Dilorom  Ilhomovna tashrif buyurdi va mazkur boʻlim shifokorlari bilan uchrashib, bemor bolalar holidan xabar oldi.

Professor Dilorom Ilhomovna boʻlim faoliya bilan tanishish jarayonida bu yerda yaratilgan shart-sharoitlardan tashqari, Bolalar boʻlimining eng zarur dori-darmonlar, tibbiy vositalar bilan taʼminlanish holatini ham oʻrgandi.

Boʻlimda 4 ta hamshira posti va 2 ta muolaja xonasi mavjud boʻlib, muolaja xonalari eng zarur tibbiy volsitalar bilan toʻliq taʼminlangan.

Professor Dilorom Ahmedova Amudaryo tuman Tibbiyot birlashmasi huzuridagi bolalar jonlantirish boʻlimini ham borib koʻrdi. Mazkur boʻlimda 2 ta shoshilinch pediatriya brigadalari faoliyat yuritmoqda. Dilorom Ahmedova ogʻir ahvoldagi bemor bolalarga malakali tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida boʻlimdagi mavjud 2 ta oʻpkani sunʼiy ventilyatsiya qilish uskunasi, 2 ta oʻpkani doimiy musbat bosim bilan sunʼiy shamollatish uskunasi, 4 ta oksigenator, 5 ta markaziy kislorod yetkazib berish nuqtalari, vaqtidan oldin yoki kasal tugʻilgan chaqaloqlarni jonlantirish uchun avtomatik kislorod bilan taʼminlaydigan va optimal haroratni saqlaydigan 1 ta ochiq hamda 2 ta yopiq kuvez uskunalari, 3 dona monitor, 1 ta funktsional karovat va boshqa zarur uskuna va jihozlarning holatini koʻzdan kechirib, boʻlimdagi mavjud 6 ta koykada davolanayotgan bemor bolalar holati bilan yaqindan tanishdi.

Professor Ahmedova Dilorom Ilhomovna oʻz tashrifi davomida shifokorlar va bemor bolalar hamda ularning ota-onalari bilan muloqotda boʻlib, ularning muolaja choralari yuzasidan savollariga javob berdi. Shuningdek, amudaryolik pediatr-shifokorlar oldida turgan dolzarb vazifalar hamda tibbiyot soxasidagi innovatsion yangiliklar, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar boʻyicha oʻz taklif va tavsiyalarini berdi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019