16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 17:10
Siyosat 👁 311

Qipchoq ovul fuqarolar yigʻinida hokim va yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Qipchoq ovul fuqarolar yigʻinida hokim va yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Bugun mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar koʻlami tobora kengaymoqda. Mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan va kasb-hunarlarni puxta egallagan, oʻz yurti va xalqiga fidoyi, ajdodlarimiz boshlab bergan ishni davom ettirishga qodir boʻlgan, har tomonlama sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish davlatimiz va jamiyatimizning bosh maqsadidir. Shu maqsadda katta umid, orzu-maqsadlar bilan oʻz kelajagi sari shahdam harakat qilayotgan shijoatli yoshlarimizni qoʻllab-quvvatlash borasida tizimli ishlar qilinmoqda.

Amudaryo tumanining Qipchoq ovulida yoshlar ishtirokida oʻtkazilgan “Hokim va yoshlar uchrashuvi” ham shu maqsadga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Uchrashuvda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, tuman Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabov, hokim oʻrinbosari Mahmud Shermetov hamda mutasaddi tashkilot vakillari hamda 40 dan ortiq faol yoshlar ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, yosh avlodning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ularga har tomonlama yordam koʻrsatish bugungi islohotlarning bosh mavzusi ekanligini taʼkidladi.

Shuningdek, mamlakatimizda yoshlarning yuksak marralarni egallashlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, cheksiz imkoniyatlar haqida toʻxtalib, yoshlarni oʻqib bilim olishga, shijoat bilan olgʻa intilishga hamda Vatan xizmatiga yaraydigan munosib farzand boʻlishga daʼvat qildi.

Uchrashuvda tuman Xalq qabulxonasi boʻlimi mudiri Erkin Rajabov yoshlardan kelib tushayotgan murojaatlar oʻtgan yilgiga qaraganda sezilarli darajada kamayganligini, hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari tomonidan muammolar joyida hal qilinayotganligini taʼkidladi.

Yigʻilish davomida tuman hokimi oʻrinbosari yoshlarga ota-bobolarimizdan kelayotgan “Uztoz-shogird” anʼanasini koʻproq davom ettirish kerakligini, yoshlarning koʻproq xunar oʻrganishlari lozimligini va buning uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganligini aytib oʻtdi.

Shundan soʻng, uchrashuvga tashrif buyurgan yoshlarning muammo va takliflari tinglandi. Yoshlardan Mohira Jabbarbergenova, Iroda Bobojanovalar imtiyozli kredit ajratilishida amaliy yordam soʻrab murojaat qilishdi. Murojaatlar yuzasidan tegishli masʼullarga topshiriqlar berilib, yoshlarning talablari qanoatlantirildi.

Yigʻilishda ishtirok etgan yoshlar tuman hokimiga oʻz takliflari bilan ham murojaat qilishdi. Hokim bilan uchrashuv barcha yoshlarda oʻzgacha taassurot qoldirdi.

Bugun Oʻzbekistonda yuksak maʼnaviyatli avlod tarbiyalanmoqda. Bugungi yoshlarning ong-u shuuri, dunyoqarashi ham oʻzgargan. Yoshlarimiz orasida yangicha oʻylaydigan, innovatsion gʻoyalarini amalga tatbiq eta oladigan kuchlar borligi bizni quvontiradi. Mana shunday shijoatli va bilimli yoshlar safining kengayishi uchun esa har birimiz hissa qoʻshishimiz lozim. Zero, ertangi kun, mamlakatimiz kelajagi yoshlar qoʻlida.

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019