16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 17:10
Siyosat 👁 356

Oliy Majlis Senatining 25-yalpi majlisida qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirishga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi

Oliy Majlis Senatining 25-yalpi majlisida qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirishga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi

Oliy Majlis Senatining 25-yalpi majlisida qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirishga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi

Maʼlumki, joriy yil 28-29 aperl kunlari Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma beshinchi yalpi majlisi boʻlib oʻtgan edi. Yalpi majlisda 21 ta masala, shu jumladan 10 ta Qonun loyihasi koʻrib chiqilib, senatorlar tomonidan qizgʻin muhokama qilindi.

 19-may kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Senatning yalpi majlisida koʻrib chiqilgan masalalar, muhokama qilingan qonun loyihalarining mazmun-mohiyatini tushuntirish va jamoatchilik nazoratini yoʻlga qoʻyish boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Rashid Salayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati Sanobar Xoʻjamuratova, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi kotibiyati mudiri Mansur Oʻrazbayev shuningdek, tumandan saylangan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatlari, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari hamda tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Dastlab, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati Sanobar Xoʻjamuratova yalpi majlis davomida koʻrib chiqilgan maslalar yuzasidan maʼruza qildi.

 Shundan soʻng, “Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasining mazmun-mohiyati yuzasidan tuman Pochta aloqa boʻlimi boshligʻi Shakir Gaipovning maʼruzasi tinglandi.

Qayd etilganidek, Qonun loyihasi pochta aloqasining xavfsizligini taʼminlash choralari toʻgʻrisidagi yangi norma bilan toʻldirilmoqda. Qolaversa davlat tomonidan pochta aloqasini xalqaro normalar va standartlarga muvofiq rivojlantirish boʻyicha bir qator chora-tadbirlar belgilangan.

“Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasining mazmun-mohiyati bilan “Qoraqalpoqsuvtaʼminoti” masʼuliyati cheklangan jamiyati Amudaryo tumani filiali boshligʻi Sanjar Muratov tanishtirib oʻtdi. Qonun ichimlik suvidan foydalanish bilan bogʻliq barcha masalalarni tartibga solishga xizmat qiladi.

 Yigʻilish davomida “Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy-ijtimoiy xizmatlar tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi ham koʻrib chiqildi.

Shundan keyin “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi toʻgʻrisida tuman Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimi boshligʻi Botir Atabillayev maʼlumot berdi.

 Taʼkidlanganidek, mazkur Qonunning hayotga tatbiq etilishi natijasida kommunal xizmat koʻrsatish sohasida, shu jumladan koʻp kvartirali uylarni saqlash va undan foydalanishda qonun buzilish holatlarini oldini olishga hamda aholining xavfsiz yashashiga sharoit yaratib berilishiga erishiladi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi bilan tuman Davlat soliq inspektsiyasi boshligʻi Aydos Seyitov tanishtirib oʻtdi.

Shundan soʻng, “Yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishi boʻyicha reyting tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi Senat Qarori ijrosi yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi boshligʻi Sardor Ismoilov axborot berdi.

 Axborotda taʼkidlanganidek, Yoshlar muammolarini mahallabay mexanizm asosida tizimli bartaraf etish boʻyicha “Yoshlar balansi”ni shakllantirish, “Yoshlar daftari”ni yuritish va “Yoshlar dasturi”ni amalga oshirish boʻyicha muhim yoʻnalishi belgilab olingan.

 Yigʻilish kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan tuman hokimligining Bolalarni himoya qilish masalalari shoʻʼbasi mudiri Jahongir Xolmurodovning ham axboroti tinglandi. Maʼruzada bolalarni himoya qilish borasida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

 Yigʻilish ishtirokchilari kun tartibida koʻrib chiqilgan masalalar yuzasidan oʻz fikr va mulohazalarini bildirdi. Shuningdek, oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan mutasaddilarga murojaat qilib, tegishlicha javoblar oldi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019