16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 17:09
Siyosat 👁 403

KUYuK KOʻPIR OVUL FUQAROLAR YIGʻINI RAISI SAYLOVI OʻTKAZILDI

KUYuK KOʻPIR OVUL FUQAROLAR YIGʻINI RAISI SAYLOVI OʻTKAZILDI

Mamlakatimizning barcha hududlaridagi kabi Amudaryo tumanida ham joriy yilning 16-may sanasidan fuqarolar yigʻinlari raisligiga saylovlar boshlandi. Saylov jarayonlari uyushqoqlik bilan oʻtkazilmoqda.

19-may kuni Kuyuk koʻpir ovulida ham fuqarolar yigʻini raisi saylov boʻlib oʻtdi. Hududdagi 19-sonli maktab binosida boʻlib oʻtgan saylovda ovul fuqarolari nomidan jami 252 nafar vakillar qatnashdi.

Maʼlumki, 2022-yil 16-mart kuni Oliy Majlis Senati Kengashining tomonidan “Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan edi. Ushbu qarorga va Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, tumanda har bir ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlarida saylovlarni oʻtkazishga qizgʻin tayyorgarlik koʻrildi.

Saylovni oshkoralik, tenglik va shaffoflik tamoyillariga amal qilgan holda yuqori saviyada tashkil etish maqsadida xalq deputatlari tuman Kengashining qarori bilan saylovni tashkil qilish va oʻtkazishga koʻmaklashuvchi tuman komissiyasi tuzildi hamda tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Komissiya tarkibiga idora va tashkilotlarning rahbarlari, deputatlar va jamoatchilik vakillari jalb etildi.

Kuyuk koʻpir ovulida aholi oʻrtasida fuqarolar yigʻinlari raisi saylovini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tomonidan saylovga tayyorgarlik masalalari boʻyicha tushuntirish ishlari tashkil etildi. Koʻchalar, xonadonlardan fuqarolarning vakillik normasi belgilanib, vakillar roʻyxati tasdiqlandi. Hududda doimiy yashovchi fuqarolarning fikrini inobatga olgan holda fuqarolar yigʻini raisi lavozimiga nomzodlar boʻyicha takliflar tayyorlandi.

Fuqarolar yigʻini raisi lavozimiga oliy maʼlumotga ega, bevosita saylovga qadar kamida besh yil tegishli hududda doimiy yashayotgan, tashkilotchilik qobiliyatiga, davlat organlarida yoki nodavlat notijorat tashkilotlarida yoxud tadbirkorlik va boshqa xoʻjalik faoliyati sohasida ish tajribasiga, shuningdek hayotiy tajribaga va aholi oʻrtasida obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan shaxslar nomzod qilib koʻrsatildi.

Ishchi guruh hamda saylovni tashkil qilish va oʻtkazishga koʻmaklashuvchi tuman komissiyasi tomonidan barcha nomzodlar oʻrganib chiqilib, tuman hokimi tomonidan Karimova Tamara Otaxonovna hamda Shermetov Joʻrabek Xolimbetovichlar nomzodlariga kelishim berildi.

Saylovda har ikkala nomzod dastlab barchani oʻz dasturi bilan tanishtirdi. Shundan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunining 20-moddasiga koʻra, fuqarolar yigʻini raisini saylash yashirin ovoz berish orqali amalga oshirildi.

Ovozlarni sanash natijalari boʻyicha sanoq komissiyasi tomonidan Karimova Tamara Otaxonovnaga 127 nafar, Shermetov Joʻrabek Xolimbetovichga 121 nafar vakillar ovo bergani maʼlum qilindi. Ovoz berishda ishtirok etgan vakillarning yarmidan koʻprogʻining ovozini olgan nomzod – amalda ovul fuqarolar yigʻini raisi lavozimida ishlab kelayotgan Karimova Tamara Otaxonovna fuqarolar yigʻini raisi lavozimiga saylandi.

Tumanimizning boshqa hududlarida ham fuqarolar yigʻini raisi lavozimiga saylov jarayonlari qizgʻin davom etmoqda.

O.Xudoyberganova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019