16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:56
Salomatlik 👁 479

TOʻLQIN OVULIDA YaNGI OILAVIY ShIFOKORLIK PUNKTI ISh BOShLADI

TOʻLQIN OVULIDA YaNGI OILAVIY ShIFOKORLIK PUNKTI ISh BOShLADI

Toʻlqin ovuli hududida yangidan Toʻlqin oilaviy shifokorlik punkti foydalanishga topshirildi.

Shu yil 19-may kuni boʻlib oʻtgan marosimda tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Rashid Salayev, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining bosh onkologi Mirzogʻolib Tillashayxov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri Murod Qurbanov, tuman Tibbiyot birlashma boshligʻi Faxriddin Abdullayev, ovul fuqarolar yigʻini masʼullari, faollari va tibbiyot xodimlari ishtirok etdilar.

Yigʻilishni tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Rashid Salayev ochib berdi va mamlakatimizda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi oʻlaroq bugun, hattoki, eng chekka qishloqlarda ham shahar markazlaridagidan qolishmaydigan zamonaviy shifo maskanlari qad rostlayotgani, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, tibbiy xizmat sifatini davr talablari darajasiga koʻtarishga alohida eʼtibor berilayotganini taʼkidlab oʻtdi.

Marosimda soʻzga chiqqanlar, ovul aholisi hududdagi tibbiyot muassasasi foydalanishga yaroqsiz boʻlib qolgani tufayli, shifokor xizmatiga ehtiyoj sezilganida tuman markaziga borishga toʻgʻri kelayotgani, bu keksa va yosh bolalar sogʻligini nazorat qilish, davolanishlarida qiyinchilik, noqulayliklar tugʻdirayotgani, tibbiyot maskanining qayta tashkil etilgani bu aholiga ayni muddao boʻlayotgani aytib oʻtishdi.

Taʼkidlanganidek, 2017-yilda Toʻlqin qishloq vrachlik punkti optimizatsiya qilinib, faoliyati toʻxtatilgan edi. Ammo aholining murojaatlari, tumandan olis hudud ekanligi inobatga olinib, oilaviy shifokorlik punkti sifatida faoliyati qayta yoʻlga qoʻyildi. Hozirda bu yerda 3 nafar shifokor va 12 nafar oʻrta tibbiyot xodimi aholiga malakali xizmat koʻrsatish uchun jalb etilgan.

Marosimda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash Vaziri Murod Qurbanov ham soʻzga chiqib, Prezidentimizning Farmonlari va videoselektor yigʻilishlarida belgilangan vazifalarning ijrosi sifatida Amudaryo tumanidagi Toʻlqin ovulida hamma shart-sharoitlarga ega oilaviy shifokorlik punkti yangidan ish boshlagani, ular malakali shifokorlar va tibbiyot xodimlari bilan taʼminlangani, bu esa oʻz navbatida aholining birlamchi tibbiy xizmat qamrovini va sifatini taʼminlanishini taʼkidlab oʻtdi. Shundan soʻng, ramziy tasma kesildi va barcha yigʻilganlar tibbiyot maskanida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib chiqdilar.

Tibbiyot maskanida aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan barcha imkoniyatlar yetarli. Ayollar, bolalar va keksalar uchun alohida xonalar, shuningdek, stomatologiya boʻlimi, laboratoriya, kunduzgi statsionar ham mavjud. Yangi ish boshlagan oilaviy shifokorlik punkti zarur tibbiy asbob-anjomlar, jihozlar bilan taʼminlangan. Qolaversa, shifokorlarning samarali faoliyat yuritishi, shuningdek, tashrif buyuruvchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Toʻlqin ovuli faollari va aholisi endilikda tibbiy xizmatdan foydalanish uchun tuman markaziga borib yurmasliklari, kuz-qishning sovugʻi, bahor oylaridagi yogʻingarchilikda aholi sarson boʻlmasligi, oʻz qishlogʻida yaqin masofada joylashgan tibbiyot maskanida profilaktik emlash, kunduzgi statsionarlarda davolanish imkoniyatiga ega boʻlganligini aytib, Prezidentimizga, Sogʻliqni saqlash Vazirligiga oʻz minnatdorchiligini bildirdilar.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019