16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 19:53
Fan va taʼlim 👁 429

69-sonli maktabda “Xayr, birinchi ustozim!” deb nomlangan tadbir oʻtkazildi

69-sonli maktabda “Xayr, birinchi ustozim!” deb nomlangan tadbir oʻtkazildi

Shu kunlarda umumtaʼlim maktablarining boshlangʻich sinf oʻquvchilari oʻzlariga oq-qorani tanitib, ilm sirlarini ochgan aziz ustozlari bilan xayrlashib, 5-sinfga qadam qoʻymoqdalar. Shu munosabat bilan may oyining oxirgi haftasi barcha umumtaʼlim maktablarining 4-sinfini bitirayotgan bolajonlar uchun eng hayajonli lahzalarni hadya etmoqda. Toʻrt yil davomida oʻzlariga taʼlim-tarbiya bergan aziz va moʻʼtabar ustozlari bilan xayrlashuv tadbirlari oʻtkazilib, oʻquvchilar dil izhorlari yangramoqda.

Ana shunday hayajonli daqiqalarga boy tadbirlardan biri Amudaryo tumani Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 69-sonli maktabda ham boʻlib oʻtdi. 4-A sinf rahbari Hayot Nurimbetova, 4 B-sinf rahbari Adiba Ahmedovalar tomonidan tashkillashtirilgan “Xayr, birinchi ustozim!” deb nomlangan tadbir oʻtkazildi. Mazkur tadbir maktab direktori Dilshod Boboniyozov va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Joʻrabek Tajimurodov, musiqa fani oʻqituvchisi Maqsud Allaberganovlarning maslahat va tavsiyalariga amal qilingan holda yuqori saviyada oʻtkazildi. Tadbirni maktab oʻquvchilari Mohichehra Xolliyeva hamda Farangiz Murodboyevalar olib bordilar.

Tadbirning boshlanish qismida oʻquvchilar Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikalarining Davlat madhiyalarini joʻr ovozda kuylashdi. Shundan soʻng, boshlangʻich sinfda aʼlo baholarga oʻqigan oʻquvchilarga Faxriy yorliqlar topshirildi. 4-sinfni muvaffaqiyatli tugatgan oʻquvchilarga oʻqituvchilari eng ezgu tilaklarni tilab, kelgusida maktabni muvaffaqiyatli tugatishlariga omadlar tiladilar. Ota-onalar esa farzandlariga 4-yil mobaynida taʼlim-tarbiya bergan oʻqituvchilarga minnatdorchilik bildirdilar.

Tadbir davomida  oʻquvchilar tomonidan shoʻx va milliy raqslar ijro etildi. Oʻquvchilar Vatan va ustozlar haqida sheʼr va hikmatli iboralar aytishib, tadbir mehmonlarini xushnud etdilar.

Boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Adiba Ahmedova tomonidan sahnalashtirilgan “Baliqchi va baliq haqida ertak” deb nomlangan rus xalq ertagi oʻquvchilarda va kelgan mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Bu ertak orqali oʻquvchilar qalbida  boriga shukur qilib yashash hissi uygʻondi. “Baliqchi va baliq haqida ertak” sahna koʻrinishida kampir rolini mahorat bilan ijro etgan Mahfuza Hayitboyeva, chol rolida chiqqan Ikromjon Allaberganov, oltin baliq Durdona Xushnudova hamda Shahzodbek Sherimbetovlarning ijro mahoratlari, ertak gʻoyasini tomoshabinlar qalbiga singdira olganliklaridan ularning ota-onalari va ustozlari mamnun boʻldilar. Chunki kichik aktyor va aktrisalar oʻz ijro mahoratlari bilan adabiyotga, xalqlar doʻstligi hamda sabr-qanoat tuygʻusiga munosabatlarini izhor etishib, mehri cheksizligini oʻzlari yaratgan obrazlar talqinida namoyon etdilar.

Shuningdek, “Xayr, birinchi ustozim!” adabiy-musiqiy  tadbiri davomida boshlangʻich sinf bitiruvchilari oʻzlariga oq-qorani tanitib, dunyoviy ilm-irfon sari oydin yoʻl ochgan aziz ustozlari – birinchi oʻqituvchilarini sharaflovchi dil soʻzlarini izhor etishib, ustozlariga bagʻishlab sheʼrlar aytishdi. Kuy-qoʻshiqlar ijro etishib, raqslar guldastasini armugʻon qildilar. Ustozlariga mehr-muhabbat, minnatdorchilik ramzi sifatida gullar hadya etdilar.

Maxsus muxbirimizdan.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019