16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 19:51
Fan va taʼlim 👁 416

40-sonli maktabda joriy oʻquv yili yakuniga bagʻishlangan "Soʻnggi qoʻngʻiroq" tadbiri oʻtkazildi

40-sonli maktabda joriy oʻquv yili yakuniga bagʻishlangan "Soʻnggi qoʻngʻiroq" tadbiri oʻtkazildi

Mavzuga oid fotogalereya

25-may kuni mamlakatimizning barcha joylarida boʻlgani kabi Amudaryo tumanidagi umumtaʼlim maktablarida ham soʻnggi qoʻngʻiroq jaranglab, joriy oʻquv yili nihoyasiga yetishi munosabati bilan “Xayr, maktabim!” nomli tadbirlar oʻtkazildi.

Tuman XTBga qarashli 40-sonli maktabning 2021-2022 oʻquv yili yakuniga bagʻishlangan “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirida tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev ishtirok etdi.

Tadbirni maktab direktori Sanobar Xoʻjamuratova ochib, barcha oʻqituvchi va oʻquvchilarni 2021-2022 oʻquv yilini muvaffaqiyatli yakunlaganliklari bilan samimiy qutladi.

Aytish kerakki, bu yil Amudaryo tumanidagi umumtaʼlim maktablarini 6 ming 68 nafar 9-va 11-sinf oʻquvchilari tugatmoqda. Shundan 11-sinf bitiruvchilari 2 ming 581 nafarni tashkil qiladi. Ulardan 15 nafari oliy darajali shahodatnoma egalari boʻlib, maktabni oltin medallar bilan, 2 nafar bitiruvchi esa kumush medal bilan tugatishmoqda.

Tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev barcha bitiruvchilarni hayotidagi unutilmas kun – maktabni tamomlab, yetuklik shahodatnomasini olish, voyaga yetib, mustaqil hayot sari qadam tashlash arafasida turgani bilan tabrikladi.

Prezidentimizning matab bitiruvchilariga yoʻllagan tabrigida taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda maktabgacha taʼlim, oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimi sifat jihatidan keskin oʻzgardi. Ayniqsa, maktab taʼlimini rivojlantirish umumxalq harakatiga aylanib, bu borada tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi vaqtda yurtimizda 10 mingdan ziyod davlat umumtaʼlim maktablari bilan birga koʻplab nodavlat, davlat-xususiy sheriklik shaklidagi maktablar, Prezident, ixtisoslashtirilgan va ijod maktablari faoliyat yuritayotgani ushbu tizimda qisqa muddatda chuqur tarkibiy va sifat oʻzgarishlari yuz berganini koʻrsatadi.

Birgina oʻtgan yilda 3,3 trillion soʻm mablagʻ hisobidan 789 ta maktabda qurilish va taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. Xalqaro fan olimpiadalarida oʻquvchilarimiz qoʻlga kiritgan medallar soni 3 barobar, mintaqaviy olimpiadalarda esa qariyb 2 barobar koʻpaygani, “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 900 mingdan ziyod oʻquvchi dasturlash asoslarini oʻrganib, sertifikatga ega boʻlgani barchamizni xursand qiladi.

Tadbirda tuman hokimi bitiruvchi yoshlarni tabriklab, kelgusidagi oʻqish va ishlarida omadlar tiladi hamda maktabni muvaffaqiyatli tamomlayotgan bitiruvchilarni, ilgʻor oʻqituvchilarni va ibratli ota-onalarni, shuningdek turli tanlov va musobaqalarda faol ishtirok etib, faxrli oʻrinlarni egallagan yoshlarni va ularning ustozlarini taqdirladi.

Aytish kerakki, maktab oʻquvchilari bu yil ham katta yutuqlarni qoʻlga kiritdilar. Jumladan, 4 nafar 11-sinf oʻquvchilari – Kommuna Rajabova, Lobar Yoʻldosheva, Mohimjon Jabborbergenova va Gulinur Nuraddinovalar ingliz tilidan V2 sertifikatiga ega boʻldilar. Ular endilikda oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlarida ingliz tili boʻyicha maksimal ballga ega boʻladilar va chet tili fanidan test sinovidan ozod etiladi.

Tadbir davomida tuman Madaniyat boʻlimi sanʼatkorlari tomonidan kuy-qoʻshiqlar ijro qilinib, bitiruvchilar jonajon maktabi va oʻqituvchilari bilan xayrlashdilar.

Barcha bitiruvchilarning davlat imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtib, oliy taʼlim muassasalari talabasi boʻlish baxtiga erishishlariga tilakdoshmiz!

Oʻylaymizki, yoshlarimiz Prezidentimiz ishonch bildirganlaridek, mamlakatimizda yaratilgan imkoniyatlar asosida yetuk mutaxassislar boʻlib, kelgusida yurtimizdagi zamonaviy klasterlar, fermer xoʻjaliklari, ishlab chiqarish korxonalari, katta-katta qurilishlar, firma va kompaniyalar, davlat va nodavlat tashkilotlar, madaniy va ijodiy jamoalarda ish boshlaydi hamda Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligini oshirishga munosib hissa qoʻshadi.

Tuman hokimligining axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019