16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 17:09
Siyosat 👁 214

Amudaryo tumanida fuqarolar yigʻinlari raisi saylovi oshkoralik va muqobillik printsiplari asosida oʻtkazilmoqda

Amudaryo tumanida fuqarolar yigʻinlari raisi saylovi oshkoralik va muqobillik printsiplari asosida oʻtkazilmoqda

Mahalla bu − oʻzini oʻzi boshqarishning oʻziga xos oʻzbekona, boshqa mamlakatlarda oʻxshashi topilmaydigan modeli boʻlib hisoblanadi. Mahalla mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha sohalardagi islohotlarda katta ahamiyatga ega boʻlganligi bois oʻzgarishlarni bevosita mahalla fuqarolar yigʻinlarisiz tasavvur qilish qiyin.

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining tegishli qaroriga muvofiq shu oyda yurtimizning barcha hududlarida muhim ijtimoiy-siyosiy tadbir − fuqarolar yigʻinlari raislari saylovi oʻtkazilmoqda. Bu muhim siyosiy tadbirning namunali oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida fuqarolar yigʻinlari raislari saylovini tashkil etish va oʻtkazishga koʻmaklashuvchi tuman komissiyasi va bevosita mahalla fuqarolar yigʻinlarida faoliyat olib boruvchi ishchi guruhlari tashkil etilgan.

Bu yil tumanimizdagi 49 ta ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlarida ham yigʻin raisini saylash jarayonlari oshkoralik, muqobillik va teng saylov printsplari asosida oʻtkazilmoqda. 16-may kunidan boshlangan saylov jarayonlari qizgʻinlik bilan davom etmoqda. 27-may sanasiga qadar tumanimizning 43 ta ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlarida saylovlar oʻtkazilib, vakillar tomonidan yashirin ovoz berish yoʻli orqali nomzodlardan eng munosiblari yigʻin raisi qilib saylandi.

Tumanimizning barcha hududlarida boʻlgani singari Qizilcholi mahalla fuqarolar yigʻinida ham saylov jarayonlari oshkora va shaffof tarzda oʻtkazildi.

Maʼlumki, fuqarolar yigʻini raisi lavozimiga oliy maʼlumotga ega, bevosita saylovga qadar kamida besh yil tegishli hududda doimiy yashayotgan, tashkilotchilik qobiliyatiga, davlat organlarida yoki nodavlat notijorat tashkilotlarida yoxud tadbirkorlik va boshqa xoʻjalik faoliyati sohasida ish tajribasiga, shuningdek hayotiy tajribaga va aholi oʻrtasida obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan shaxslar nomzod qilib koʻrsatiladi.

Qizilcholi mahalla fuqarolar yigʻini raisi lavozimiga nomzod sifatida koʻrsatilgan Mansur Atajanov hamda Shavkat Ibraimovlar ham mahalladoshlari orasida alohida obroʻ va eʼtiborga ega shaxslar boʻlib, oʻz mahallasi uchun koʻplab hayrli ishlarni amalga oshirganlar.

Saylov kuni nomzodlar mahallani har tomonlama rivojlantirish hamda aholining yordamga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha oʻz dasturlarini vakillar eʼtiboriga havola qilishdi.

Yashirin ovoz berish natijalariga koʻra Shavkat Ibraimov Qizilcholi mahalla fuqarolar yigʻii raisi lavozimiga saylandi. Maʼlumot uchun, Shavkat Ibraimov 1975-yilda tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. U 2009-yildan buyon “Kuyuk koʻpir Oltinkoʻzi” biolaboratoriyasi mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi. Saylov yakunida Shavkat Ibraimov mahalladoshlariga bildirgan ishonchi uchun minnaddorlik bildirib, mahallaning obodligi va farovonligi uchun fidokorona mehnat qilishga soʻz berdi.

26-may kuni Amudaryo tumanining Beruniy nomli mahalla fuqarolar yigʻinida ham fuqarolar yigʻini raisi saylovi boʻlib oʻtdi.

Saylovga qadar ishchi guruh hamda saylovni tashkil qilish va oʻtkazishga koʻmaklashuvchi tuman komissiyasi tomonidan barcha nomzodlar oʻrganib chiqilib, tuman hokimi tomonidan Muratbay Xaybullayev hamda Bobur Allaberganov nomzodlariga kelishim berilgan edi.

Saylovda har ikkala nomzod barchani oʻz dasturi bilan tanishtirdi.

Nomzodlar oʻz dasturlarida mahallada faoliyat olib borayotgan hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, hamda yoshlar yetakchisi bilan samarali tarzda hamkorliki yoʻlga qoʻyishlarini, shuningdek, jamiyatning asosiy boʻgʻini − oila institutini mustahkamlash, aholining yashash sharoitini yaxshilash boʻyicha oʻz rejalarini bayon qilishdi.

Shundan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunining 20-moddasiga koʻra, fuqarolar yigʻini raisini saylash jarayoni yashirin ovoz berish orqali amalga oshirildi.

Sanoq komissiyasi tomonidan natijalar eʼlon qilindi hamda eng koʻp ovoz olgan Muratbay Xaybullayev Beruniy mahalla fuqarolar yigʻini raisi lavozimiga saylandi.

Shu oʻrinda aytish kerakki, fuqarolar yigʻini raisi saylovi muhim demokratik jarayon boʻlib, mazkur saylovda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan fuqarolarimiz unda faol ishtirok etish orqali davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarni bevosita mahallada davom ettiruvchi shaxsni tanlash huquqiga ega boʻladilar.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019