16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 19:52
Fan va taʼlim 👁 352

FILOLOGIYa FANLARI DOKTORI, 57-SONLI MAKTABNING SOBIQ BITIRUVChISI OʻQUVChILAR BILAN UChRAShDI

FILOLOGIYa FANLARI DOKTORI, 57-SONLI MAKTABNING SOBIQ BITIRUVChISI OʻQUVChILAR BILAN UChRAShDI

Maktab – muqaddas dargoh, har bir insonni ilk qadam qoʻygan kundan boshlab, ilm dunyosiga olib kiradigan qutlugʻ maskan. Bu maskanda ustozlar yoshlarga taʼlim va tarbiya berib, mustaqil hayot ostonasiga kuzatib qolishadi.

Arna boʻyi mahallasidagi 57-sonli maktabda ham koʻp yillardan beri yosh avlodga taʼlim-tarbiya berilib, yurtga nafi tegadigan, munosib va yetuk kadrlar yetishtirilib chiqarilmoqda. Ushbu maktabda ilm oʻrgangan qanchadan-qancha insonlar bugun jamiyatning barcha sohalarida mehnat qilib, mamlakat iqtisodiga, taraqqiyotiga oʻz hissalarini qoʻshishmoqda.

Barcha hududlardagi kabi mazkur maktabda ham boʻlib oʻtgan “Xayr, maktabim” tadbiriga shu maktabda tahsil olgan sobiq oʻquvchi, ayni paytda filologiya fanlari doktori darajasiga yetishgan Oybek Nurjonov va Qoraqalpoq davlat universitetining  oʻzbek tilshunosligi kafedrasi mudiri Shuhrat Abdullayev, dotsent Kumush Rajabovalar tashrif buyurib, oʻquvchilar bilan uchrashishdi.

Tadbirda maktab direktori Masharif Roʻzmetov shu maktabda tahsil olib uchirma boʻlgan, hozirgi kunda oʻz hayot yoʻlini topib, Qoraqalpoq davlat universitetining filologiya fakultetida talabalarga ustozlik qilish bilan birga izlanishni, oʻrganishni davom ettirayotgan, ilmiy nufuzga ega boʻlgan sobiq bitiruvchi Oybek Nurjonovni oʻquvchilarga yaqindan tanishtirdi.

Aytish joizki, Oybek Nurjonov 1992-yil 14-iyunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Amudaryo tumanida ziyoli oilasida tavallud topgan. U 1999-2008-yillarda mazkur 57-sonli oʻrta maktabda tahsil olgan. Maktabda 9-sinfni tugatganidan soʻng, 2008-2011-yillarda tumandagi sobiq Servis kasb-hunar kollejida hunar oʻrgangan. Kollejni tugatib, 2011-2015-yillarda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining filologiya fakultetida tahsil olib, oʻzbek filologiyasi bakalavr taʼlim yoʻnalishini, 2015-2017-yillarda  lingvistika, yaʼni oʻzbek tili mutaxassisligi boʻyicha magistraturani muvaffaqiyatli tamomlagan.

Shundan soʻng, 2017-2020-yillarda Qoraqalpoq davlat universitetining oʻzbek tilshunosligi kafedrasi oʻqituvchi-stajyori lavozimida, 2020-yildan shu kungacha oʻzbek tilshunosligi kafedrasi assistenti lavozimida ishlab kelmoqda.

U Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor Zarifboy Doʻsimovning ilmiy rahbarligida “Qoraqalpogʻistondagi oʻzbek shevalari etnografizmlarining antropotsentrik tavsifi” mavzusida dissertatsiya ishini yozib tamomlagan.

Uchrashuvda soʻzga chiqqan Qoraqalpoq Davlat universiteti oʻqituvchilari Oybek Nurjonovning ilm yoʻlida, taʼlim-tarbiya borasida amalga oshirayotgan ishlari toʻgʻrisida iliq fikrlar aytib, maktab oʻquvchilari va ayni paytdagi bitiruvchilarni yurtimizda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, sharoitlardan unumli foydalanishga, yetuk va barkamol, komil, yurt kelajagiga munosib insonlar boʻlib voyaga yetishga chorladi.

Oʻz navbatida sobiq bitiruvchi, ayni paytda filologiya fanlari doktori, olim Oybek Nurjonov ham shu maktabda taʼlim olgani, oʻqituvchilaridan taʼlim-tarbiya olib, pand-nasihatlariga amal qilib, shu darajaga yetishgani haqida soʻzladi. Shuningdek, maktabda taʼlim bergan ustozlariga chin koʻngildan minnatdorchilik bildirdi va tadbir ishtirokchilariga kitoblar sovgʻa qildi.

Uchrashuv davomida oʻquvchilar olim Oybek Nurjonovga oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va batafsil javoblar, kasb tanlash tanlash boʻyicha maslahat, tavsiyalar oldilar. Qiziqarli oʻtgan uchrashuv barchaga manzur boʻldi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019