16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 17:08
Siyosat 👁 328

Senatning Agrar va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha qoʻmitasi raisi Tajiyev Baxadir Sadullayevich Amudaryo tumaniga tashrif buyurdi

Senatning Agrar va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha qoʻmitasi raisi Tajiyev Baxadir Sadullayevich Amudaryo tumaniga tashrif buyurdi

Mavzuga oid fotogalereya

8-iyun kuni Amudaryo tumaniga Senatning Agrar va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha qoʻmitasi raisi Tajiyev Baxadir Sadullayevich tashrif buyurdi. Senator dastlab tuman hokimligining majlislar zalida Qoraqalpogʻiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya loyihalari va davlat dasturlarini amalga oshirish, aholi bandligini taʼminlash, “mahallabay” ishlash, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ning yuritilish holati, fuqarolar murojaatlari, ayollar muammolarini tizimli hal etish, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash borasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.

Yigʻilishda hokim oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, idora va tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Yigʻilish davomida kun tartibida belgilangan masalalar yuzasidan mutasaddi idora-tashkilot vakillarining hisobotlari tinglanib, zaruriy tavsiya va takliflar berildi.

Shundan soʻng cenator tuman hokimi oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Saburova hamrohligida Choykul ovulida savatchilik bilan shugʻullanayotgan ayol-qizlar faoliyati bilan tanishdi.

Choykoʻl ovulida “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayol-qizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Masʼullarning yordami bilan ularning 30 nafari kasanachilik orqali yuqori daromad manbaiga ega boʻlishgan.

Choykoʻllik yana bir faol ayol – 1-bosqichda “Ayollar daftari”ga kiritilgan Zumrad Jabbarova mahalla fuqarolar yigʻini masʼullarining yordami bilan issiqxona tashkil qilgan. Mehmonlar mazkur issiqxonada boʻlib, tadbirkor ayol bilan yaqindan suhbatlashdi. Dastlab 15 mln. soʻm, soʻngra yana 25 mln. soʻm imtiyozli kredit olib, issiqxona barpo etgan va uni kengaytirgan oila bekasi bugungi kunda tomorqasidagi kichik biznesi orqasidan yuqori daromad olib, oila byudjetiga daromad keltirmoqda.

Senator bilan suhbat davomida tadbirkor ayol issiqxonadan koʻrgan daromadi, sabzavotlarni parvarishlab yetishtirish usullari hamda yuqori hosil olish yoʻllari haqida oʻz fikrlarini bayon etdi.

Tashrif davomida senator Choykoʻl ovulidagi “Mangʻit omad savdo” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli klasterda intensiv usulda barpo etilgan uzum bogʻida ham boʻldi. Ushbu uzumzorda yil yakuniga qadar 30 gektar uzum ekilishi rejalashtirilgan boʻlib, bugungi kunga qadar 14 gektar yerda ekish ishlari toʻla yakunlangan. Yana 16 gektar uzum kuz mavsumida ekiladi.

Senator ekilgan uzum navlari, hosildorlik darajasi bilan qiziqib, dehqonlar bilan suhbatlashdi hamda uzumchilikni yanada rivojlantirish boʻyicha oʻzining tavsiyalarini berib oʻtdi.

Shundan soʻng senator, tuman hokimi va hokim oʻrinbosarlari hamrohligida Gulzor mahallasi hududida 15,6 mlrd soʻm mablagʻ evaziga yangidan qurib bitkazilgan 3 ta 5 qavatli, jami 90 ta xonadonli uy-joylar massiviga tashrif buyurdi.

Senator xonadonlarga yangidan koʻchib kelgan yosh oilalar bilan suhbatlashib, yangi uy-joy bilan samimiy tabrikladi.

Yangidan qurilgan uy-joylarning eng muhim afzal tomoni − bu binolarning muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanib, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi obʼektlariga yaqin hududda joylashganidir. Yangi massivlarda qurilgan va qurilayotgan avtomobil yoʻllari, suv, gaz va elektr tarmoqlari, bolalar bogʻchalari, savdo shoxobchalari, sport maydonchalari  aholining qulay shart-sharoitlarda yashashi uchun kompleks tizimni hosil qilmoqda.

Tashrif davomida senator “Amudaryo tomorqa xizmat” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli tomorqa klasteri faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.

Shundan soʻng, mehmonlar Amir Temur nomli ovul hududida yangidan bunyod etilgan suv tozalash qurilmasining foydalanishga topshirilish marosimida ishtirok etishdi. Amir Temur nomli ovulda tuman hokimligining tashabbusi bilan ovul aholisini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida suv tozalash qurilmasi va maxsus inshoot bunyod etildi. 5 mlrd. 300 mln soʻm evaziga bunyod etilgan mazkur suv tozalash markazi orqali ovuldagi 244 ta xonadon toza ichimlik suvi bilan taʼminlanadi.

Inshootning foydalanishga topshirilish marosimida sektorlar rahbarlari, tuman hokimi oʻrinbosarlari, muassasa va tashkilotlar rahbarlari, ovul aholisi ishtirok etishdi.

Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, Birlashgan millatlar tashkilotining hisobotiga koʻra, bugungi kunda sayyoramizdagi 2 milliard aholi toza ichimlik suvidan bevosita foydalanish imkoniga ega emas. Mutaxassislarning tahlillariga koʻra, jahonda 2000-yildan 2050-yilgacha boʻlgan davrda suvga boʻlgan global talab 55 foizga oʻsadi. Ayniqsa, Oʻzbekistonning qoʻshni mamlakatlardan keladigan suv taʼminotiga bogʻliqligi yuqori darajada, yaʼni isteʼmol qilinadigan suvning 80 foizi tashqaridan keladi. Shuning uchun ham har bir yurtdoshimiz suvni tejashga alohida eʼtibor qaratishi kerak.

Suv tanqisligining salbiy oqibatlarini tumanning boshqa hududlariga qaraganda Amir Temur nomli ovul hududida yashovchi aholi ayniqsa koʻproq his qilmoqda. Turkmaniston Respublikasiga chegaradosh hududda joylashgan Amir Temur nomli ovul oqar suv yoʻllarining oxirgi qismida, tumanning chekkasida joylashgan. Mazkur ovul ichimlik suvi tarmogʻiga ham ulanmagan. Endilikda yangidan bunyod etilgan suv tozalash qurilmasi yer osti suvlarini 35 metr chuqurlikdan, diametri 300 millimetr boʻlgan 4 dona quvurlar orqali olib, keraksiz tuzlar va minerallardan tozalagan holda aholi isteʼmoli uchun yetkazib beradi.

Senator Bahodir Tajiyev tumanda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, qishloq xoʻjaligi sohasidagi yutuqlarni eʼtirof etdi.

Tuman hokimligining axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019