16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 17:07
Siyosat 👁 455

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 50-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 50-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Mavzuga oid fotogalereya

2022-yil 16-iyun kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 49-sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, sektorlar rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, huquq-tartibot organlari, boʻlimlar, jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiyani tuman hokimi – Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sultonboy Yoʻldashev ochdi va olib bordi. Sessiya kotibligiga 19-Tor yop saylov okrugidan deputat Bahodir Qurbaniyazov saylandi.

Sessiyada dastlab, yoshlar faoliyati bilan bogʻliq sohalarda uchrayotgan dolzarb muammo va kamchiliklar hamda ularning yechimi toʻgʻrisida Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi boshligʻi Cardor Ismoilovning axboroti tinglandi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan axborotda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha maʼlumotlar berildi. Jumladan, mahallalardagi yoshlar yetakchilari faoliyatlari davomida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qoʻllab-quvatlash maqsadida ularga ajratilgan subsidiyalar, berilgan moddiy yordamlar, yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish maqsadida oʻtkazilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Qayd qilinganidek, joriy yil boshidan 2 ming 178 nafar yoshlar “Yoshlar daftari”ga kiritilib, 5 oy mobaynida ularning muammolari hal qilingan hamda 1 ming 284 nafar yoshlar mazkur daftardan chiqarilgan.

Sessiya ishida tumanda suv resurslarini boshqarish, suv xoʻjaligi obʼektlarining texnik holatini yaxshilash, shuningdek suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida tuman irrigatsiya boʻlimi boshligʻi Ergash Yuldashevning hisoboti tinglandi.

Taʼkidlanganidek, 2022-yil sugʻorish davri uchun ajratilgan suv limiti suv isteʼmolchilariga oʻn kunliklar boʻyicha taqsimlanib, suv isteʼmolchilari bilan suv taʼminoti boʻyicha shartnomalar tuzilgan. Shuningdek, suvdan unumli va tejamkor foydalanish maqsadida joriy yil davomida 2 ming 630 gektar maydonda suvni tejaydigan texnologiyalar joriy qilish rejalashtirilgan. Deputatlarga bu borada qilinayotgan amaliy ishlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, sessiya ishida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 23-24-fevral kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va 25-fevral kuni oʻtkazgan yigʻilish bayonida bergan topshiriqlari ijrosi toʻgʻrisida tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Rashid Salayevning hisoboti tinglandi.

Hisobotda qayd etilganidek, ushbu masala boʻyicha tuman hokimining qarori qabul qilingan va mazkur qaror bilan Amudaryo tumanini 2022-2023-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ishlab chiqilgan. Ushbu dasturga muvofiq tuman boʻyicha 2 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti, 6 ta maktab binosini rekonstruktsiya qilish, tibbiyot birlashmasining 90-oʻrinli tugʻriq boʻlimi binosini yangidan qurish, tumanida jami 2,4 km yoʻllarni asfalt qilish, 17,8 km yoʻllarga tosh yotqizish va boshqa ishlar rejalashtirilgan va bu borada amalish ishlar davom etmoqda.

Sessiya ishida mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha kelib tushayotgan murojaatlarni tahlil qilgan holda, hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligini oʻrganish toʻgʻrisida tuman Xalq qabulxonasi boʻlimi mudiri Erkin Rajabovning xisoboti tinglandi. Taʼkidlanganidek, mahallalarda faoliyat yuritib kelayotgan hokim yordamchilari sabab tuman Xalq qabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlar keskin kamaygan. Ular oʻz hududida aholi bandligini taʼminlash va tadbirkorlik qobiliyatlarini qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishida samarali faoliyat yuritishmoqda.

Sessiya davomida tuman hokimning birinchi oʻrinbosari Rashid Salayevning “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan “Temir daftar”da turuvchi oilalarga moddiy yordam berish uchun mablagʻ ajratish hamda “Open budjet” portali orqali gʻolib deb topilgan 2 ta taklifni ijrodan toʻxtatish toʻgʻrisidagi hisoboti tinglandi.

Qayd etilishicha, gʻolib deb topilgan Toʻlqin ovulidagi 28-sonli maktab binosiga yangidan elektr isitish tizimi oʻrnatish loyihasi iqtisodiy jihatdan samarador emas. Qolaversa, bugungi kunda Toʻlqin ovulida “Obod qishloq” dasturi doirasida qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilayotgani, mazkur maktabni ham taʼmirlash, isitish tizimini nisbatan arzon – tabiiy gazga moslashtirsh choralari koʻrilayotgani maʼlum qilindi.

Sessiya ishida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, yangi ish oʻrinlari barpo etish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida investittsiya va tashqi savdo boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari Ogʻabek Ollambergenovning ham hisoboti tinglandi.

Hisobotda keltirilishicha, Amudaryo tumanida 2021-2022-yillarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish dasturi boʻyicha jami qiymati 408,5 mlrd. soʻmlik 77 ta loyihalar ishga tushirishi belgilangan boʻlib, joriy yil 1-iyun holatiga koʻra qiymati 131,2 mlrd. soʻmlik 79 ta loyihalar amalga oshirilgan va 2 161 ta yangi ish oʻrinlari yaratilgan.

Sessiya kun tartibida “Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashiga saylov boʻyicha tuman saylov komissiyasini tuzish toʻgʻrisida”gi masala ham koʻrib chiqilib, saylov komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.

Shundan soʻng, Amudaryo tumani Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli maktablarda boʻshab qolgan direktorlik lavozimiga oʻtkazilgan tanlov yakunlari boʻyicha nomzodlarga kelishim berish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqildi. 1-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori lavozimiga nomzod Dilrabo Sherboyeva va Kamil Allaniyazovlar hamda 53-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktorligiga nomzod Muratjan Saparbayevlar tegishli maktablarni har tomonlama rivojlantirishga moʻljallangan dasturi bilan deputatlarni tanishtirdi.

1-sonli maktab direktorligiga nomzodlar yashirin ovoz berish yoʻli bilan, 53-sonli maktab direktorligiga nomzod ochiq ovoz berish jarayoni orqali saylandi.

Ovoz berish yakunlariga koʻra 1-sonli maktab direktorligiga Dilrabo Sherboyeva, 53-sonli maktab direktorligiga Muratjan Saparbayevlar nomzodlariga kelishim berish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Sessiya ishida Kengash vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar ham muhokama qilinib, ular yuzasidan ham tegishli qarorlar qabul qilindi. Shuning bilan sessiya oʻz ishini yakunladi.

Tuman hokimligining axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019