16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:58
Qishloq xoʻjaligi 👁 767

GʻALLA XIRMONLARI SARBALAND FERMER XOʻJALIKLARI

GʻALLA XIRMONLARI SARBALAND FERMER XOʻJALIKLARI

Gʻalla – insoniyatning muhim hayot manbalaridan biri. Gʻalla xirmonlari qanchalik yuksak boʻlsa, hayot farovonligi ham shunchalik yuqori boʻladi. Shu bois, mamlakatimizda istiqlolning ilk kunlaridanoq oʻz gʻalla mustaqilligiga erishish maqsadida agrar sohaning ushbu yoʻnalishida jiddiy islohotlar amalga oshirildi.

Bugungi kunda mamlakatimizning barcha hududlarida, shu jumladan Amudaryo tumanida ham gʻallachilik klaster korxonalari, gʻallachilik tarmogʻiga ega fermer xoʻjaliklari tomonidan gʻalla yetishtirish boʻyicha har yilgi shartnomaviy rejalar ortigʻi bilan bajarilib, gʻallani qayta ishlash korxonalarining yil davomida xalqimizni sifatli un va un mahsulotlari bilan taʼminlash imkoniyati oshib bormoqda.

Amudaryo tumanida bugʻdoy yetishtirish boʻyicha oʻziga xos tajriba maktabiga ega gʻallakorlar koʻp. Birgina Doʻrman ovuli hududidagi 20 ta fermer xoʻjaligida gʻallachilik tarmogʻi mavjud. Mazkur hududdagi fermer xoʻjaliklarining 366 gektar bugʻdoyzorlarida ham joriy dehqonchilik yilida moʻl hosil yetishtirildi. Hudud fermer xoʻjaliklarining umumiy gʻalla xirmoni 914 tonnadan oshib ketdi. Hosildorlik esa kutilganidan ham ziyoda boʻldi. Yaʼni, gektariga 70 tsentnerni tashkil etmoqda.

Hududda ilgʻor gʻallakorlar talaygina. Xususan, Toʻraboy Pirnazarov rahbarligidagi fermer xoʻjaligi hududdagi gʻallakorlar orasida hamisha peshqadam. 2021-2022-yil hosili uchun mazkur fermer xoʻjaligida 20 gektar yerga bugʻdoyning tumanimiz iqlimi sharoitiga mos navlaridan ekildi. Bugʻdoyzorlarda kuzgi-qishgi agrotexnik tadbirlar sifatli amalga oshirilib, gektarlarda moʻl gʻalla hosili yetishtirildi. Xoʻjalik gʻallakorlari hosildorlikni 70 tsentnerga, umumiy qirmizi don xirmonini esa 140 tonnaga yetkazishdi. Ayni paytda fermer xoʻjaligi dalalarida gʻalla oʻrim-yigʻimi qizgʻin davom etmoqda. Bugʻdoy oʻrim-yigʻimi va yanchish ishlarida kombaynchi Xurshid Otajonovning hissasi katta boʻlmoqda.

Amudaryo tumanidagi “Bekman Allaberganov” nomli fermer xoʻjaligi gʻallakorlari ham joriy yilgi qirmizi don xirmonini shartnomaviy rejadagi 85 tonna oʻrniga 86 tonnaga, hosildorlikni esa har gektar hisobiga 70 tsentnerga yetkazdilar.

Mazkur fermer xoʻjaligidagi mavjud 34 gektar gʻallazorda ayni paytda hosil oʻrim-yigʻim ishlari uyushqoqlik bilan davom ettirilmoqda.

Mehnat qilganning rizqi ziyoda, nasibasi ulugʻ boʻladi, deydilar. “Bekman Allaberganov” fermer xoʻjaligi ishchilari 34 gektar yerdagi bugʻdoyzorda barcha mavsumiy yumushlarni bekam-u koʻst ado etishib, avvalo, gektarlarda toʻliq nihol olishga erishdilar. Oʻz vaqtida amalga oshirilgan kuzgi-qishgi va bahorgi agrotexnik tadbirlar natijasida dalalarda moʻl hosil toʻplandi.

Bugʻdoyzorlarda oziqlantirish, begona oʻtlardan tozalash, dalalarni oʻrim-yigʻim mavsumiga tayyorlash ishlarida uch nafar ijarachi-dehqonlar samarali faoliyat olib bordilar. Qilingan halol va fidoyi mehnatning samarasi bugun xoʻjalikning yuksak gʻalla xirmonida namoyon.

Yetishtirilgan gʻalla hosilidan 300 million soʻmlik daromad olishni moʻljallayotgan fermer xoʻjaligi gʻallakorlari uchun shundan naqd 100 million soʻmi sof daromaddir.

Qolaversa, shartnomaviy rejadan tashqari yetishtirilgan hosilning fermer xoʻjaligi tasarrufida qolishi xoʻjalik ishchilarining moddiy manfaatdorligi va iqtisodiy farovonligini yanada oshirish imkonini beradi.

Ayni kunlarda amudaryolik gʻallakorlar yetishtirilgan qirmizi don mahsulotini nest-nobut qilmay, davlat omborlariga topshirish, hosilning soʻnggi misqoligacha yigʻishtirib olish ishlarini uyushqoqlik bilan olib borishmoqda.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019