16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 19:50
Fan va taʼlim 👁 320

Hokim va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Hokim va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi

2022-yil 23-iyun kuni Amudaryo tumani hokimligi binosida hokim va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, hokim oʻrinbosari Mahmud Shermetov, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi qoshidagi “Nuroniylar” jamoatchilik kengashi raisi oʻrinbosari Bekmon ota Allaberganov, tuman Xalq taʼlimi boʻlimi mudiri Akmal Ismailov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengashi deputati, 40-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori Sanobar Xoʻjamuratova hamda tumandagi 85 ta maktabning ilgʻor bitiruvchi yoshlari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev bitiruvchilarni yetuklik shahodatnomalarini olib, yangi hayot ostonasida turganliklari bilan samimiy tabrikladi.

Shundan soʻng Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi qoshidagi “Nuroniylar” jamoatchilik kengashi raisi oʻrinbosari Bekmon ota Allaberganov oʻzining maktab davri, oʻsha paytdagi taʼlim tizimi haqidagi xotiralari bilan oʻrtoqlashib, kechagi maktab bitiruvchilari bilan bugungi kun bitiruvchilarini qiyoslab, ularning oʻrtasida katta farq mavjudligini, bugun yoshlar uchun barcha imkoniyatlar eshiklari keng ochilganini taʼkidladi. Shuningdek, yangi hayot ostonasida turgan bitiruvchilarga turli yot illatlarga berilmaslik, internetdan foydalanish madaniyatiga amal qilish boʻyicha oʻzining nasihat hamda koʻrsatmalarini berib oʻtdi.

Uchrashuvda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengashi deputati, 40-sonli maktab direktori Sanobar Xoʻjamuratova oʻzining yoshlik davrini, oʻqishga kirish yoʻlida chekan mashaqqatlarini soʻzlab, bugungi kunda yoshlar uchun ulkan imkoniyatlar yaratilganini, yoshlardan esa faqatgina undan foydalanish talab etilishini aytib, bitiruvchilarga katta shijoat ulashdi.

 Shundan soʻng tuman Xalq taʼlimi boʻlimi mudiri Akmal Ismailov tumanda joriy oʻquv yilida 2 ming 582 nafar bitiruvchi 11-sinfni tugatganligi, fanlarini aʼlo baholarga oʻzlashtirgan 15 nafar oʻquvchi oltin va 2 nafar oʻquvchi kumush medal bilan taqdirlanib, 5 nafar oʻquvchi ingliz tili boʻyicha xalqaro V2 va S1 sertifikati sohibi boʻlishganini, undan tashqari 2 nafar oʻquvchi Toshkent amaliy fanlar universitetiga imtihonlarsiz kirish boʻyicha sertifikat bilan taqdirlanganini mamnuniyat bilan eʼtirof etdi. U oʻz soʻzida bitiruvchilarning Oliy taʼlim muassasalariga davlat granti asosida oʻqishga kirishlarida muvaffaqiyat va omad tiladi.

Uchrashuv davomida tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev bitiruvchilarni erishgan yutuqlari bilan tabriklab, ularga taʼlim va tarbiya bergan ustozlari hamda ota-onalariga oʻzining chuqur minnaddorligini bildirdi. Shuningdek, bitiruvchilarning kelgusida Vatan ravnaqiga hissa qoʻshadigan munosib farzand boʻlib yetishishlariga ishonch bildirdi.

Uchrashuv yakunida xalqaro va milliy sertifikatlar sohibi, 40-sonli umutaʼlim maktabning ingliz tili fani oʻqituvchisi Nurbek Jumaniyazov hamda matematika fanidan milliy sertifikatga ega boʻlgan, 94 foiz oʻquvchisi Oliy taʼlim muassasi talabasi boʻlgan 40-sonli maktabning matematika fani oʻqituvchisi Sherzod Ashirovlar bitiruvchilarga oʻzlarining samimiy tabriklarini yoʻllashdi.

Bitiruvchi yoshlar oʻzlariga bildirilgan yuksak eʼtibor hamda ishonchni oqlagan holda kelgusida Vatanimiz koriga yaraydigan komil insonlar boʻlib yetishishlariga tilakdoshmiz.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019