16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:52
Jamiyat 👁 224

Hokim yordamchisining koʻmagi bilan tadbirkor suv tozalash uskunasi oʻrnatib, 4 ta mashina yordamida aholiga kuniga 10-15 tonna tozalangan suv yetkazib bermoqda

Hokim yordamchisining koʻmagi bilan tadbirkor suv tozalash uskunasi oʻrnatib, 4 ta mashina yordamida aholiga kuniga 10-15 tonna tozalangan suv yetkazib bermoqda

Amudaryo tumanining 3-sektori hududida joylashgan Bobur nomli ovulda 873 ta xonadonda 1264 ta oilalar istiqomat qiladi. Shundan 321 tasi yosh oilalar hisoblanadi. 478 gektarlik hududni egallagan ovulda jami 4542 nafar oʻzbek, qoraqalpoq, qozoq, turkman, rus, tatar kabi turli millat vakillari ahil-inoq yashab, oʻzlarining hayotlarini oʻz mehnatlari bilan obod, farovon va toʻkin qilishga intilishmoqda. Hududdagi biri-biridan muhtasham, zamonaviy binolar, turar joylar, ravon, keng yoʻllar ezgu niyatlar yoʻlida qilinayotgan mehnatlarning natijasidan darak berib turibdi.

Ovul fuqarolar yigʻini masʼullari har yili yil boshida hududdagi kam taʼminlangan, ishsiz aholini roʻyxatga olib, ushbu oilalarning daromad manbaiga ega boʻlishi, iqtisodini tiklashiga harakat qilmoqda.

Aytish joizki, ovulda 861 ta xonadon tomorqa yeriga, shundan 216 ta xonadon esa qoʻshimcha tomorqa yeriga ega boʻlib, umumiy maydoni 110 gektarni tashkil etadi. 28 ta xonadonda qishda ham turli sabzavotlar, ertagi ekinlar koʻchatlari yetishtiruvchi issiqxonalar mavjud. 821 ta oilada uy parrandalari qoʻshimcha daromad keltirmoqda. Shuningdek, 2476 bosh yirik shoxli qoramollar, 160 bosh qoʻy va echkilar namunali boqilib, aholining chorva mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini qondirishga xizmat qilmoqda.

2021-yil boshida 58 nafar ayol “Ayollar daftari”ga, 115 nafar yoshlar esa “Yoshlar daftari”ga kiritilgan edi.

Ushbu fuqarolarning koʻpchiligi mehnatga layoqatli boʻlganligi tufayli ularning ish bilan band boʻlib, doimiy daromad manbaiga ega boʻlishiga va oilasida qoʻshimcha daromad olishiga koʻmaklashish maqsadida chorva mollari boqish, tomorqasidan unumli foydalanishga jalb etildi.

Joriy yilning oʻzida tuman hokimining mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha yordamchisi Alisher Yoʻldoshev ovul fuqarolar yigʻini masʼullari bilan hamkorlikda hududdagi oilalarni xatlovdan oʻtkazib, ijtimoiy himoyaga muhtoj, shuningdek ishlash istagidagi ishsiz yoshlarni, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagidagi fuqarolarni aniqlab, kerakli amaliy yordamlarni koʻrsatib kelmoqda.

Hokim yordamchisining bevosita aralashuvi va koʻmagi bilan ovulda yashovchi fuqaro Baxtiyor Xidirboyev 33 mln. soʻm imtiyozli kredit hisobiga suv tozalash uskunasini oʻrnatdi va 7 ta yangi ish oʻrni yaratdi. Shuningdek Javlon Qutlimurodov ham suv tozalash uskunasi oʻrnatib, 4 ta mashina yordamida aholiga kuniga 10-15 tonna tozalangan suv yetkazib bermoqda.

Uy bekasi Matluba Abdullayeva 33 mln. soʻm kredit hisobiga 20 ta zotdor qoʻy sotib olib, parvarish qilayapti. Nizomiddin Xalillayev 2 sotixlik issiqxonada limon yetishtirishni, yoʻlga qoʻygan. Bobur nomli ovulda yashovchi yana bir fuqaro Maxsuda Samandarova esa yigʻin binosining boʻsh turgan xonasida tikuvchilik tsexi tashkil qilib, hududning 4 nafar ayol-qizlarini ish bilan taʼminladi.

Harakatda – barakat, deydi xalqimiz. Chindan-da, chor-atrofimizga nazar solsak, koʻnglida ezgu niyati, bilagida kuchi bor, yaxshi yashashga intilgan odamlarning hayoti fayzli, obod boʻlayotganini koʻramiz.

Tumanimizning ovul va mahallalarida faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari ana shunday fuqarolarning intilishlarini qoʻllab-quvvatlab, amaliy yordamlar berayotgani nur ustiga aʼlo nur boʻlayotir.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019