16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:17
Salomatlik 👁 270

Poliz mahsulotlari, mevalar, oziq-ovqat mahsulotlarining inson hayoti uchun xavfsizligi nazorat qilinmoqda

Poliz mahsulotlari, mevalar, oziq-ovqat mahsulotlarining inson hayoti uchun xavfsizligi nazorat qilinmoqda

Ayni kunlarda serquyosh oʻlkamizda yoz fasli hukum surmoqda. Yangi uzilgan va tomorqalarda yetishtirilgan turfa poliz ekinlari hamda mevalar bozorlarimiz rastalarini toʻldirib turibdi.

Ammo, sotilayotgan ushbu qishloq xoʻjaligi mahsulotlari aholi salomatligi uchun xavfsizmi?

Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi xodimlari tomonidan har kuni tumandagi dehqon bozori va doʻkonlar rastalariga sotuvga chiqarilayotgan poliz mahsulotlari, sarxil mevalar, oziq-ovqat mahsulotlarining inson hayoti uchun xavfsizligi nazorat qilinmoqda.

Maʼlumki, qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga nisbatan notoʻgʻri agrotexnik tadbirlar amalga oshirilganda, qolaversa, doʻkonlardagi oziq-ovqat mahsulotlarining isteʼmolga yaroqlilik muddati tugagan va boshqa holatlarda oʻtkir yuqumli ichak kasalliklari kelib chiqadi.

 Mangʻit dehqon bozori hududida joylashgan veterinariya-sanitariya labarotoriyasi xodimlari ushbu noxush holatlarning oldini olish maqsadida bozor rastalariga kelib tushgan qovun-tarvuz hamda boshqa poliz ekinlarini ekspress usulda tekshirmoqdalar. Tarkibidagi nitrat miqdori normadan yuqori boʻlgan mahsulotlar tegishli tartibda savdodan chetlatilmoqda.

Shu kunga qadar Mangʻit dehqon bozori hududida joylashgan veterinariya-sanitariya laboratoriyasi tomonidan tarkibidagi nitrat miqdori meʼyordan yuqori boʻlgan 148 kg tarvuz savdodan olinib, tegishli tartibda yoʻq qilindi.

Undan tashqari, tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi xodimlari tomonidan oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanadigan tadbirkorlarga mahsulotlarni saqlash va sotish qoidalariga amal qilinmaslik oqibatida kelib chiqadigan oʻtkir yuqumli oshqozon-ichak kasalliklari haqida maʼlumotlar berilib, ularning oldini olish boʻyicha profilaktik targʻibot ishlari olib borilmoqda.

Profilaktik tadbirlar natijasida “Mangʻit dehqon bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati xodimlariga bozordagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, bozorning sanitariya holatini yaxshilash va bu orqali aholi orasida yuqumli kasalliklar va ovqatdan zaharlanishning oldini olish maqsadida tavsiyalar berilmoqda.

Shuningdek, profilaktik tadbirlar davomida uy sharoitida tayyorlangan tuzlangan pomidor va bodring savdosi bilan shugʻullanayotgan sotuvchilarning mahsulotlari tekshirilib, yaroqlilik muddati oʻtib ketgan 14,5 kg mahsulotlar isteʼmolga yaroqsiz deb topildi hamda 6 nafar fuqaroga “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi kodeksning 53-moddasiga muvofiq jarima solindi.

Shu oʻrinda aytish kerakki, yoz faslida pishib yetilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yigʻib-terib olish, saqlash va sotuvga chiqarish borasida belgilangan sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish har bir tadbirkorning kasbiy va insoniy burchidir. Shuningdek, fuqarolar ham sogʻligiga beeʼtibor boʻlmasdan, xarid qilingan oziq-ovqat mahsulotlarini gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda xarid qilishlari va isteʼmol qilishlari lozim.

 Bir soʻz bilan aytganda, har kim oʻzi va oʻzgalar sogʻligi uchun javobgar ekanligini chuqur his qilmogʻi darkor. Zero, salomatlik – tuman boylikdir.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019