16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 19:53
Fan va taʼlim 👁 348

Amudaryo tumanidagi taʼlim maskanlarida yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik qizgʻin davom etmoqda

Amudaryo tumanidagi taʼlim maskanlarida yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik qizgʻin davom etmoqda

Amudaryo tumanidagi Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli umumtaʼlim maktablarida taʼlim-tarbiya oluvchi 38 mingga yaqin oʻquvchilar yozgi taʼtil tugashi bilanoq, jonajon maktabi, ustozlari bagʻriga shoshadilar. Bugungi kunda tumandagi barcha umumtaʼlim muassasalarida yangi 2022-2023 oʻquv yiliga tayyorgarlik koʻrish jarayonlari qizgʻin surʼatlarda olib borilmoqda.

Bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish va yangi oʻquv yilini munosib tayyorgarlik bilan kutib olish maqsadida 1-avgust kuni Oq oltin ovuli hududida joylashgan 50- sonli hamda 7-sonli umumtaʼlim maktablarida koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi.

Yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik koʻrish, maktablarning texnik baʼzasini yaxshilash, pedagog kadrlarning salohiyatini oshirish masalalariga bagʻishlangan koʻrgazmali seminarda tuman Xalq taʼlimi boʻlimi mudiri Akmal Ismailov, boʻlim masʼullari hamda tumandagi 85 ta maktab direktorlari ishtirok etishdi.

Seminarda maktablarga kirish yoʻlaklarini tartibga keltirish, maktab binosi atroflarini begona oʻt-oʻlanlardan tozalab obodonlashtirish, daraxtlarni oqlash, daraxt va gullarga shakl berish, sport maydonchalarini tartibga keltirish, maktablarning ichki tozaligi taʼminlash, futbol, voleybol, basketbol maydonchalaridagi ustunlarni boʻyash, qozon va qozonxonalarni tartibga keltirish, taʼmirtalab parta, doska, shkaf umuman sinfxonalarni taʼmirlash, stullarni oʻquvchining yoshiga mos ravishda joylashtirish, koridor, sinf va laboratoriya xonalariga shiorlar, bannerlarni did va tartib bilan osish kabi masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.

Yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlari 50- va 7- sonli umumtaʼlim maktablari bilan bir qatorda tumanning barcha olis hududlarida joylashgan umutaʼlim maktablarda ham jadal surʼatlarda olib borilmoqda.

Jumladan, Nazarxan ovuli hududidagi 3-sonli maktab rekonstruktsiya qilinib, joriy taʼmirlash ishlari yakunlanish arafasida. Shuningdek, 69-, 26-, 61, 51-, 46-, 78-, 18- sonli maktablarda ham qurilish-taʼmirlash ishlari jadal olib borilmoqda.

Undan tashqari, Kuyuk koʻpir ovuli hududida joylashgan 14-sonli umumtaʼlim maktabiga 180-oʻrinli, Tosh yop ovuli hududida joylashgan 76-sonli maktabga 360-oʻrinli, Oybek mahallasi hududida joylashgan 55-sonli maktabga 330-oʻrinli qoʻshimcha binolar qoʻrilmoqda. Quruvchilar joriy qurilish-taʼmirlash ishlarini yangi oʻquv yili boshlanish arafasida tugatib, oʻquvchilar uchun yangi sinfxonalarni tantanali razda topshirishni niyat qilishgan.

Shu oʻrinda aytish kerakki, oʻquvchilarning yaxshi bilim va tarbiya olishi maktabdagi sogʻlom muhit va yaratilgan shart-sharoitlarga ham bevosita bogʻliq.

Keng va yorugʻ sinfxonalarda malakali ustozlar tomonidan berilgan bilimni qunt bilan oʻzlashtirgan oʻquvchilar ishonamizki, Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshadigan barkamol avlod boʻlib voyaga yetishadi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019