16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 17:10
Siyosat 👁 213

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 51-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 51-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

2022-yil 6-avgust kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 51-sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, sektorlar rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, huquq-tartibot organlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiya kun tartibidagi dastlabki masala − Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining ijrosi boʻyicha tumandagi sektorlar rahbarlarining hisoboti tinglandi.

2-sektor rahbari, tuman prokurori Aziz Roʻzmetovning hisobotida keltirilishicha, 2-sektor hududida 17 ta ovul va mahalla fuqarolar yigʻini mavjud boʻlib, joriy yilning 6 oyi davomida sektor hududida belgilangan rejaga asosan sektor rahbari hamda halq qabulxonasi bilan birgalikda 25 ta sayyor qabul, 23 ta yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazilgan. Shuningdek, 1 ming 252 nafar mehnatga layoqatli ishsizlar borligi aniqlanib, ularni tadbirkorlikka jalb qilish, yer ajratish, hunarmandchilik faoliyatini yoʻlga qoʻyish, issiqxona tashkil qilish, qoramolchilik va asalarichilikka jalb qilish orqali bandligi taʼminlangan. Sektor hududida yashovchi ehtiyojmand aholiga 984 mln. soʻmlik dori-darmon, oziq-ovqat va boshqa amaliy yordamlar berilgan.

Shuningdek, “Ayollar daftari”ga kiritilgan, 1 nafar ayolga yangi uy qurib berilayotgan boʻlsa, 1 nafar ayolning uyi taʼmirlab berilmoqda.

3-sektor rahbari, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Muxammetali Xojamuratovning hisobotida qayd etilganilek, sektor hududida 2022-yilning dastlabki 6 oyi davomida “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi doirasida “Temir daftar”dagi oilalarga jami 635,7 mln.soʻmlik turli xildagi yordam koʻrsatilgan.

Qolaversa, mahallalarning infratuzilmasini yaxshilash borasida ham koʻplab ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida Tor yop mahallasining Dehqonbirlik koʻchasi hamda Tor yop-Qilichboy avtomobil yoʻli taʼmirlanmoqda. “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollarning 230 nafari ish bilan taʼminlandi. 88 nafar ayol-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishlari uchun yordamlar va 155 nafar ayol-qizlarga tibbiy muolajalar koʻrsatildi. “Temir daftar”dagi oilalarga jami 635,7 mln.soʻmlik turli xildagi yordam koʻrsatildi.

4-sektor vakili, Amudaryo tumani Davlat soliq inspektsiyasi boʻlim boshligʻi Azim Yusupovning hisobotida qayd etilganidek, oʻtgan 6 oy davomida sektor hududidagi Beruniy va Boʻston mahallalarining har birida 25 nafar bolaga moʻljallangan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari yangidan barpo etildi.

 Undan tashqari, sektor hududidagi ovul va mahallalarda istiqomat qiluvchi 49 nafar fuqarolar reablitatsiya-texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan taʼminlandi.

Sessiya ishida sektorlar va tashkilotlar rahbarlarining aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash holati yuzasidan tuman Xalq qabulxonasi boʻlimi mudiri Erkin Rajabovning axboroti tinglandi.

Qabulxonaga 2022-yilning 30-iyun sanasiga qadar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 905 ta masala boʻyicha murojaatlar kelib tushgan. Ushbu mkrojaatlarning 31,4 foizi yaʼni, 284 tasi ijobiy hal etilgan boʻlsa, 603 ta murojaatga huquqiy tushuntirishlar berilgan.

Shundan keyin sessiyada tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik Muxammetali Xojamuratovning “Amudaryo tumanida 2022-yilning 2-choragida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisida”gi masala yuzasidan hisoboti tinglandi.

Hisobotda tuman xududida profilaktika inspektorlari tomonidan joriy yilning 6 oyi yakuniga koʻra jami 471 ta shaxslar profilaktik hisobga olingan boʻlib, ularga biriktirilgan murabbiylar bilan hamkorlikda muntazam ravishda profilaktik ishlar amalga oshirilib kelinayotgani aytib oʻtildi.

Sessiya ishida Oʻzbekiston Respublikasi bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumani boʻlimi boshligʻi, adliya kichik maslahatchisi Mirtemir Davletmuratovning joriy yilning 6 oyi davomida Byuro tomonidan amalga oshirilgan ishlar boʻyicha bildirishnomasi tinglandi.

Qayd qilinganidek, Byuroning ish yurituvidagi 70 mlrd. 34 mln. soʻmlik 15 ming 491 ta ijro hujjatlaridan 27 mlrd. 304 mln. soʻm mablagʻ amalda undirilgan.

Shuningdek, sessiya ishida tuman mahalliy byudjeti mablagʻlarining 6 oy davomida sarflanishi toʻgʻrisida tuman Moliya boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Bekniyazov hisobot berdi.

Taʼkidlanganidek, 2022-yil 6 oyi davomida byudjet xarajatlari rejasi kiritilgan oʻzgarishlardan keyin jami 141. mlrd 783 mln. 988 ming soʻmni tashkil qilib, 2022-yil 6 oyi davomida byudjet mablagʻlari xarajatlari hisobidan jami 136 mlrd. 220 mln soʻm mablagʻlar sarflangan.

Sessiya ishida “Meva sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda dehqon xoʻjaligining ulushini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorning tumandagi ijrosini taʼminlash boʻyicha tuman hokimi oʻrinbosari Islom Matkarimovning, “Sahovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan “Temir daftar”dagi 196 nafar oilalarga 368,3 mln. soʻm moddiy yordam ajratish toʻgʻrisida”gi masala yuzasidan tuman Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi boshligʻi Jasur Davletovning hisobotlari tinglandi.

Sessiya yakunida kun tartibida barcha masalalar boʻyicha fikr-mulohazalarni inobatga olgan holda xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019