16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 17:08
Siyosat 👁 300

PREZIDENT ADMINISTRATsIYaSI VAKILI BOShChILIGIDAGI IShChI GURUH TOMONIDAN SAYYoR QABUL OʻTKAZILDI

PREZIDENT ADMINISTRATsIYaSI VAKILI BOShChILIGIDAGI IShChI GURUH TOMONIDAN SAYYoR QABUL OʻTKAZILDI

Amudaryo tumanida Prezident administratsiyasi vakili Akbar Jonuzoqov boshchiligidagi ishchi guruh aʼzolari ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.

Joriy yilning 7-avgust kuni tuman hokimligi binosida boʻlib oʻtgan sayyor qabulda ishchi guruh aʼzolari aholining sud-huquq sohasidan tashqari barcha masalalar, yaʼni ijtimoiy-iqtisodiy masalalardagi murojaatlar tinglashdi. Qabul davomida Nukus shahri, Xoʻjayli, Ellikqalʼa va Amudaryo tumanlaridan tashrif buyurgan fuqarolar ishtirok etib, oʻzlarini qiynab kelayotgan muammoli masalalar bilan masʼullarga murojaat qildilar.

Xususan, sohalar kesimida uy-joy taʼmirlash va moddiy yordam boʻyicha 8 ta, sogʻliqni saqlash sohasidan 7 ta, kommunal xizmatlar boʻyicha 7 ta, kredit boʻyicha 6 ta, kadastrga doir 5 ta, taʼlim yoʻnalishida 5 ta, bandlik masalalari yuzasidan 4 ta, yoʻllarni taʼmirlash boʻyicha 2 ta, uy-joy bilan taʼminlashga doir 2 ta va boshqa masalalarga doir yana 52 ta murojaatlar qabul qilindi.

Jumladan, Amudaryo tumanidagi Jumurovul mahallasida yashovchi Mahbuba Erkinbayeva yuragi kasal boʻlgan otasini davolatishda, Besh ovul mahallasida yashovchi Dilmurod Qurbaniyazov onkologik kasallik bilan xastalangan onasini, Qangli ovulida yashovchi Bahrom Saparov qon kasalligi bilan kasallangan qizini davolatishda amaliy yordam soʻrashdi. Shuningdek, Namuna mahallasida yashovchi Jumaboyeva Darmon davolanishi uchun respublika shifoxonasiga yoʻllanma olishda yordam soʻrab murojaat qildi.

Undan tashqari, Farovon mahallasida yashovchi Baxtiyor Doʻschanov, Qilichboy ovulida yashovchi Ixtiyor Saparbayevlar elektr energiyasi kuchlanishi past boʻlganligi sababli yangidan transformator oʻrnatib berishni, Kuyuk koʻpir ovulida yashovchi Shoira Eshchanova, Gulzor mahallasida yashovchi Nodira Yakubovalar esa ishga joylashishlariga koʻmaklashishni soʻrab masʼullarga murojaat qilishdi.

Sayyor qabulda masʼullar tomonidan 98 nafar fuqaroning murojaati koʻrib chiqildi, shundan 39 tasi ijobiy hal qilindi, 12 tasiga huquqiy maslahat va tushuntirish berildi hamda 47 ta murojaat nazoratga olindi.

Qabul davomida tuman aholisini qiynayotgan tizimli muammolar ham tilga olindi. Xususan, Amudaryo tumandagi mavjud ichki yoʻllarning 61,7 foizi, yaʼni 889 kilometri oʻta taʼmirtalab holatda boʻlganligi hududlardagi aholining noroziligini keltirib chiqarayotganligi  aytildi. Shu sababli ichki yoʻllarga qum-shagʻal qoplamasi yotqizish masalasi oʻrganib chiqib, yechim topish va taklif kiritish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga kiritildi.

Shuningdek, tumanning Boʻz-yop, Kuyuk koʻpir, Oʻrta qalʼa, Bobur va Amir Temur nomli hamda Xitoy ovullarida yashovchi 6,3 ming nafar aholini ichimlik suvi va 13 ming gektar yer maydonni oqava suv bilan taʼminlovchi 1998-yilda qurilgan “Shixjamol” nasos stantsiyasi hozirda taʼmirtalab ahvoldaligi, shu boisdan aholiga ichimlik suvi va oqava suv yetkazib berishda qiyinchiliklar yuzaga kelayotganligi muammosi ham koʻtarilib, bu masalani ham oʻrganib chiqish va yechim topish, ijobiy hal qilish boʻyicha taklif kiritish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga topshirildi.

Prezident administratsiyasi vakili boshchiligidagi ishchi guruh aʼzolari ushbu muammolar oʻrganib chiqilib, bartaraf etilishida amaliy yordam berilishini aytib, aholining yashash sharoitini yaxshilash bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri ekanligini taʼkidlashdi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019