16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:34
Iqtisodiyot 👁 356

YuRT FAROVONLIGI YOʻLIDA MEHNAT QILAYoTGAN QURUVChILAR

YuRT FAROVONLIGI YOʻLIDA MEHNAT QILAYoTGAN QURUVChILAR

Yurtimizning barcha hududlarida boʻlgani kabi Amudaryo tumanida ham turli zamonaviy binolar qad rostlab, kundan-kunga chiroy ochmoqda. Tobora koʻrkam qiyofa kasb etayotgan diyorimizda yangicha koʻrinishdagi ijtimoiy soha obʼektlari, maktab va bogʻchalar, aholi turar joylari, koʻp qavatli binolar soni koʻpaymoqda. Mehnatkash va qoʻli gul quruvchilar tomonidan bunyod etilayotgan ushbu inshootlar shahar va qishloqlarimizga fayz kiritibgina qolmasdan, aholining yashash sharoitlari yaxshilanishiga ham xizmat qilmoqda.

Qurilish va bunyodkorlik ishlarida oʻzlarining ana shunday munosib hissasini qoʻshib kelayotgan soha xodimlarining mehnatini qadrlash, ularga hurmat koʻrsatish maqsadida Prezidentimizning 2017-yil 7-avgustdagi Farmoniga asosan har yili avgust oyining ikkinchi yakshanbasi Oʻzbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni sifatida nishonlanib kelinayotir. Sana munosabati bilan tadbirlar tashkil etilib, soha fidoyilariga turli sovgʻalar, mukofotlar topshirilib ragʻbatlantirilmoqda. Bu esa oʻz navbatida ularning oʻz kasbiga boʻlgan mehr va masʼuliyat hissini yanada oshirmoqda.

Amudaryo tumanining obod va farovon boʻlishiga hissa qoʻshib kelayotgan soha fidoyilari tomonidan mazkur yilda ham rejaga koʻra keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari olib borilayotir.

Shu oʻrinda aytish joizki, tuman hududidagi chekka ovullardagi aholi farzandlariga zamonaviy sharoitlarda taʼlim olishlariga imkoniyat yaratish maqsadida barcha talablarga javob bera oladigan koʻrkam binolar qurilib, foydalanishga topshirilmoqda. Yildan-yilga bunday sharoitlarga ega maktablar va maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni ortayotgani juda quvonarli.

Joriy yilda ham Qipchoq ovuli hududidagi 18-sonli maktab binosida Respublika byudjetidan ajratilgan 1 milliard 965 mln. soʻm mablagʻ evaziga rekonstruktsiya qilish va 180-oʻrinli qoʻshimcha bino qurish ishlari amalga oshirilmoqda.

Xuddi shunday qurilish ishlari respublika byudjetidan ajratilgan 2 milliard 360 mln. soʻm miqdoridagi mablagʻga Kuyuk koʻpir ovuli hududidagi 14-sonli maktab binosida ham olib borilmoqda.

Undan tashqari, Oybek nomli mahalla hududidagi 55-sonli maktab binosida 4 milliard 327 mln. soʻmlik rekonstruktsiya va 330-oʻrinli qoʻshimcha bino qurish,  Chordara mahallasi hududidagi 36-sonli maktab binosida 2 milliard 292 mln. soʻmlik rekonstruktsiya qilish va 180-oʻrinli qoʻshimcha bino qurish,  Boyovul mahallasi hududidagi 56-sonli maktab binosida 2 milliard 326 mln. soʻmlik rekonstruktsiya qilish va qoʻshimcha bino qurish ishlari bajarilmoqda.

Shu kunlarda quruvchilarning gʻayrat-shijoati bilan Yuqori qishloq mahallasi hududidagi 28-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti filiali binosi 3 milliard 724 mln. soʻm mablagʻ evaziga rekonstruktsiya qilinib, kichkintoylarga qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda. Qurilish ishlarini shu yilning oktyabr oyiga yakunlash moʻljallanmoqda.

Xuddi shunday qurilish-taʼmirlash ishlari Toʻlqin ovuli hududidagi 39-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti binosida ham amalga oshirilmoqda. Ushbu binoda bajarilayotgan respublika byudjetidan ajratilgan 3 milliard 609 mln. soʻmlik rekonstruktsiya va 180-oʻrinli qoʻshimcha bino qurish ishlari shu yil oktyabr oyida tugallanadi.

Undan tashqari, tuman aholisiga tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini yanada yaxshilash maqsadida Navoiy nomli mahalla hududida respublika byudjetidan ajratilgan 14 milliard 325 mln. soʻmga yangidan 90-oʻrinli tugʻruqxona qurish ishlari boshlab yuborilgan.

Shuningdek, tumanning 11 ta hududida 1 milliard 400 mln. soʻm mablagʻ evaziga tibbiy konteyner punktlari tashkil qilinib, aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish ishlari amalga oshirilmoqda.

Quruvchi-bunyodkorlarning mehnati tufayli atrof yanada obod boʻlib, Vatanimiz fayzli goʻshaga aylanmoqda. Yurtimiz ravnaqi, aholi farovonligi yoʻlida mehnat qilayotgan soha fidoyilarining ishlarida omad yor boʻlishini tilab qolamiz.

Ozoda XUDOYBERGANOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019