16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 19:53
Fan va taʼlim 👁 240

“Taʼlim mazmuniga eʼtibor” mavzusida Respublika amaliy seminari boʻlib oʻtdi

“Taʼlim mazmuniga eʼtibor” mavzusida Respublika amaliy seminari boʻlib oʻtdi

Sharq hikmatlarida “Agar inson ilm nuri bilan oʻz yoʻlini yoritmasa, zulmat va nodonlik koʻchasida qoladi” deya bejiz taʼkidlanmagan. Kishi qalbining nuri ilm va maʼrifat bilan baquvvat boʻladi. Insoniyatning qadri ham ilm bilan hosil boʻladi. Ilmni egallab olish esa taʼlimdagi bir sanʼatga qiyoslanadi.

Taʼlim mazmun va mohiyatan jamiyatning moddiy va madaniy taraqqiyoti darajasiga borib taqaladi. Umumiy va sohaviy bilimlarga boʻlgan ehtiyoj, taʼlim haqidagi pedagogik gʻoyalar jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida turlicha ahamiyat kasb etib, oʻzgarib kelgan. Jamiyatning asosiy negizi boʻlgan taʼlim va tarbiya jarayonida insonning sifatlari, dunyoqarashi va turli xil qobiliyatlari shakllanib, oʻsib boradi.

Bugungi kunda mamlakatimizda taʼlim-tarbiyaga qaratilayotgan eʼtibor natijasi oʻlaroq Oʻzbekistonda maʼnan barkamol, intellektual salohiyatga ega yoshlar yetishib chiqmoqda.

Bu borada pedagog kadrlarning salohiyatini yanada oshirish, taʼlimdagi soʻnggi yangiliklardan boxabar boʻlishlari uchun oʻtkazilib kelinayotgan koʻplab seminar-treninglar, forumlar katta ahamiyatga ega.

26-avgust kuni Amudaryo tumanidagi 40-sonli umumtaʼlim maktabida “Taʼlim mazmuniga eʼtibor” mavzusida Respublika amaliy seminari boʻlib oʻtdi.

Seminarda Amudaryo tumani Xalq taʼlimi boʻlimi mudiri oʻrinbosari Ibragim Rajabov, Beruniy tumani taʼlim sifati manitoringi boʻlimi inspektor-metodistlari Botir Yuldashev, Mahmud Razzaqov, Kegeyli tumani taʼlim sifati manitoringi boʻlimi inspektor-metodisti Mambetali Toremuratov, Amudaryo tumani taʼlim sifati manitoringi boʻlimi inspektor-metodisti Rayxon Yakubovalar trenerlik qilishdi.

Amudaryo tumanidagi mavjud 85 ta hamda Beruniy tumanidan tashrif buyurgan 72 ta maktabning oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarlariga taʼlim sifati yuqori boʻlmagan maktablarning taʼlim sifatini yangi oʻquv yilida samarali yoʻlga qoʻyish, “Yagona elektron tizimi − erp.maktab.uz” dasuturiy majmuasini maktablarga joriy qilish, pedagog kadrlar salohiyatini oshirish, yangi oʻquv yilidagi dars taqsimoti, Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrish va munosib ishtirok etish boʻyicha batafsil maʼlumot va tushuntirishlar berdilar.

Shuningdek, umumtaʼlim maktablarda oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarlarining taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan kelgusidagi asosiy vazifalari va ularning masʼuliyati haqida, yangi oʻquv reja va yangi avlod darsliklari haqida tushuntirishlar berilib, kelgusidagi muhim vazifalar belgilab olindi.

Seminar ishtirokchilari trenerlarga oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib atroflicha javoblar oldilar.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019