16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:58
Qishloq xoʻjaligi 👁 180

ChORVADORLAR QISh MAVSUMI UChUN YeTARLI OZUQA JAMGʻARIShMOQDA

ChORVADORLAR QISh MAVSUMI UChUN YeTARLI OZUQA JAMGʻARIShMOQDA

Mamlakatimiz aholisini arzon va sifatli goʻsht va sut mahsulotlari bilan taʼminlashni yaxshilash borasida amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Chorvachilikni taraqqiy ettirish uchun ushbu faoliyat turi bilan shugʻullanuvchi fermer xoʻjaliklariga imkoniyatlar yaratilmoqda, sohani rivojlantirishga doir tadbirkorlik tashabbuslari qoʻllab-quvvatlanib, ularga subsidiyalar, imtiyozli kreditlar ajratilayotganligi oʻzining ijobiy samaralarini berayotir.

Sohani rivojlantirishga butun mamlakatimizda boʻlgani singari Amudaryo tumanida ham ulkan eʼtibor qaratilmoqda.

Hozirgi kunda tumandagi barcha toifadagi xoʻjaliklarda 178 mingdan ortiq bosh qoramollar namunali parvarish qilinayapti. Qoramollar naslini yaxshilash maqsadida 2022-yil davomida tuman boʻyicha jami 11 milliard 327 million soʻmlik 10 ta loyihalar bajarilishi belgilangan. Shuning 5 tasi qoramolchilik, 3 tasi parrandachilik, 2 tasi baliqchilik yoʻnalishidadir.

Mavjud qoramollarni toʻyimli boqish uchun 1 ming 862 gektar tabiiy yaylovlar mavjud. Bundan tashqari 1 ming 926 gektar yer maydonlarga ozuqabop ekinlar joylashtirilgan. Shuning 240 gektariga beda, 106 gektariga silos uchun makkajoʻxori, 1 ming 580 gektariga oqjoʻxori ekilgan.

Chorvachilik sohasida amalga oshirilayotgan buningdek saʼy-harakatlar evaziga har yili 16 ming 622 tonna goʻsht, 65 ming 465 tonna sut yetishtiriladi.

Shavkat Haydarov rahbarlik qilayotgan chorvachilikka ixtisoslashgan “Xoʻjakoʻl” fermer xoʻjaligida 215 bosh qoramol veterinariya qoidalari asosida boqilayapti. Xoʻjalikda boqilayotgan yirik shoxli qoramollarning naslini yaxshilash, shu yil bilan mahsulot yetishitirishni koʻpaytirishga ulkan eʼtibor berilmoqda.

Ayni kunda xoʻjalik dalalaridagi makkajoʻxori poyalari oʻrilib, qishlov mavsumi uchun silos tayyorlanmoqda. Bu ishlarga xoʻjalikning kombayni va ikkita transport traktori jalb etilgan.

Xususan, 2018-yilda Polshadan 66 bosh golshteyn zotli, 2020-yilda Germaniyadan semental zotli naslli qoramollar keltirildi. Sigirlarni maxsus uskunalarda xoʻjalikning 3 nafar ishchilari sogʻishadi. Xoʻjalikda yetishtirilgan sut shartnomaga muvofiq har kuni Nukusdagi sutni qayta ishlash zavodiga yetkazib beriladi.

Yirik shoxli qoramollardan mahsulot olishni koʻpaytirish maqsadida xoʻjalik ishchilari tomonidan toʻyimli boqilib, oʻsishi va sogʻlomligi har kuni nazorat qilib boriladi.

Xoʻjalikda chorva mollarini toʻyimli ozuqa bilan boqish maqsadida 40 gektar maydonga makkajoʻxori, 15 gektar maydonga beda, 2 gektar maydonga sabzi, 1 gektar maydonga qovoq, 2 gektar yerga lavlagi ekilib, moʻl hosil yetishtirilayapti.

Bu ishlarga 17 nafar ijarachi jalb etilgan. Ular oʻzlariga qarashli yerlardagi ozuqa ekinlarini agrotexnika qoidalari asosida parvarishlashi tufayli goʻsht va sul yetishtirish boʻyicha yaxshi natijalarga erishmoqdalar.

Chorvasi toʻqning – koʻngli toʻq. Tumanimiz chorvadorlari qishlov mavsumi oldidan yetarli ozuqa tayyorlab, yil davomida xalqimizni sifatli chorvachilik mahsulotlari bilan taʼminlash yoʻlida astoydil mehnat qilmoqdalar.

Mahmudjon Shomurodov.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019