16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 18:33
Fan va taʼlim 👁 352

“Oʻqituvchilarni yangi zamonaviy metodlarga oʻrgatish” mavzusida seminar-trening boʻlib oʻtdi

“Oʻqituvchilarni yangi zamonaviy metodlarga oʻrgatish” mavzusida seminar-trening boʻlib oʻtdi

2021-2022 oʻquv yilida Xalq taʼlimi Vazirligi tomonidan oʻqituvchilar salohiyatini yanada yuksaltirish maqsadida yangi oʻquv metodikasi ishlab chiqildi. Ushbu oʻquv metodikasida zamonaviy metodlarlarni dars jarayoniga tadbiq etish, baholash tizimida eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan jihatlar, dars jarayonini tashkil etishning interaktiv usullari, oʻquvchini mustaqil fikrlashga, izlanishga undovchi mashqlar va didaktik oʻyinlar haqida keng turda maʼlumotlar berilgan.

13-sentyabr kuni Amudaryo tumanidagi 18-sonli umumtaʼlim maktabida yangidan joriy qilingan oʻquv metodikasini dars jarayoniga samarali tarzda joriy qilish maqsadida seminar-trening boʻlib oʻtdi.

Seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi pedagoglarni yangi metodlarga oʻrgatish milliy markazi masʼul xodimlari Abdugʻaniy Yesnazarov, Ayzada Masharipova, Ella Sulletbayeva hamda 18-sonli maktabning pedagog-oʻqituvchilari ishtirok etishdi.

Seminarda 18-sonli maktabning kimyo fani oʻqituvchisi Sayotxan Bekimbetova hamda 16-sonli maktabning biologiya fani oʻqituvchisi Nargiza Doʻsimovalar trenerlik qilishdi.

Seminar davomida trenerlar, zamonaviy ilgʻor metodikalar asosida dars oʻtishning innovatsion usullari haqida maʼlumot berdilar.

Jumladan, dars jarayonida taʼlim oluvchilarni yanada faollashtiradigan metodlar bilan boyitish, oʻquv-materialini kichik-kichik boʻlaklarga boʻlib, ularning mazmunini ochishda “Aqliy hujum”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Bahs-munozara”, “Muammoli vaziyat”, “Yoʻnaltiruvchi matnli loyiha”, “Rolli oʻyinlar” kabi metodlarni qoʻllash va taʼlim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash kabi masalalarga toʻxtab oʻtildi.

Darhaqiqat, ushbu interfaol metodlar qoʻllanilganda taʼlim beruvchi taʼlim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Oʻquvchi butun jarayon davomida faol ishtirok etadi.

Seminarda “Kichik guruhlarda ishlash”, “Debatlar”, “Tanqidiy tashafakkur”, “Nuqtai nazaring boʻlsin”, “har kim har kimga oʻrgatadi”, “Bingo”, “Bumerang” metodlari haqida keng turda maʼlumotlar berildi va amalda qoʻllab koʻrsatildi.

Ayniqsa, “Tanqidiy tafakkur” metodining avzalligi, oʻqituvchi qoʻygan masala yoki muammoni oʻquvchi oʻz fikrini bayon qilish, oʻzgalarning fikrlarini tanqidiy qayta idrok etish, oʻz nuqtai nazarini asoslab berish va saqlab qolish imkoniyatiga ega boʻlishiga asoslanishida namoyon boʻladi. Bu esa dars jarayonining qiziqarli va samarali tashkil etilishida muhim oʻrin tutadi.

Qolaversa, didaktik oʻyinlar va interfaol metodlar orqali oʻquvchilarda tashkilotchi va tashabbuskor boʻlish, oʻzaro bir-biriga hurmat, hayrihohlik, yordam koʻrsatish, faollik, ijodkorlik kabi hislatlar shakllanadi.

Bugungi kunda taʼlim tizimida oʻz oʻzini tarbiyalaydigan, mustaqil izlanuvchan, oʻzining shaxsiy fikriga ega oʻquvchilarni tarbiyalash muhim vazifa hisoblanadi. Shu maʼnoda, taʼlim tizimiga tadbiq etiladigan mazkur metodlar ana shu maqsad va vazifalarni amalga oshirishga yaqindan yordam berishi bilan ahamiyatlidir.

 Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019