16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:37
Siyosat 👁 259

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 52-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 52-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

2022-yil 19-sentyabr kuni Amudaryo tumani hokimligida Xalq deputatlari tuman Kengashining 52-sessiyasi oʻz ishini boshladi.

Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, sektorlar rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, huquq-tartibot organlari, boʻlimlar, jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiyani tuman hokimi – Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sultonboy Yoʻldashev ochdi va olib bordi.

Sessiya kotibligiga 18-Xitoy saylov okrugidan deputat Muzaffar Yeshchanov saylandi.

Sessiyada dastlab Qoraqalpogʻiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha belgilangan Prezident Farmonlari, Qarorlari va dasturlarining ijrosi hamda yil yakuniga qadar amalga oshirilishi belgilangan vazifalar yuzasidan birinchi va ikkinchi sektor rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

1-sektor rahbari – tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev 2022-yilning 8 oyi dvomida 1-sektor hududida amalga oshirilgan ishlar haqida hisobot berdi.

Keltirilishicha, 1-sektor hududida yil boshidan buyon oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida 460 nafar fuqaroga 9,6 mlrd.soʻmlik kredit mablagʻlagʻi ajratilib, yengil konstruktsiyali issiqxona va asbob-uskunalar sotib olish uchun 44 nafar fuqaroga 133,4 mln.soʻmlik subsidiyalar ajratildi.

Shuningdek, fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish, kooperatsiyalar tashkil qilishi, asbob-uskuna sotib olishlari uchun ham subsidiyalar ajratilmoqda.

Xususan, Qipchoq ovuli hududida “Amudaryo outlet” ishlab chiqarish kooperativiga 15 nafar xotin-qizlarni aʼzo qilgan holda 60 mln. soʻm subsidiya mablagʻlari ajratildi.

1-sektor rahbari joriy yilning oʻtgan davri mobaynida hududda keng koʻlamli qurilish ishlari amalga oshirilganini, xususan, ichki yoʻllar va avtomobil yoʻllari taʼmirlanib, yangidan transformatorlar, elektr uzatish ustunlari oʻrnatilganini aytib oʻtdi.

Shuningdek, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha joriy yilning 8 oyi davomida 77 nafar fuqarolar reablitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan taʼminlandi.

Koʻrsatilgan amaliy yordamlar natijasida 1-sektor hududidagi 597 ta oilalarning 560 tasi “Temir daftar”dan, 933 nafar xotin-qizlarning 853 nafari “Ayollar daftari”dan, 541 nafar yoshlarning 498 nafari “Yoshlar daftari”dan chiqarilgan.

Sessiya ishida 2-sektor rahbari – tuman prokurori Aziz Roʻzmetovning ham sektor hududida 8 oy davomida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisoboti tinglandi.

Taʼkidlanganidek, sektor hudida aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda aholini ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilgan.

Jumladan, joriy yilning 8 oyi mobaynida sektor hududida yashovchi 371 nafar xotin-qizlar ish bilan taʼminlandi. Tadbirkorlik qilish istagidagi xotin-qizlarning 140 nafariga kreditlar ajratildi. Shuningdek, hududdagi 227 nafar ayolga tibbiy xizmatlar koʻrsatilib, salomatligini tiklashi uchun sharoitlar yaratib berildi.

Sessiya ishida tumanda millatlararo munosabatlarni mustahkamlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Gʻulomjon Duysenbayevning hisoboti tinglandi.

Taʼkidlanganidek, tumanning Mangʻit shahri, Beshtom, Nazarxon, Kuyuk-koʻpir, Amir Temur kabi ovullarida asosan rus, qozoq, qaraqalpoq, turkman millatiga mansub aholi istiqomat qilishadi. Ushbu ovul va mahallalarda aholining yashash tarzi yaxshi boʻlib, shu paytgacha milliy va etnik nizolar kelib chiqmadi. Aholi tinchlik va hamjihatlikda yashab kelmoqda. Tumanda faoliyat yuritib kelayotgan 85 ta maktablarda taʼlim 5 ta tilda olib boriladi.

Sessiya kun tartibidagi xotin-qizlarni qiynayotgan muammolarni hal qilish hamda jamiyatda ularning nufuzini yanada oshirish boʻyicha koʻrilayotgan choralar samarodorligi boʻyicha tuman hokimining oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Saburovaning hisoboti tinglandi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 8 oyi davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz 1 208 nafar ehtiyojmand xotin-qizlardan 1 196 nafarining bandligi taʼminlandi. 907 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarning 805 nafariga “Ayollar jamgʻarmasi” tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 4 barobari miqdorida bir martalik moddiy yordamlar koʻrsatildi.

Undan tashqari, ayollarning oʻz tomorqasidan unumli foydalanishlari uchun 70 nafar ayol-qizga hududdagi fermerlar biriktirilib, fermer xoʻjaliklari rahbarlari tamonidan homiylik yordamlari sifatida bugʻdoy, un, yogʻ, parranda va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Sessiya ishida birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Amudaryo tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi Faxriddin Abdullayevning hisoboti tinglandi.

Hisobotda shoshilinch tibbiy yordam qabulxonasini tashkil qilish, qizil, sariq va yashil zonalarda tibbiy xizmatlarni sifatli tarzda amalga oshirish, bemorlarga qulaylik yaratish borasida olib borilayotgan ishlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Shuningdek, aholi orasida yuqumli kasalliklarning oldini olishga qaratilgan targʻibot tadbirlari muntazam oʻtkazib kelinayotgani aytib oʻtildi.

2022-yilning oʻtgan davri mobaynida tuman markaziy shifoxonasida va Respublika tibbiyot markazlarida 87 nafar bemorlar bilan yuqori texnologik operatsiyalar oʻtkazilib, bemorlar ogʻir darddan xolos boʻlishdi.

Sessiya ishida kun tartibida koʻrilgan barcha masalalar boʻyicha xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Sessiya 20-sentyabr kuni oʻz ishini davom ettiradi.

Tuman hokimligining axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019