16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:07
Sport 👁 173

Sportning anʼanaviy karate-do turi boʻyicha ochiq chempionat boʻlib oʻtdi

Sportning anʼanaviy karate-do turi boʻyicha ochiq chempionat boʻlib oʻtdi

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, jismoniy tarbiya va sport sohasiga qaratilayotgan eʼtibor Yangi Oʻzbekiston kelajagini yuksaltirish, millat genafondini yanada sogʻlomlashtirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Qolaversa, hukumatimiz tomonidan sohani rivojlantirish orqali Oʻzbekiston sportini dunyo miqyosida namoyon etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Darhaqiqat, sport olimpiadalarida sportchilarimiz erishgan muvaffaqiyatlari yurtimiz bayrogʻini koʻklarga koʻtarishi bilan birga yosh avlodning jismonan sogʻlom boʻlib voyaga yetishida muhim vosita boʻlib xizmat qiladi. Shu maqsadda Respublikamizning barcha hududlarida boʻlgani singari Amudaryo tumanida ham sport sohasiga alohida eʼtibor qaratilib kelinmoqda.

27-sentyabr kuni Mangʻit shahri Olmazor mahallasi hududidagi Bolalar va oʻsmirlar sport maktabida Qoraqalpogʻiston Respublikasi anʼanaviy karate-do federatsiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida sportning anʼanaviy karate-do turi boʻyicha tuman ochiq chempionati boʻlib oʻtdi.

Chempionat 5-17 yosh oraligʻidagi oʻsmirlar va qizlar oʻrtasida, shuningdek 18 yoshdan kattalar oʻrtasida oʻtkazildi.

Chempionatning ochilish marosimida tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi anʼanaviy karate-do federatsiyasi Prezidenti Oʻktam Abduraimov, 3-sektor rahbari, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Jamaladdin Yusupov, 4-sektor rahbari, tuman Davlat Soliq inspektsiyasi boshligʻi Aydos Seyitov, Amudaryo tumani sportni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi Gʻulom Qurbanbayev hamda Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug orkestr jamaosi ishtirok etishdi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi anʼanaviy karate-do federatsiyasi Prezidenti Oʻktam Abduraimov mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish ijtimoiy siyosatning muhim yoʻnalishlaridan biri etib belgilangani, sport aholi salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni sogʻlom va barkamol etib tarbiyalash orqali jamiyatda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirishga xizmat qilishini aytib oʻtdi.

Shuningdek, sport turli kasalliklar, yoshlar oʻrtasida zararli odatlarning oldini olishga xizmat qilishini, qolaversa sport yuksak madaniyat, vatanparvarlik tuygʻularini shakllantirishda ham muhim oʻrin tutishini taʼkidladi.

Shundan soʻng, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev tumandagi yoshlarning sport sohasida erishayotgan muvaffaqiyatlirini, qoʻlga kiritayotgan gʻalabalarini eʼtirof etdi. Shuningdek, mustaqillik yillarida sportni rivojlantirish sohasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilganini, aholining, ayniqsa, yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratib berilganini, hududlarimizda koʻpgina sport inshootlari va majmualari, oʻyingohlar bunyod etilganini taʼkidlab, chempionat qatnashchilarining barchasiga omad tiladi va chempionatni ochiq deb eʼlon qildi.

Shundan soʻng, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikalarining davlat madhiyalari yangrab, Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug orkestr jamaosining chiqishlari namoyish etildi.

Musobaqada 50 dan ortiq tumanimiz sportchilari hamda Qoʻngʻirot tumanidan tashrif buyurgan oʻsmirlar va qiz bolalar ishtirok etishdi. Musobaqa har bir yosh toifasi boʻyicha olimpiya tizimi asosida oʻtkazildi.

Chempionat yakunida gʻolib boʻlgan sportchilar esdalik sovgʻalari va diplom bilan taqdirlandi. Shuningdek, tumanda sportni rivojlantirishga, ayniqsa, karate-do turining rivojlanishiga munosib hissa qoʻshgan sektor rahbarlariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi anʼanaviy karate-do federatsiyasining tashakkurnomasi tantanali tarzda topshirildi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019