16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 18:13
Fan va taʼlim 👁 231

ShARAFLI KASBDAN KAMOL TOPAYoTGAN YoSh OʻKITUVChI

ShARAFLI KASBDAN KAMOL TOPAYoTGAN  YoSh OʻKITUVChI

Inson oʻsib-ulgʻayish davomi-da ilm, turli hunar, kasb-kor oʻrganib, oʻzligini taniydi. Har biri-mizga oʻzligimizni tanitadigan, harf oʻrgatib, savodimizni chiqaradigan, ilm, kasb-kor, hunar oʻrgatadigan aziz va mukarram zot esa bu – ustozdir.

Ustozlardan puxta saboq olgan, ularga havas qilib, shu sharafli kasbni tanlagan tumandagi 40-sonli maktabning fizika fani oʻqituvchisi Sarvarbek Yaxshimov ham yosh boʻlishiga qaramasdan, bugun oʻzi sevimli muallim, kasbining fido-yisi sifatida elga tanilmoqda. Undan taʼlim olib, fanni mukammal oʻzlashtirgan talay yoshlar hozir nufuzli oliygohlarda taʼlimni davom ettirib, oʻzlari tanlagan kasblarni puxta oʻrganishmoqda.

Sarvarbek 1993-yilda Amudaryo tumanida tugʻilgan. Oʻrta maktabda oʻqib yurgan chogʻlaridanoq aniq fanlarga qiziqa boshladi. Ayniqsa, fizika, astronomiya, matematika va geometriya darslari qanday oʻtib ketganini sezmas, mavzularni ol-dindan oʻzlashtirib, ustozlaridan doim olqish eshitar edi. Maktabni tugatganidan soʻng, u 2013-yilda Qo-raqalpoq Davlat Universitetining fizika-matematika fakultetiga oʻqishga kirdi va 2017-yilda muvaf-faqiyatli tugatib, oliygohning ma-gistratura bosqichida ham taʼlim oldi. Iqtidorli mutaxassis 2017-yildan 40-sonli maktabda fizika fani oʻqituvchisi boʻlib ishlay boshladi.

Maktabdagi ilk ish faoliyatida-noq Sarvarbek oʻz sohasiga yangilik-larni tatbiq etishga intiladigan, faniga ijodiy yondashadigan, oʻquv-chilarga taʼlim-tarbiya berishning yangi yoʻllarini izlab topish borasida tinmay ishlaydigan kasb egasi sifatida koʻzga koʻrina boshladi.

U ilk pedagoglik faoliyatini boshlagan 2017-2018 oʻquv yilidan oʻquvchilarni fanga qiziqtirishning uddasidan chiqdi. Shu yilgi fanlar olimpiadasida fizika fanidan oʻquvchisi M.Shukurullayeva 9-sinf-lar oʻrtasida qatnashdi va tumanda 1-oʻrin gʻolibligini qoʻlga kiritdi.

Sarvarbekdan taʼlim olgan yuqori sinf oʻquvchilari Z.Abdullayeva, F.Ashirboyeva, S.Jabborberganova-lar ham fizika fanidan fanlar olimpiadasida faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi-lar.
Sarvarbek faol oʻqituvchi si-fatida 2019-yilda “Yilning eng yaxshi fan oʻqituvchisi” tanlovida qatnashib, 2-oʻrinni egalladi. Shu yili Ellikqaʼla tumanida boʻlib oʻtgan seminarda oʻzining dars ishlanmasini taqdim qildi va keng jamoatchilik tomonidan alohida eʼtirof etildi.

Yutuqlardan ruhlangan va yanada koʻproq kuch olib, bor kuch-gʻayratini yoshlarga bilim berishga sarf etayotgan S.Yaxshimovdan joriy oʻquv yilida fizika fanidan maktabdan tashqari guruhda taʼlim olgan oʻquvchilardan 45 nafari oliy taʼlim dargohlariga oʻqishga kirishga mu-vaffaq boʻldi.

Oʻqituvchilik – chinakam fidoyilik-ni talab qiladigan kasb. Har qanday sharoitda Vatan, kelajak oldidagi masʼuliyatini sidqidildan ado etishga harakat qilib kelayotgan, mashaqqatlarga qaramay, oʻz kasbiga sodiq qolib, yoshlarga bilim berish uchun bor imkoniyatlarini ishga solayotgan jonkuyar oʻqituvchilar munosib mehnatlari bilan soha rivojini taʼminlaydi va jamiyat taraqqiyotini yanada yuksaltiradi. Elimiz baxtiga mana shunday, sha-rafli kasbidan kamol topayotgan Sarvarbek kabi fidoyi oʻqituvchi-lar doim omon boʻlsin!

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019