16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:39
Siyosat 👁 270

Prezident farmoni ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan muhim vazifalar muhokama etildi

Prezident farmoni ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan muhim vazifalar muhokama etildi

Soʻnggi yillarda mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida misli koʻrilmagan islohotlar amalga oshirildi. Ushbu yangilanishlar va oʻzgarishlar xalqimiz hayotida ham oʻz aksini topmoqda. Oxirgi 6-yil ichida birgina Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks rivojlantirishga doir 31 ta farmon va qarorlar qabul qilindi. Hududda tadbirkorlik subʼektlari soni 2 barobarga ortdi, qariyb 4,5 mingta investitsiya loyihalari ishga tushirildi.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 31-avgust kuni imzolangan “Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal surʼatlarda rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ushbu islohotlarning uzviy davomi sifatida qoraqalpogʻistonliklar hayotida yangi sahifa ochdi.

29-sentyabr kuni tuman hokimligi binosida boʻlib oʻtgan yigʻilishda mazkur farmon ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan muhim vazifalar muhokama qilindi.

Yigʻilishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi oʻrinbosari Atabek Davletov, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri oʻrinbosari Atamurat Shamuratov, sektorlar rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, hududlardagi hokim yordamchilari ishtirok etishdi.

Yigʻilishda Atamurat Shamuratov farmonning mazmun-mohiyati haqida keng turda maʼlumotlar berdi.

Keltirilshicha, yosh tadbirkorlarga ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish uchun zarur asbob-uskunalarni harid qilish maqsadida yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi orqali 7-yil muddatga qarz mablagʻlari taqdim etiladi. Shuningdek, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun 2022-yil yakuniga qadar qoʻshimcha ravishda 200 mlrd.soʻm kredit mablagʻlari ajratiladi.

Yigʻilish davomida tuman Davlat soliq inspektsiyasi boshligʻi Aydos Seyitov Respublika farmon bilan berilgan soliq imtiyozlari haqida batafsil maʼlumot berib, aniq misollar bilan tushuntirib berdi.

Taʼkidlanganidek, 2023-yil 1-yanvardan 2028-yilning 1-yanvarigacha boʻlgan davrda foyda soligʻi stavkasi 15 foizdan 7,5 foizga, aylanma soliq stavkasi esa Nukus shahrida 4 foizdan 2 foizga, tumanlarda 2 foizdan 1 foizga, olis hududlarda esa 1 foizdan 0,5 foizga kamaytiriladi. Undan tashqari, mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha soliq stavkalari 2 barobarga kamaytiriladi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun soliq miqdori yiliga 300 ming soʻmni tashkil etgani tadbirkorlar uchun katta yengillik boʻldi.

Yigʻilishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi oʻrinbosari Atabek Davletov Farmon ijrosini taʼminlash maqsadida har bir deputat oʻzining yillik dasturini ishlab chiqishi, yil davomida oʻz saylov okrugida farmonga muvofiq amalga oshirilgan ishlarni qayd qilib borishi, qolaversa tadbirkorlarga amaliy koʻmak berishi lozimligini aytib oʻtdi.

Shuningdek, har bir deputat oʻz saylov okrugida farmonning mazmun-mohiyatini keng tashviqot qilishi kerakligi, bunda bukletlar, tarqatma materiallardan foydalangan holda ish olib borish yaxshi samara berishi taʼkidlandi. Joʻqorgʻi Kengesning tumandan saylangan deputatlari va tuman Kengashi deputatlari bu borada deputatlik nazoratini oʻrnitishi lozimligi, deputatlik maqomidan foydalanib farmon ijrosini taʼminlashda sustkashlik va loqaydlikka yoʻl qoʻygan korxona-tashkilot masʼullari ustidan shikoyat qilishi mumkinligi eslatib oʻtildi.

 Aytish kerakki, mazkur farmon xalqimiz hayotiga koʻplab yengilliklar, ijobiy oʻzgarishlarni olib keladi. Galdagi vazifa esa aholi orasida, jumladan tumanning olis qishloqlarida yashovchi fuqarolarga tushuntirish-targʻibot ishlarini olib borishdir.

Yigʻilish davomida deputatlar Joʻqorgʻi Kenges Raisi oʻrinbosariga oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, tegishli javoblar oldilar.

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019