16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:39
Siyosat 👁 385

AMUDARYoDA OʻQITUVChI VA MURABBIYLAR KUNI MUNOSABATI BILAN KATTA TADBIR OʻTKAZILDI

AMUDARYoDA OʻQITUVChI VA MURABBIYLAR KUNI MUNOSABATI BILAN KATTA TADBIR OʻTKAZILDI

Mavzuga oid fotoreportaj

Dunyoni ziyo nurlari bilan yoritib kelayotgan oʻqituvchi va murabbiylar katta ehtiromga, eʼtiboru-eʼzozga loyiq boʻlgan moʻʼtabar insonlardir. Kimki bu hayotda biror yutuqqa erishsa, kasbidan kamol topsa, shubhasiz bunda ustozlarning hissasi beqiyos. Shu bois bizga taʼlim-tarbiya bergan, oldida umrbod qarzdor boʻlgan, abadiy hurmatimizdagi bu fidoyi kasb egalarga minnatdorchiligimiz cheksiz.

Yurtimizda ushbu ulugʻ insonlarga yuksak ehtirom koʻrsatish maqsadida har yili 1-oktyabr sanasida Oʻqituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi. Bayram munosabati bilan Amudaryo tumanida ham katta tadbir oʻtkazildi.

“Taʼzim sizga, Ustozlar!” deb nomlangan mazkur tadbir 30-sentyabr kuni tuman Madaniyat markazi kontsert zalida boʻlib oʻtdi.

Bayram tantanasiga tashrif buyurgan aziz mehmonlar – faxriy ustozlar, umumtaʼlim maktablari, maktabgacha taʼlim tashkilotlari, kasb-hunar taʼlimi, maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagog-xodimlari, sport murabbiylarini oʻquvchilar qoʻllarida gullar bilan qarshi oldilar.

Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar madaniyat uyining kirish qismidagi kitoblar, turli fotosuratlar, maketlar, oʻquvchilarning ijodiy ishlari, qoʻl mehnati namunalaridan iborat koʻrgazmalarni tomosha qildilar va 9-, 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻquvchilaridan tashkil qilingan orkestr ijrosidagi kuy-qoʻshiqlarni tingladilar.

Bayram tadbirida tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, sektorlar rahbarlari, Xalq taʼlimi, Maktabgacha taʼlim boʻlimlari masʼullari ishtirok etib, masʼuliyatli va sharafli kasb egalarini bayram bilan muborakbod etdilar. Butun hayotini yosh avlodga bilim va tarbiya berishga, ularni  milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirishga bagʻishlagan, Vatanimizning ertangi kunining  poydevorini yaratayotgan ulugʻ va olijanob kasb egalariga samimiy tilaklar bildirib, sohadagi yutuqlar tilga olib oʻtildi.

Taʼkidlanganidek, yurtimizda soʻnggi yillarda ilm-fan va taʼlim-tarbiya sohasini davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylantirishga qaratilgan, oilada farzand tugʻilganidan boshlab, kamolot yoshiga yetgunga qadar uni har tomonlama qoʻllab-quvvatlaydigan, hayotda munosib oʻrin topishiga xizmat qiladigan yaxlit va uzluksiz tizim yaratildi. Davlatimiz rahbari bu jarayonda inson kapitaliga eʼtiborni yanada kuchaytirish, buning uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etish borasida muhim dastur va loyihalarni amalga oshirmoqda.

Bu kabi islohotlar Amudaryo tumanida ham oʻz aksini topib, ijobiy samaralarini bermoqda. Bunga dalil sifatida sohadagi oʻzgarishlar, yutuqlarni keltirib oʻtish mumkin. Tumanda bundan 5-yil oldin 37 ta bogʻcha faoliyat yuritib, bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish koʻrsatkichi 25,7 foizni tashkil etgan boʻlsa, hozirgi kunda bunday muassasalar soni 123 taga, tizimdagi qamrov darajasi salkam 71 foizga yetdi. Shuningdek, mavjud 85 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarida 38 ming 496 nafar oʻquvchilar sifatli taʼlim-tarbiya olishmoqda. Oʻquvchilarga yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida birgina joriy yilda 55-sonli maktabga 330-oʻrinli, 76-sonli maktabga 360-oʻrinli, 14-, 18-, 36- va 69-sonli maktablarning har biriga 180-oʻrinli qoʻshimcha binolar qurilmoqda.

Prezidentimizning Farmoniga koʻra bayram arafasida taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlardan bir guruhi davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Ushbu Farmonga muvofiq tumanimizdagi 5-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining frantsuz tili fani oʻqituvchisi Gulbahor Saidovaning II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan, 39-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining biologiya fani oʻqituvchisi Saida Muratboyeva esa “Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi”  faxriy unvoni bilan taqdirlangani amudaryolik ustoz va murabbiylarning mehnatlariga berilgan yuksak bahodir.

Tabriklardan soʻng, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev hamda sektorlar rahbarlari taʼlim tizimini rivojlantirishga munosib hissa qoʻshib kelayotgan fidoyi oʻqituvchilarga tantanali ravishda Oʻzbekiston Respublikasi “Xalq taʼlimi fidoyisi”, Oʻzbekiston Respublikasi “Xalq taʼlimi aʼlochisi”, Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishonlarini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining faxriy yorliqlarini hamda tashakkurnomalar, qimmatbaho esdalik sovgʻalarini topshirdilar.

Tadbir davomida sahnaga oʻrnatilgan katta monitor orqali sohadagi ushbu islohotlarning amaldagi samarasi sifatida tumanimiz umumtaʼlim maktablarida yaratilgan zamonaviy sharoitlar va berilgan imkoniyatlardan foydalanib, mashgʻulotlar oʻtayotgan ustozlarning dars jarayonlari, oʻqituvchi va oʻquvchilarning turli tadbirlardagi ishtiroki tasvirlangan lavhalar namoyish etib borildi.

Bayram tantanasiga tuman Madaniyat boʻlimi tomonidan tayyorlangan katta musiqiy dastur yanada fayz kiritdi. Dastur davomida bayram ishtirokchilari tuman Madaniyat boʻlimi xonandalari, toʻgaraklar havaskorlari, 9-, 21-sonli musiqa maktablari, “Barkamol avlod” bolalar maktabi hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari ijrosidagi kuy-qoʻshiqlarni tinglab, dilrabo raqslarni tomosha qilib, madaniy hordiq chiqardilar.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019