16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 18:14
Fan va taʼlim 👁 212

15-sonli maktabda “Mehrijon sayli” oʻtkazildi

15-sonli maktabda “Mehrijon sayli” oʻtkazildi

Yoshlikda olingan bilim ­– toshga oʻyilgan naqsh kabi, deydi donolar. Shuning uchun jajji oʻgʻil-qizlarni boshlangʻich sinflardanoq ilm olish, oʻqish-oʻrganishga qiziqtira olish, ularning koʻnglida kelajakda ulkan salohiyatga ega, ziyoli inson boʻlib voyaga yetishga havas uygʻotish juda muhim.

Shu maʼnoda olib qaraydigan boʻlsak, maktablarning boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilari zimmasidagi masʼuliyat juda salmoqli va sharafli ekanini anglaymiz. Har yili mamlakatimizda umumiy oʻrta taʼlim maktablarida sentyabr oyida boshlangʻich taʼlim fan oyligini oʻtkazish belgilanganligi ham oʻquvchilarning savodxonligini oshirishga qaratilgan.

Avvalo ularga “Bilimlar kuni”, “Mustaqillik saboqlari” mavzularida mustaqillik darslari tashkil etiladi va bu darslar orqali qalbida ona Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat tuygʻulari tarbiyalanadi.

Oylik doirasida oʻtkaziladigan turli tanlovlar, mustaqil fikrlashga yoʻnaltiradigan musobaqalar, davra suhbatlari orqali ularning dunyoqarashi kengaytirilib, oʻzaro hurmat tuygʻulari shakllantiriladi.

Shu yilning 29-sentyabrida Amudaryo tumanidagi 15-sonli maktabda boshlangʻich taʼlim fan oyligiga bagʻishlangan tadbirda ham barcha oʻquvchilarning mustaqil diyorimizda kuz faslining oʻzgacha tarovatini, saxovati haqida, ona zaminimizda yetishtiriladigan mevalar, poliz mahsulotlari haqida ularning yosh avlod vakillari oʻsib ulgʻayishidagi foydalari haqida keng bilimlarga ega boʻlishiga hissa qoʻshildi.

“Mehrijon sayli” tadbirida boshlangʻich sinf oʻquvchilari ishtirok etishdi. Unda maktab direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari Komiljon Masharipov, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Iskandar Iskandarovlar qatnashib, oʻquvchilarga fan oyligi doirasida oʻtkazilgan tadbirlarda faol qatnashganligi uchun minnatdorlik bildirdi va maktab oʻqituvchilar jamoasini 1-oktyabr – kasb bayrami kuni bilan qizgʻin qutladi.

Maktabning boshlangʻich sinf oʻqituvchilari Muqaddam Primmatova, Muhabbat Rahimboyeva, Shirin Safarboyeva, Nilufar Toʻrayeva, Umida Rajabova, Nodira Boltaboyeva, Yulduz Avazmetova, Sevara Sobirovalar hamkorlikda tayyorlagan “Mehrijon sayli”da oʻquvchilar kuz pishiqchilik manzaralari aks etgan sahna koʻrinishlari namoyish etishdi.

Oʻquvchilar kuzning boshqa fasllardan oʻziga xos farqlari, kuzda ona zaminimiz bagʻrida yetiladigan mevalar, sabzavotlar haqida sheʼrlar, topishmoqlar aytdilar.

Maktabning musiqa fani oʻqituvchisi Oʻrinboy Shomurodovning iqtidorli oʻquvchilari Javohir Qadamboyev, Otabek Bobojonovlar ijro etgan qoʻshiqlari ham barchaga xushnudlik baxsh etdi.

Boshlangʻich taʼlim fan oyligi doirasida quyi sinflar oʻquvchilari ishtirokida tayyorlangan “Mehrijon sayli” tadbirida oʻquvchilarga xalqimizning qadimdan kuz faslida nishonlanib kelayotgan “Mehrijon” milliy bayrami haqida koʻpgina maʼlumotlarga ega boʻldilar.

Bayram tadbiri oʻquvchilarni jannatmakon yurtimizni sevishga, ardoqlashga va unga munosib farzandlar boʻlishga ruhlantirdi.

Oygul Rajabova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019