16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:47
Sport 👁 254

Sport maktabi birinchiligida Amudaryo tumani bokschilari faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritishdi

Sport maktabi birinchiligida Amudaryo tumani bokschilari faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritishdi

Mamlakatimizda bolalar sportini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar tufayli sportning olimpiya turlari bilan shugʻullanuvchilar safi yil sayin oshib bormoqda. Bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Besh muhim tashabbus” doirasida oʻtkazilayotgan turli koʻrik-tanlovlar, sport musobaqalari tobora koʻproq yoshlarni qamrab olayotgani fikrimizning yaqqol isbotidir.

Amudaryo tumanida ham oʻsib kelayotgan yosh avlodni jismonan va aqlan yetuk insonlar qilib tarbiyalab, voyaga yetkazish, ularni qiziqish va intilishlari asosida turli xil toʻgaraklarga jalb etish, pirovardida boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga erishish maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar eʼtiborga molik.

Tumanda oʻquvchi-yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun barcha sharoitlar mavjud. Ayniqsa, sportning olimpiya turlari boʻyicha sportchilar uchun yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanayotgan yoshlar mazkur sport turlari boʻyicha sezilarli yutuqlarga erishmoqdalar. Albatta, bunda tuman va respublika miqyosida oʻtkazilayotgan sport musobaqalari muhim ahamiyatga ega.

Joriy yilning 27-30-sentyabr kunlari Amudaryo tumani mezbonlik qilgan boks sporti musobaqalarida ham tumanimizning yosh sportchilari oʻzlarining tengsizligini namoyon etdilar.

Amudaryo tuman Bolalar va oʻsmirlar sport maktabiga qarashli boks sporti zalida oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan sport maktabi ochiq birinchiligi musobaqalarida Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qoʻngʻirot, Nukus, Xoʻjayli, Boʻzatov, Taxiatosh, Beruniy hamda Amudaryo tumanlarining boks jamoalari ishtirok etdilar.

205 nafar charm qoʻlqop ustalari ishtirok etgan mazkur musobaqa uch kun davomida biri-biridan qiziqarli taassurolarga boy, murosasiz va doʻstona bellashuvlar asosida oʻtdi.

20 ta vazn toifasida oʻzaro kuch sinashgan sportchilardan eng kuchlilari yakuniy – final bosqichida bellashdilar. Musobaqani halollik va adolat tamoyillari asosida oʻtkazish maqsadida boks boʻyicha tajribali trener bosh hakam Jasur Nurimbetov rahbarligidagi hakamlar hayʼati tomonidan har bir sportchining kuch va imkoniyatlariga munosib baho berildi.

Qizgʻin bellashuvlar asosida va doʻstona vaziyatda oʻtkazilgan musobaqada amudaryolik charm qoʻlqop ustalari umumjamoa hisobida faxrli 1-oʻrinni egalladilar. Amudaryolik sportchilar 8 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza, jami 16 ta medal bilan musobaqaning yuqori pogʻonasidan joy oldilar.

Musobaqa yakunida gʻolib sportchilar, 1-2-3-oʻrinni egallagan boks jamoalari Amudaryo sport maktabi maʼmuriyati va homiy tashkilotlar tomonidan gʻoliblik diplomlari, medallar va esdalik sovgʻalari, tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Amudaryolik sportchi-yoshlarni erishgan ushbu gʻalabasi bilan chin dildan muborakbod etamiz va kelgusi musobaqalarda ham faol ishtirok etishib, Amudaryo tumani, qolaversa, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda Oʻzbekiston shuhratini olamga yoyib, ona Vatan bayrogʻini baland koʻtarishlarida kuch-qudrat, omad tilaymiz.

Robiya Yoʻldosheva

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019