16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 18:13
Fan va taʼlim 👁 245

65-sonli maktabda boshlangʻich taʼlim fan oyligi yakuniga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi

65-sonli maktabda boshlangʻich taʼlim fan oyligi yakuniga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi

Psixologlarning xulosalariga koʻra, bolaning 5-10 yoshgacha boʻlgan davrida olgan taʼlim-tarbiyasi uning keyingi hayotiga mustahkam asos boʻlar ekan. Shu jihatdan olib qaraganda, boshlangʻich sinflar oʻqituvchilarining bu boradagi faoliyati muhim ahamiyatga ega. Chunki bolaning boshlangʻich taʼlimni nechogʻlik qunt bilan oʻzlashtirishi aynan unga ilk taʼlim bergan, alifboni oʻrgatgan ustozining fidoyiligiga bogʻliq.

Sentyabr oyi umumtaʼlim maktablarida boshlangʻich taʼlim fan oyligi sifatida belgilanishi ham maktabga ilk qadam qoʻygan bolalar bilan oʻqish va yozishni puxta oʻrganish, ilm-irfon sirlarini puxta egallash uchun intilayotgan boshlangʻich sinf oʻquvchilarining alohida qobiliyat va intilishlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilganligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

Amudaryo tumanidagi 65-sonli umumtaʼlim maktabida ham oʻquvchilarning boshlangʻich taʼlim boʻyicha darslar majmuini oʻquvchilarning puxta oʻzlashtirishlarini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratiladi. Shu bois, sentyabr – boshlangʻich taʼlim fan oyligi doirasida 1-2-3-4-sinflar oʻquvchilari oʻrtasida har bir sinfda, avvalo, guruhlararo, keyinchalik sinflararo turli xil mavzularda bahs-munozarali va fikrni charxlovchi bellashuvlar, koʻrik-tanlovlar, ilgʻor oʻqituvchilarning mahorat darslari tashkil etildi. Mahorat darslarida alohida qobiliyatga ega oʻquvchilar aniqlandi va ular ragʻbatlantirib borildi. Bu esa ularning har bir darsni oʻzlashtirishga boʻlgan intilishlarini oshirish imkonini berdi.

Maktabda fan oyligi doirasida biri-biridan qiziqarli tadbirlar tashkil etildi. Sentyabr oyining birinchi haftasida 1-2-sinflar oʻrtasida “Kimning xati chiroyli” tanlovi oʻtkazilib, unda bolalar diktantlar yozishdi. 1-sinf oʻquvchilari ilk oʻrgangan harflar qatorini chiroyli qilib yozishga intilishdi. Eng chiroyli husnixat egalari taqdirlandilar. Shuningdek, 2-4-sinflar oʻquvchilaridan kirish testlari olindi. Test savolariga aniq va toʻgʻri javob bergan oʻquvchilar tengdoshlariga ibrat qilib koʻrsatildi. Tabiiy fanlar boʻyicha 2-sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan “Men izlanuvchiman” koʻrik-tanlovi oʻquvchilarning tashabbus va intilishlari, shaxsiy fikrlarini ifoda etishlarida muhim omil boʻldi.

Fan oyligi davomida sentyabr oyining har bir haftasi oʻquvchilar va boshlangʻich sinflar oʻqituvchilari uchun qiziqarli taassurotlarga boy tarzda oʻtdi. 20-sentyabr kuni fan oyligi doirasida amalga oshirilgan barcha maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar umumlashtirilib, “Men – Oʻzbekiston bunyodkoriman” mavzusida kengaytirilgan adabiy-musiqiy va maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Fan oyligining yakuniga bagʻishlangan mazkur tadbirda 2-a sinf oʻquvchilari “Koʻylagim” raqsini mahorat bilan ijro etishdi. 2-b sinf qizlari ijrosidagi kuy-qoʻshiq va raqslar, 3-sinf oʻquvchilarining “Oʻzbekiston” qoʻshigʻiga raqslari barchaga xushkayfiyat bagʻishladi.

Boshlangʻich taʼlim fan oyligining yakunida 3-va 4-sinflar oʻquvchilarining “Hosil bayramiga” bagʻishlangan tadbiri ham namoyish etilib, inson va tabiatning oʻzaro uygʻunligi koʻrgazmali chiqishlar orqali koʻrsatib berildi.

Xususan, bobodehqonlarimiz tomonidan yetishtirilgan noz-neʼmatlarga alohida-alohida taʼriflar berildi. Mevalar, poliz va sabzavot, dukkakli don ekinlarining inson salomatligi uchun foydalari, shuningdek, milliy boyligimiz – paxtadan olinadigan mahsulotlar va ularning xalq farovonligini taʼminlashdagi ahamiyati haqida oʻquvchilar oʻz fikrlarini bayon etishdi.

Robiya Yoʻldosheva

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019