16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:57
Qishloq xoʻjaligi 👁 304

“ERMANOV OʻROZBOY” FERMER XOʻJALIGIDA YIGʻIM-TERIM AVJIDA

“ERMANOV OʻROZBOY” FERMER XOʻJALIGIDA YIGʻIM-TERIM AVJIDA

Shu kunlarda yurtimizning barcha hududlarida paxta yigʻim-terimi avj pallaga kirgan. Yigʻim-terim jarayonlarida fermer xoʻjaliklari va klaster korxonalari ishchi-xizmatchilari bilan birga qoʻshimcha daromad topish istagidagi ish bilan band boʻlmagan mehnatga layoqatli aholi ham ixtiyoriy ravishda faol ishtirok etib, paxta xirmonlari yuksalishiga munosib hissa qoʻshishmoqda.

Amudaryo tumanidagi Oʻrta qalʼa ovulidagi Gulimbat Ahmedov raislik qilayotgan “Ermanov Oʻrozboy” fermer xoʻjaligida ham 110 gektar yerga mahalliy iqlimga mos, serhosil “Sulton” navli chigit ekilib, astoydil parvarish qilindi. Paxta dalalarida 62 nafar ishchi va pudratchilarning bahor-yoz oylari davomida qilgan tinimsiz va mashaqqatli mehnatlari evaziga moʻl koʻsak yetishtirilib, hosildorlik gektaridan 32 tsentnerga yetkazildi.

Hozirgi kunda terimchilarning gʻayrati bilan kuniga 10-12 tonna paxta terib topshirilmoqda. Mavsum davomida rejada belgilangan 367 tonnalik paxta xirmonini bunyod etishni oʻz oldilariga maqsad qilgan xoʻjalik pudratchilari va koʻngilli terimchilar, ayni kungacha 240 tonnadan ortiq “oq oltin” terib ulgurishdi.

“Ermanov Oʻrozboy” fermer xoʻjaligi hisobida 172 gektar yer maydoni mavjud. Koʻp tarmoqliga aylantirilgan ushbu xoʻjalik yer maydonlarining 110 gektariga paxta ekilgan boʻlsa, 31 gektarida shu kunlarda unib chiqqan bugʻdoy parvarish qilinmoqda. Qolgan qismida esa chorva uchun ozuqabop, sabzavot, poliz ekinlari yetishtiriladi. Xoʻjalikda asalarichilik, chorvachilik va baliqchilik yoʻnalishlari ham tashkil qilingan boʻlib, ayni paytda asalarilar oilasi 32 taga, chorva mollari 15 taga yetdi. Hududda tashkil qilingan koʻlda esa yiliga 4-5 tonna baliq yetishtiriladi.

Fermer xoʻjaligida ikkilamchi ekin ekish ishlariga ham alohida eʼtibor qaratiladi. Jumladan, gʻalladan boʻshagan maydonga kartoshka, sabzavot, dukkakli va ozuqabop ekinlar ekiladi. Turli mevali daraxtlar yetishtirilgan mevazor bogʻda ham hosil toʻkin. Bu esa qoʻshimcha daromad olish imkonini bermoqda.

Paxta hosilini nest-nobud qilmasdan yigʻib olish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Buning uchun hududlardagi kabi tumanimizda ham jiddiy tayyorgarlik koʻrildi va paxta terimiga sentyabr oyi boshlaridanoq qizgʻin kirishildi. Joriy yilda qoʻlda terilgan paxtaning har bir kilogrammi uchun birinchi terimda 1500 soʻmdan, ikkinchi terimda 1800 soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda haq toʻlanishi belgilangani esa terim surʼatini oshirishda asosiy omil boʻlib xizmat qilmoqda.

Yigʻim-terim tobora qizgʻin tusga kirayotgan ayni paytda dala mehnatkashlari uchun qulay ish va dam olish sharoiti yaratilgani “Ermanov Oʻrozboy” fermer xoʻjaligi terimchilariga ham gʻanimat kunlardan unumli foydalanishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Terimchi, ishchi va hasharchilarga har kuni tushlik mahali issiq ovqat, choy beriladi. Terim pullarining oʻz vaqtida berib borilayotgani, ilgʻor terimchilarga ragʻbat sifatida taqdim etilayotgan turli sovgʻalar ularning gʻayratiga gʻayrat qoʻshmoqda. Xoʻjalik ishchilari daladagi moʻl hosilni qoldirmasdan terib, belgilangan rejadan ziyod paxta topshirish, koʻproq daromad topish maqsadida yanada jadal harakat qilishmoqda.

Yurtimizda paxta xirmonining yuksalishiga hissa qoʻshish oilaga foyda, roʻzgʻorga baraka keltiradigan daromad manbaiga aylanib bormoqda. Paxta yigʻim-terimida faol ishtirok etib, turli sovgʻalarga ega boʻlayotgan, mablagʻ topib, roʻzgʻoriga baraka kiritayotgan terimchilar buni oʻz hayotlarida yaqqol his etishmoqda.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019