18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 06:04
Jamiyat 👁 386

OʻRTA QALʼA OVULIDA “KEKSALAR HAFTALIGI” DOIRASIDA QATOR TADBIRLAR OʻTKAZILDI

OʻRTA QALʼA OVULIDA “KEKSALAR HAFTALIGI” DOIRASIDA QATOR TADBIRLAR OʻTKAZILDI

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentyabrdagi “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi oʻrni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga asosan har yili oktyabr oyining birinchi haftasida butun mamlakatimiz miqyosida “Keksalar haftaligi”ni oʻtkazish belgilangan.

“Keksalarni eʼzozlash, ularga hurmat-ehtirom koʻrsatish xalqimizga xos ezgu fazilat” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan “Keksalar haftaligi” Amudaryo tumanida ham koʻtarinki ruhda oʻtkazildi.

6-oktyabr kuni tumanning Oʻrta qalʼa ovuli hududida yashovchi keksa avlod vakillari – nuroniy otaxon va onaxonlar oʻz farzandlari bilan birgalikda 5 ming qadam dasturi doirasida ertalabki badantarbiya mashqlarini bajarishdi.

Tadbirda nuroniy keksalar bilan birga ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida yoshlarning ham faol ishtirok etayotgani nuroniy otaxon va onaxonlarga ruhiy koʻtarinkilik bagʻishladi.

Ayniqsa, butun Oʻrta qalʼaliklarning hurmatli otaxoni Yoʻldosh boboning bu kabi tadbirlar nafaqat keksalar salomatligini mustahkamlash, balki qalblarda oʻzaro hurmat, eʼtibor va ehtirom tuygʻularini uygʻotishga xizmat qilishi haqidagi fikrlari tonggi badan tarbiya mashgʻulotlari ishtirokchilarini yanada ruhlantirib yubordi.

Aytish kerakki, tumanda mazkur haftalik doirasidagi ijtimoiy-maʼrifiy tadbirlarni keksa avlod vakillariga nisbatan hurmat-ehtirom, mehr-muruvvat va saxovat tamoyillari asosida oʻtkazish maqsadida Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldashev boshchiligida majlis oʻtkazilib, zarur topshiriqlar berildi.

Tumanda oʻtkaziladigan ijtimoiy va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, belgilangan jadval asosida barcha ovul va mahallalarda, jamoat tashkilotlarida nuroniylar holidan xabar olish, ularni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash, hurmat-ehtirom koʻrsatish maqsadida qator tadbirlar oʻtkazildi. Haftalik doirasidagi tadbirlarning “mahallabay” amalga oshirilishi yakka-yolgʻiz, oʻzgalar parvarishiga, mehr-muruvvatiga muhtoj insonlar qalbiga quvonch bagʻishlamoqda.

Oʻrta qalʼa ovul fuqarolar yigʻini xodimlari ham oylik doirasida qator tadbirlarni tashkil qilishdi. Ovul nuroniylarining tumanimizdagi tarixiy-oʻlkashunoslik muzeyiga sayohati ham shular jumlasidandir.

Bu muzey nafaqat amu elining, balki butun qoraqalpoq xalqining buyuk va betakror tarixi haqidagi manbalarga ega boʻlgan, olis oʻtmishga sayohat qildiruvchi maskanga aylandi. Bugungi kunda ushbu maskanga faqat tumanimizdangina emas, Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyuruvchilar soni ortmoqda.

Sayohat davomida ovul nuroniylari tumanimiz tarixi, ota-bobolarimizning hayot tarzi bilan yaqindan tanishdilar. Muzey rahbari Shavkat Chorshamov har bir eksponatning tarixi haqida maʼlumotlar berdi.

Aytish kerakki, “Keksalar haftaligi” doirasida Oʻrta qaʼla ovul fuqarolar yigʻini masʼullari ovulga biriktirilgan shifokorlar bilan birgalikda yakka-yolgʻiz, nogironligi, bor keksalarning xonadonlarida boʻlishib, ularning yashash sharoitlari, sogʻligini koʻzdan kechirishdi, muammolarini oʻrganib, ijobiy hal etish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqishdi.

Ovulning Nonvoyqalʼa mavzesida yashovchi 1934-yilda tugʻilgan Tursun momo Tojimurodova umr boʻyi oʻz fidoyi mehnati bilan el-yurt farovonligiga munosib hissa qoʻshgan onaxonlardan biridir. “Keksalar haftaligi” doirasida ovul masʼullari Tursun momo Tajimurodovaning xonadonida boʻlishdi va momoning sogʻligi shifokorlar koʻrigidan oʻtkazildi.

Haftalik doirasidagi bu kabi mehr-muruvvat, keksa avlodga ehtirom koʻrsatish tadbirlari deyarli har kuni amalga oshirildi.

“Keksalar haftaligi” doirasida amalga oshirilayotgan barcha tadbirlarda ovulda istiqomat qiluvchi mehnat faxriylari, keksalar va shu barobarida yoshlar ham faol ishtirok etishdilar.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026