16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:43
Siyosat 👁 345

Deputatlar jamiyat hayotida faol ishtirok etishmoqda

Deputatlar jamiyat hayotida faol ishtirok etishmoqda

Ayni kunlarda butun mamlakatimiz boʻylab paxta yigʻim-terimi qizgʻin davom etmoqda. Mavsum davomida terimchilar astoyidil mehnat qilib, oilaviy byudjetiga hamda yurtimiz iqtisodiyoti rivojiga oʻz hissalarini qoʻshib kelmoqdalar.

Paxta mavsumi davomida majburiy mehnatga va bolalar mehnatiga yoʻl qoʻymaslik, terimchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishiga alohida ahamiyat berilmoqda. Har kuni terimchilar uchun dala boshida issiq ovqat va choy tashkil etilib, terim pullari oʻz vaqtida berib borilmoqda. Shuningdek, ilgʻor terimchilar sektor rahbarlari, masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Amudaryotex” xorijiy korxonasi masʼullari tomonidan ragʻbatlantirilmoqda.

Kuzning goh issiq, goh sovuq ob-havosiga qaramasdan mehnat qilayotgan terimchilarga yordam berish maqsadida koʻngilli ravishda deputatlar, korxona-tashkilot masʼullari ham hasharlar tashkil etishmoqda.

Mana shunday hasharlarning yana biri 7-oktyabr kuni Amudaryo tumanining Choykoʻl ovuli hududida joylashgan Arslan Maxsudov rahbarlik qilayotgan fermer xoʻjaligining paxta dalalarida boʻlib oʻtdi.

Hasharda tumandan saylangan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatlari, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, siyosiy partiyalarning tuman Kengashi rahbarlari ishtirok etishdi.

Dalalarda oppoq boʻlib ochilgan paxtani terishning ham oʻzgacha zavqi bor. Paxta qut-baraka ramzi, moʻl daromad manbaidir. Buni chuqur anglagan yurtdoshlarimiz bugun dalaga oshiqishmoqda, peshona teri bilan “oq oltin” xirmonlarining yuksalishiga munosib hissa qoʻshishmoqda.

Shu kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Xonimjon Rajabova, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati Sanobar Xoʻjamuratova hamda tuman Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi qoshida tashkil etilgan “Buvijonlar maktabi”, tuman Oila va xotin-qizlar boʻlimi qoshida tashkil etilgan “Oqila ayollar” harakati aʼzolari Xizir eli mahallasi hududida joylashgan 46-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining 10-11-sinf oʻquvchi qizlari bilan uchrashib, davra suhbati tashkil etishdi.

Davra suhbatida tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori Xonimjon Rajabova qizlarni uy-roʻzgʻor ishlariga oʻrgatish, qizlarning ota-ona, aka-uka oldidagi vazifalari qanday boʻlishi lozimligi haqida oʻz nasihatlarini berib oʻtdi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati Sanobar Xoʻjamuratova esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgust kungi “Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnalogiyalar va infratuzilmalarni jadal surʼatlarda rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari” toʻgʻrisidagi farmonining mazmun-mohiyatini batafsil tushuntirib berdi.

Davra suhbati davomida soʻzga chiqqanlar buguni kunda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar haqida gapirib, yoshlarni yanada shijoat bilan bilim olishga, olgʻa intilishga undashdi.

 Shuningdek, qizlarga vaqtdan unumli foydalanib, kasb-hunar egallash, Oliy oʻquv yurtlariga kirish uchun astoyidil harakat qilishlari lozimligi aytib oʻtildi. Davra suhbati davomida oʻquvchi qizlar soʻzga chiqib, uchrashuvdan olgan taassurotlari haqida gapirdilar.

Shundan soʻng, masʼullar Xizir eli mahallasida uzoq yillar davomida yosh avlodga taʼlim va tarbiya berib nafaqaga chiqqan 5 nafar oʻqituvchining holidan xabar olishdi. Ularga esdalik sovgʻalarini topshirishdi.

Yaqindagina nishonlangan Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bayrami munosabati bilan “Keksalar haftaligi” doirasida oʻtkazilgan mazkur uchrashuvlar taʼlim faxriylariga katta quvonch bagʻishladi. Mehmonlar faxriy oʻqituvchilarning uzoq yillar davomida qilgan mehnatlarini eʼtirof etib, bugun ham yosh avlod tarbiyasida ularning pandu nasihatlari, hayotiy yoʻl-yoʻriqlari muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladilar.

Shuningdek, masʼullar Rajabov Omon fermer xoʻjaligining paxta dalalarida mehnat qilayotgan ilgʻor terimchilar bilan ham uchrashib, ularga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Mazkur hududdan saylangan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati Sanobar Xoʻjamurodova terimchilar bilan muloqot qilib, yurtimizda qishloq xoʻjaligiga bozor mexanizmlarining joriy qilingani, paxta-toʻqimachilik klasterlarini tashkil qilish orqali fermerlarning manfaatdorligi oshgani, terim pullarining koʻpayganini taʼkidlab oʻtdi. Natijada majburiy mehnat, ayniqsa bolalar mehnatining har qanday shakllariga barham berilib, aholi moddiy manfaatdorlik uchun paxta yigʻim-terimida ishtirok etayogani eʼtirof etildi.

Deputatlar dala boshida terimchilarga issiq ovqat va choy tashkil etilib, terim pullari oʻz vaqtida hisob-kitob qilinayotganligining guvohi boʻldilar hamda ilgʻor terimchlarga esdalik sovgʻalarini topshirdilar.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019