16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:43
Siyosat 👁 363

Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldashev va bir qator tuman faollari xalqaro tashkilotning esdalik nishonlari bilan taqdirlandi

Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldashev va bir qator tuman faollari xalqaro tashkilotning esdalik nishonlari bilan taqdirlandi

12-oktyabr kuni Amudaryo tumaniga “Amir Temur” xalqaro xayriya jamoat fondi ijrochi direktori, fondning Namangan viloyati muassasasi raisi Sohiba Aʼzamova boshchiligidagi bir guruh jamoat tashkiloti vakillari tashrif buyurdi.

Amudaryo tumani hokimligida jamoat tashkilotlari masʼullari ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilishda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev va bir guruh nuroniylar, turli sohalar vakillari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev soʻzga chiqib, mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan tub islohotlar, ularning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, xususan Amudaryo tumani aholisi hayotida oʻz aksini topayotgani, xalqimiz turmush sifati kun sayin yaxshilanayotgani haqida gapirdi.

“Amir Temur” xalqaro xayriya jamoat fondi ijrochi direktori Sohiba Aʼzamova oʻz nutqida Qoraqalpogʻistonda keyingi yillarda amalga oshirilgan qurilish va bunyodkorlik ishlari, iqtisodiyot rivojiga amudaryoliklarning qoʻshayotgan hissasi haqida toʻxtalib oʻtdi. Jamiyat taraqqiyoti va xalq farovonligiga davlat organlari, xususiy sektor qatorida nodavlat notijorat tashkilotlari ham faol hissa qoʻshib kelayotgani qayd etildi.

Xususan, buyuk davlat arbobi Amir Temurning ijtimoiy-siyosiy merosini, madaniyat va maʼnaviyat taraqqiyotiga qoʻshgan ulkan hissasini chuqur oʻrganish, yosh avlodda milliy iftixor va mustaqil Vatanimiz oʻtmishiga hurmat, kelajagiga ishonch tuygʻularini shakllantirish maqsadida tashkil qilingan “Amir Temur” xalqaro xayriya jamoat fondi ham bu borada izchil ishlarni amalga oshirib kelayotgani eʼtirof etildi.

Taniqli davlat arbobi va sarkarda Amir Temurning jahon madaniyati tarixiga qoʻshgan hissasini oʻrganish va targʻib qilish, uning nomi bilan bogʻliq nodir meʼmoriy yodgorliklarni tiklash, taʼmirlash va asrashga yordam berish, shu ishlarga munosib hissa qoʻshib kelayotgan fidoyilarni ragʻbatlantirish maqsadida “Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi” esdalik nishoni taʼsis etilgan.

Tadbirda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yosh avlodni har tomonlama komil insonlar qilib tarbiyalash ishlariga qoʻshayotgan hissasi uchun tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev “Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi” esdalik nishoni bilan mukofotlandi.

Shuningdek, fond ijrochi direktori Ichki ishlar organlari faxriysi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabovga ham “Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi” esdalik nishonini tantanali ravishda topshirdi.

Fond tomonidan, shuningdek “Berdaq Qargʻabay uli” xalqaro esdalik nishoni ham taʼsis etilgan. Oʻzbek va qoraqalpoq xalqlari orasidagi azaliy doʻstlik va birodarlik rishtalarini mustahkamlashga, qoraqalpoq adabiyotini yanada rivojlantirish va yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish ishlariga hissa qoʻshayotgan yurtdoshlarimiz ushbu esdalik nishoni bilan taqdirlanadi.

Amudaryo tumani tarixiy-oʻlkashunoslik muzeyi rahbari, taʼlim faxriysi Shavkat Charshamov, Amudaryo tumani “Nuroniylar” jamoatchilik Kengashi raisining oʻrinbosari Bekman ota Allaberganov, tadbirkor Shuhrat Matkarimovlar ham ushbu esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Biz ham oʻz navbatida mukofot sohiblarini qutlab, ularning Vatan taraqqiyoti va xalq farovonligi, davlat va jamiyat ravnaqi hamda yosh avlod kamoloti yoʻlidagi faoliyatida omad va zafarlar yor boʻlishini tilaymiz.

Tuman hokimligining axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019