16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:55
Qishloq xoʻjaligi 👁 308

SUV TEJOVChI TEXNOLOGIYaLARNI QOʻLLAShGA OID KOʻRGAZMALI SEMINAR OʻTKAZILDI

SUV TEJOVChI TEXNOLOGIYaLARNI QOʻLLAShGA OID KOʻRGAZMALI SEMINAR OʻTKAZILDI

Keyingi yillarda mamlakatimizda qishloq xoʻjaligi yerlarining samaradorligini oshirishda suv tejovchi texnologiyalardan foydalanishga, suv taqchilligi sharoitida ham koʻzlanganiday hosil olishga eʼtibor kuchaymoqda. Maʼlumki odatda sugʻoriladigan maydonlarga suv yetkazib berish va taʼminlashda ancha yoʻqotishlar sodir boʻlar edi. Chunki, suv yetkazib beruvchi tarmoqlarning aksar qismi beton qoplamaga ega emas. Shu boisdan ham qishloq xoʻjaligi ekinlari ekiladigan maydonlarda anʼnaviy sugʻorish usulidan voz kechib, suv tejovchi texnologiyalardan foydalanish bugungi kunning talabidir.

Butun respublikamizda boʻlgani kabi ushbu texnologiyalar Amudaryo tumani qishloq xoʻjaligiga ham keng joriy etilmoqda. Oʻtgan yili jami 3800 gektar ekin maydoni ana shunday usulda sugʻorildi. Shundan 3730 gektari tomchilatib sugʻorish, 30 gektari yomgʻirlatib sugʻorish, 40 gektari esa diskret sugʻorish texnologiyalari asosida sugʻorildi.

Joriy qishloq xoʻjalik yilida jami 2630 gektar ekin maydonida, shundan 2340 gektarida tomchilatib, 250 gektarida yomgʻirlatib, 40 gektarida diskretli sugʻorish tizimidan foydalanildi.

Bunda suv isrof boʻlishining oldi oldinishi dehqonlar uchun ayni muddao boʻlayotir. Shuningdek, anʼanaviy sugʻorish usulidagidan ekinlar hosildorligi sezilarli olmoqda. 145 gektar gʻalla maydonlarini yomgʻirlatib sugʻorish ishlari bank krediti mablagʻi hisobiga moliyalashtirildi.

13-oktyabr kuni Amudaryo tumanining Toʻlqin ovulidagi 2023-yil hosili uchun ekilgan gʻalla maydonida tuman Irrigatsiya boʻlimi tashabbusi bilan gʻalla maydonini egaluvchan quvurlar yordamida sugʻorishni joriy etishga bagʻishlangan koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi. Tadbirda tuman qishloq xoʻjaligiga masʼullari, fermer xoʻjaliklar rahbarlari, gʻallachilik klasterlari rahbarlari ishtirok etdilar.

Seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi masʼullari, Amudaryo tumani hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Islom Matkarimov va egiluvchan quvurlar yordamida sugʻorish texnologiyasini ishlab chiqaruvchi “GREN BELT FERGANA” masʼuliyati cheklangan jamiyati korxonasi xodimi Sanjar Muxtarovlar tomonidan gʻalla maydonlarida hamda boshqa ekin maydonlarda egiluvchan quvurlar orqali sugʻorishning afzalliklari batafsil tushuntirildi.

Shunisi eʼtiborliki, 2023 qishloq xoʻjalik yilida suv tejaydigan texnologiyalar yordamida sugʻoriladigan ekin maydonlari 3240 gektarga yetkaziladi. Shundan 1900 gektar paxta, 175 gektar bogʻ, 200 gektar uzumzor, 600 gektar boshqa ekinlar tomchilatib, 190 gektar gʻalla maydonlari, 10 gektar sabzavot, 5 gektar ozuqabop ekinlar yomgʻirlatib, 150 gektar ekin maydonlari diskretli sugʻorish texnologiyasi orqali, 800 gektari esa egiluvchan quvurlar orqali sugʻorilishi rejashtirilgan.

Aytish kerakki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-mart kungi “Qishloq xoʻjaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratilishi belgilangan.

Tadbirda shu haqda ham batafsil maʼlumotlar berildi va ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019