16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:18
Sport 👁 276

“BESh TAShABBUS OLIMPIADASI” DOIRASIDA STOL TENNISI MUSOBAQALARI OʻTKAZILDI

“BESh TAShABBUS OLIMPIADASI” DOIRASIDA STOL TENNISI MUSOBAQALARI OʻTKAZILDI

Yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, uyushmagan yoshlarni turli koʻngilochar tadbirlarga qamrab olish maqsadida vatanparvarlik, oʻzaro ahillik va bagʻrikenglik tamoyillariga asoslangan sport musobaqalarini tashkil etish orqali ularda oʻziga va kelajakka yuksak ishonch tuygʻularini uygʻotish maqsadida madaniyat, sanʼat, sport, kitobxonlik, axborot texnologiyalari kabi yoʻnalishlarni oʻzida mujassam etgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi tadbirlar mamlakatimiz boʻylab keng miqyosda oʻtkazilmoqda.

Joriy yilning 13-oktyabr sanasida Amudaryo tumanining 1-sektor hududidagi 1-sonli kasb-hunar maktabi sport zalida boʻlib oʻtgan sportning stol tennisi yoʻnalishidagi musobaqalar ham turli yosh toifasidagi oʻsmirlar va yoshlarni birlashtirgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oʻzaro ahillik, bagʻrikenglik va doʻstona vaziyatda oʻtkazilgan mazkur musobaqaning sektor bosqichida 1-sektor hududidagi barcha ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlaridan jami 96 nafar, 11 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan stol tennisi boʻyicha sportchilar ishtirok etishdi. Musobaqa ishtirokchilarining 48 nafari ayol-qizlar boʻlib, ularning faol qatnashishlarini taʼminlash maqsadida tashkilotchilar tomonidan zarur shart-sharoitlar yaratildi.

Doʻstona, samimiy ruhda, qizgʻin bellashuvlar asosida boʻlib oʻtgan musobaqalar yakuniga koʻra, 11-15 yosh toifasidagi oʻsmir oʻgʻil bolalar va qizlar oʻrtasida Ogʻabek Qoʻchqorov va Nigora Boltaboyevalar 1-oʻrinni, Rinat Nazarimbetov, Mashhura Sobirova 2-oʻrinni, Azizbek Xolimbetov, Shahlo Yoʻldoshevalar 3-oʻrinni egallashdi.

Shuningdek, 16-21 yosh toifasidagi sportchilar oʻrtasidagi gʻoliblik uchun kurash ham qizgʻin oʻtdi. Unga koʻra, Nodirbek Maxsudov, Sevinch Oʻrozimbetovalar faxrli 1-oʻrin, Sardor Yoʻldoshev, Sevinch Rajabova 2-oʻrin, Javohir Aminov va Dinora Hayitboyevalar 3-oʻrin sohiblari boʻlishdi.

Musobaqada 22-26 va 27-30 yoshli raketka ustalari oʻrtasidagi bahslar yanada hayajonli daqiqalarga boy boʻldi. Unga koʻra, Javlonbek Gulmirzayev, Iroda Nurullayeva, Temur Ismoilov hamda Gulnoza Qurbonboyevalar oʻz yosh toifalarida faxrli 1-oʻrinni egallashib, musobaqaning yuqori pogʻonasidan joy oldilar.

Choykoʻl ovulidan Sanjar Davlatboyev, Uyshin mahallasidan Adolat Tursunboyeva, Daryoboʻyi mahallasidan Sherzod Ismoilov, Qipchoq ovulidan Muxlisa Jumamurodovalar oʻz yosh toifalari boʻyicha ikkinchi, Beshtom mahallasidan Gavhar Durdiboyeva, Oybek nomli mahalladan Doniyor Ibragimov, Beshtom mahallasidan Gulshirin Jumamurodova, Toʻlqin ovulidan Shahzod Soatboyevlar esa uchinchi oʻrinni egallashdi.

Musobaqa yakunida oʻz yosh toifalarida faxrli 1-oʻrinni egallagan 8 nafar sportchi-yoshlarga Besh tashabbus olimpiadasi doirasidagi musobaqaning tuman bosqichida ishtirok etishlari uchun yoʻllanmalar berildi.

Mazkur musobaqaning Amudaryo tumani gʻolibligi uchun musobaqalarda toʻrtta sektor bosqichining faol ishtirokchilari boʻlgan gʻolib sportchilar tuman birinchiligini qoʻlga kiritish uchun oʻzaro kuch sinashadilar. Tuman bosqichi yanada qizgʻin bahslarga boy boʻlishi tabiiy. Chunki unda toʻrtta sektorlar boʻyicha gʻoliblikka erishgan eng kuchli, qolaversa, zarur tayyorgarlik bosqichidan oʻtgan sportchilar oʻzaro bellashadilar.

Tumanimizning raketka ustalariga galdagi musobaqalarda omad yor boʻlishini tilaymiz.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019