16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 18:13
Fan va taʼlim 👁 253

INShOLAR TANLOVI GʻOLIBLARI TAQDIRLANDI

INShOLAR TANLOVI GʻOLIBLARI TAQDIRLANDI

Oʻquvchi-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning maʼnaviy, estetik, axloqiy dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini turli xil yot gʻoyalar taʼsiridan himoya qilish hamda yurtimizning chinakam fidoyilari etib tarbiyalash bugungi kunning eng dolzarb vazifasidir. Chunki yoshlar ertagi kunimizning egalaridir. Shu boisdan ularning intillekual va ijodiy salohiyatini yuksaltirish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik tuygʻularini tarbiyalash juda muhim.

Yaqinda tumanimiz maktablarining 9-11-sinflari oʻquvchilari oʻrtasida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Amudaryo tuman boʻlinmasi, tuman Xalq taʼlimi boʻlimi va “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti hamkorligida 15-oktyabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan “Mening qishlogʻim”, “Mening onam – qishlogʻim fayzi” mavzularida oʻtkazilgan insholar tanlovi ham shu maqsadga xizmat qiladi.

Insholar tanlovida tumanimizdagi 85 ta maktablarning 9-11-sinflarida taʼlim olayotgan iqtidorli oʻgʻil-qizlar ishtirok etdilar.

Shuni alohida eʼtirof etish, joizki, bugungi kun yoshlarining dunyoqarashi keng. Taʼlim muassasalarida ularning zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanishlari, bilimlarini oshirishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Internet kutubxonalar, maktabdagi kutubxonalardagi mavjud nodir adabiyotlarni mutolaa qilish oʻquvchilarning ijodiy qobiliyatini yuksaltirishga xizmat qilayotir. Buni tumanimizda badiiy ijod bilan shugʻullanayotgan oʻquvchilar soni ortib, bir qancha oʻquvchilarning kitoblari nashrdan chiqayotganida ham yaqqol koʻrish mumkin. Tumanimizda tashkil etilgan nashriyot yoshlarning ijod mahsulini chop etishga tayyorlashga ulkan hissa qoʻshayotir. Shuningdek, “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti ijodkor yoshlarni qoʻllab-quvvatlab, ularning oʻzligini namoyon etishlariga sharoit yaratmoqda.

“Xalqaro qishloq ayollari kuni” munosabati bilan hamkor tashkilotlarning birgalikda oʻtkazgan tanlovi ham ijodkor oʻquvchilarning iqtidorlarini sinovdan oʻtkazishga bir minbar boʻldi, deyish mumkin.

Tanlovga taqdim etilgan insholarning tahlili ularning mavzu yuzasidan mustaqil va erkin fikrlari borligini koʻrsatdi.

Hakamlar hayʼati qaroriga koʻra tanlovda uchinchi oʻrinni 39-sonli maktabning 9-sinf oʻquvchisi Sevinch Bozorboyeva, ikkinchi oʻrinni 84-sonli maktabning 11-sinf oʻquvchisi Mardona Rahimboyeva, birinchi oʻrinni esa 73-sonli maktabning 11-sinf oʻquvchisi Komila Gulimmatovalar egalladilar. Shuningdek, 27-, 18-, 5-, 2-, 69- va 85-sonli maktablar oʻquvchilari turli nominatsiyalar boʻyicha ragʻbatlantirildi.

Tanlov gʻoliblari Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi tomonidan ragʻbatlantirildi.

Insholar tanlovi tumanimiz maktablarida taʼlim olayotgan oʻquvchi-yoshlarning ijodiy qobiliyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019