16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:46
Jamiyat 👁 340

TUMANIMIZNING IQTIDORLI, UMIDLI QIZI

TUMANIMIZNING IQTIDORLI,  UMIDLI QIZI

Yoshligidanoq koʻpgina yutuqlarga erishayotganlar haqida eshitsak, yo oʻqisak, havas qilamiz-u biroq  oʻsha yutuqlar nechogʻlik intilishlar, mehnatlar evaziga qoʻlga kiritilganini oʻylab koʻrmaymiz. Hayotga teran nazar solsak, yurtimizda yoshlarning oʻqib-izlanishlari, koʻzlagan maqsad-rejalariga erishishi uchun yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalangan oʻgʻil-qizlar havas qilgulik muvaffaqiyatlarga erishayotganiga har qadamda guvoh boʻlamiz.

Bosuv mahallasida istiqomat qiluvchi Anvar Kamolov va Malohat Qurbonboyevalar oilasidagi ikkinchi farzand Sohiba Toʻraboyevaning maktabga ilk qadam qoʻygan davridanoq ilm olishga, oʻrganishga intilishi  kuchli edi. Ayniqsa, yuqori sinflarga oʻtgani sayin til oʻrganishga qiziqishi kuchli ekanini sezgan ingliz tili fani oʻqituvchisi Muhabbat Bobojonova unga darsdan tashqari ham saboqlar bera boshladi. Natijalar  esa quvonarli boʻldi. Sohiba  asosiy fan olimpiadalarida, turli koʻrik-tanlovlarda, insholar tanlovlarida faol qatnashib, faxrli oʻrinlarni egalladi. 2021-2022 oʻquv yilida esa asosiy fanlar olimpiadasida ingliz tili fanidan qatnashib, tumanda birinchi, Qoraqalpogʻiston bosqichida sovrinli oʻrinni egallagani uning oʻziga boʻlgan ishonchini oshirdi. Boʻsh vaqtlarida  mahoratli ingliz tili fani oʻqituvchisi Nurbek Jumaniyozovning ham mashgʻulotlariga qatnab, bilimlarini oshirdi. Natijada Sohiba 2022-yilda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi DTM tomonidan tashkil etilgan sinovlarda qatnashib, ingliz tilini bilish darajasi toʻgʻrisidagi maxsus V2 milliy sertifikatini olishga muvaffaq boʻldi.

Maktabni muvaffaqiyatli tugatgan Sohiba Oʻzbekiston Milliy universitetining ingliz filologiyasi fakultetiga hujjat topshirdi va sertifikati evaziga test sinovlarida ingliz tili blogidan maksimal 93 ballni tanlovsiz oldi. Jami 181,5 ball toʻplab, davlat granti asosida talabalikka qabul qilindi. Bu uning ota-onasi, yaqinlarini, maktabda taʼlim bergan ustozlarini juda quvontirdi.

Sohiba hozirgi kunda Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalari safida ilm olishda davom etmoqda.

Yoshlik gʻayrat-shijoati ila  intilish – shubhasiz, yangi-yangi muvaffaqiyatlarga yoʻl ochadi. Ingliz tili muallimasi boʻlib, oʻquvchilarga shu tilni chuqur oʻrgatishdek orzulari yoʻlida ilm olayotgan tumanimizning umidli qizi Sohiba Toʻraboyevani 11-oktyabr – Xalqaro qizlar kuni bilan qutlab, hayot yoʻllaring oydin boʻlaversin, deb qolamiz.

Sevara ISMOILOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019