16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 18:12
Fan va taʼlim 👁 290

83-sonli maktabda Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan tadbirlar oʻtkazildi

83-sonli maktabda Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan tadbirlar oʻtkazildi

Til – millat koʻzgusi. Har qanday millatning hayoti uning ona tilida ham yaqqol namoyon boʻladi. Sobiq ittifoq davrida xalqimizning huquq va  shaʼni, erki toptalgani ona tilimizga qilingan kamsitishlarda ham aks etgani hali koʻpchikning yodida: oʻz ona tilimiz naqadar boy, jozibador va aziz boʻlsa-da, Oʻzbekistonda barcha hujjatlar rus tilida yozilar edi.

Oʻzligimiz, gʻururimiz, shaʼnimiz hisoblangan  ona tilimizga davlat tili maqomi berilgani xalqimizning mustaqillik sari qoʻygan ilk qadami boʻldi.

1989-yil 21-oktyabrda Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinishi xalqimizning koʻp yillik orzulari roʻyobi boʻldi. Chunki Qonun ona tilimizning bor goʻzalligi va jozibasini toʻla namoyon etishi bilan birga, uni ilmiy asosda rivojlantirishga ham keng imkoniyatlar yaratdi.

Oʻtgan davr mobaynida ona tilimiz nufuzi oshdi, globallashuv jarayoniga mos yangi atamalar bilan boyidi. 2020-yil 10-aprelda Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbek tili bayrami kunini belgilash toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan esa har yili  21-oktyabr “Oʻzbek tili bayrami kuni” sifatida ulkan tantana qilinmoqda.

Sana butun mamlakatimizda boʻlgani kabi Amudaryo tumanida ham keng nishonlanmoqda. 83-sonli maktabda ham Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan oktyabr oyi – ona tili va adabiyot fan oyligi doirasida koʻpgina tadbirlar oʻtkazilmoqda. Xususan, “Ona tilim - iftixorim” mavzusida sinflar kesimida insholar tanlovi, sheʼrxonlik kechalari, “Ona tilida kim xatosiz yozadi” nomli diktantlar tanlovi oʻtkazildi.

Maktabning tajribali ona tili va adabiyot oʻqituvchilarining ochiq darslari tashkil etilib, ularda maktabning yosh pedagoglaridan tashqari oʻquvchilarning ota-onalari ham ishtirok etishib, farzandlarining oʻz ona tilini qay darajada oʻrganayotganliklariga guvoh boʻldilar.

19-oktyabr kuni boʻlib oʻtgan “Til – millat iftixori” deb nomlangan adabiy kechada maktabning 6- va 8-sinflari oʻquvchilari ishtirok etishdi. Tadbirni ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari Gulandom Shomurodova, Muqaddas Allaberganova, Nilufar Ortiqova, Farida Eshchanovalar tashkillashtirdilar.

Dastlab mavzu yuzasidan qiziqarli maʼruza oʻqilgach, oʻquvchilar ona tilimizni madh etuvchi sheʼrlar, qoʻshiqlar ijro etishdi. Oʻzbek tilida ijod qilib, uning boy imkoniyatlari va jozibasini oʻz ijodi bilan koʻrsatib bera olgan Alisher Navoiyning va boshqa alloma bobolarimizning oʻzbek tili haqidagi ibratli gaplarini, sheʼrlarini aytdilar. Oʻzbek tilida soʻzlashish madaniyati haqida oʻquvchilar namoyish etgan sahna koʻrinishi juda taʼsirli boʻldi.

Shu kuni maktab pedagogika jamoasi bilan oʻquvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda yaqin hamkorlik qilib kelayotgan Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlariga qarashli 9202-harbiy qismida tajribali oʻqituvchi Gulandom Shomurodova harbiy xizmatchilar va muddatli harbiy xizmat burchini oʻtayotgan askarlarga 21-oktyabr – oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan shu mavzuda maʼruza oʻqidi.

Fan oyligi doirasida oʻzbek tili bayrami kuniga atab oʻtkazilgan tadbirlar ishtirokchilarda ulkan taassurotlar qoldirdi.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019