16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 18:12
Fan va taʼlim 👁 250

MAHORATLI OʻZBEK TILI OʻQITUVChISI

MAHORATLI OʻZBEK TILI OʻQITUVChISI

Atoqli maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy “Til millat ruhini yuksaltiruvchi buyuk kuchdir”, degan edilar. Ha, har bir xalqning oʻz ona tili uning shaʼni, gʻururi. Insonning vujudiga ona suti bilan kirgan Vatanga mehr-muhabbat va sadoqat tuygʻulari ona tiliga muhabbatdan boshlanadi. Bunday eʼtiqod oʻzbek xalqining qoniga singib ketgan, desak adashmagan boʻlamiz.

Keyingi yillarda necha asrlar osha ajdodlarimizdan bizga oʻtib kelayotgan ona tilimizning nufuzini oshirishga, uning davlat tili sifatidagi oʻrnini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Dunyoning 65dan ortiq xorijiy oliy taʼlim muassasalarida oʻzbek tili oʻqitilayotgani, yer yuzida oʻzbek tilida soʻzlashuvchilar soni 50 million kishidan ziyod ekanligi tilimizning dunyo miqyosidagi obroʻ-eʼtiboridan darak beradi.

Bunda 1989-yil 21-oktyabrda “Davlat tili haqida”gi Qonunning qabul qilinib, turmushga tatbiq etilganligi muhim rol oʻynadi. Bu boradagi saʼy-harakatlar izchil davom ettirilib, 2020-yil 10-aprelda Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbek tili bayrami kunini belgilash toʻgʻrisida”gi Qonuni, Prezidentning “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

2020-yildan boshlab 21-oktyabr oʻzbek tili bayrami kuni sifatida ulkan bayram qilib kelinmoqda. Oʻzbek tilining xalqimiz hayotida obroʻ-eʼtiborini oshirish, unib-oʻsib kelayotgan yosh avlodga puxta oʻrgatishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Albatta, bunda ziyolilarning, xususan, umumiy oʻrta taʼlim maktablarida boshlangʻich taʼlim, ona tili va adabiyot oʻqituvchilarining hissasi zalvorli.

Tumanimizning Kuyuk koʻpir ovulida tugʻilib oʻsgan va umumiy oʻrta taʼlimni 19-sonli maktabda olgan Kumushoy Xolimbetova ham ona tilimizni yosh avlodga sidqidildan oʻrgatib kelayotgan mahoratli oʻqituvchilardan. U Qoraqalpoq davlat universiteti filologiya fakultetining oʻzbek tili va adabiyoti boʻlimini 2007-yilda tugatib, oʻqituvchilik faoliyati 14-sonli maktabda boshladi. Keyinchalik 26-sonli maktabga oʻtdi.

Ushbu maktab darslar samaradorligiga erishish borasida tumandagi yetakchi muassasalardan biri. Joriy yilda bitiruvchilarining 50 foizidan ziyodi mamlakatimizdagi turli oliygohlar talabalari boʻlishdi. Agar oliygohlarga barcha yoʻnalishlarda ham kirish test sinovlarida ona tili va adabiyot majburiy fan sifatida kiritilganini inobatga olsak, muassasada mehnat qilayotgan ona tili va adabiyot oʻqituvchilarining mehnatlari nechogʻlik natijali boʻlayotganini anglash qiyin emas.

Kumushoy Xolimbetovaning oʻqituvchilik faoliyatidagi yutuqlari ham havas qilgulik. Oʻquvchilari Bilimlar bellashuvi, fan olimpiadalari va boshqada turli tanlovlarda qatnashib, faxrli oʻrinlarni egallab kelmoqda. Uning dars ishlanmalari tuman miqyosida ommalashtirilgan. “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovida tumanda faxrli oʻrinni egalladi, oliy toifali oʻqituvchi.

Kumush Xolimbetovaning erishgan yutuqlari sabablaridan biri uning oʻz kasbini juda yaxshi koʻrgani, oʻquvchilarga sidqidildan saboq bergani, badiiy adabiyotlarni koʻp oʻqishga jalb qila olgani boʻlsa, ajab emas. Axir badiiy adabiyotlarni koʻp oʻqigan odam oʻzbek tili qanchalik boy, jozibador ekanligini ham chuqur anglaydi.

U oʻquvchilariga oʻz onasini, Vatanini sevgan odam ona tilini ham sevishi, mukammal oʻrganishi, oʻz tilida bexato yozishni bilishi kerakligini chuqur singdirishga intiladi. Qolaversa, uni oilasida qoʻllab-quvvatlaydigan, yangi-yangi intilishlarga undaydigan, ragʻbatlantiradigan hamkasb turmush oʻrtogʻi bor. Ular uch nafar farzandlarni hamjihatlikda komil insonlar qilib voyaga yetkazishmoqda.

Ayol oilasidan koʻngli tinch, xotirjam boʻlsa, jamoasida, oilasida qoʻllab-quvvatlansa, albatta u koʻp xayrli ishlarga qodir boʻladi. Shu maʼnoda olib qaraydigan boʻlsak, Kumushoy Xolimbetova hali oʻqituvchilik faoliyatida koʻpgina yutuqlarga erishishiga shubha yoʻq.

Sevara ISMOILOVA, QDU talabasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019