16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 16:02
Jamiyat 👁 425

“Ayollar daftari”da turuvchi ayollar uchun “Oilaviy munosabatlarni mustahkamlash” mavzusida psixologik trening oʻtkazildi

“Ayollar daftari”da turuvchi ayollar uchun “Oilaviy munosabatlarni mustahkamlash” mavzusida psixologik trening oʻtkazildi

Xotin-qizlarning jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy mavqeini oshirish, bandligini taʼminlash, yashash sharoitini yaxshilash, bir soʻz bilan aytganda ularga munosib turmush sharoitini yaratish davlatimiz siyosatining ustuvor maqsadlaridan bir hisoblanadi.

Shu maqsadda ijtimoiy himoyaga muhtoj, bandligi taʼminlanmagan, tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan, boquvchisi vafot etgan yoki jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan, uy-joyga muhtoj, nogironligi bor yoki qaramogʻida nogiron farzandlari boʻlgan ayollarga har tomonlama koʻmak koʻrsatish maqsadida “Ayollar daftari” joriy qilindi. Shuningdek, mazkur daftarga ruhiy tushkunlikka tushib qolgan, psixologik yordamga muhtoj ayollar ham kiritilib, ular bilan muntazam ravishda psixologik treninglar oʻtkazish yoʻlga qoʻyilgan. Maqsad − ayollarning stressdan ozod boʻlishiga, sogʻlom hayot tarziga qaytishlarida yordam berishdan iboratdir.

25-oktyabr kuni Amudaryo tumanining Toʻlqin ovul fuqarolar yigʻinida “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollar bilan navbatdagi trening mashgʻulotlari boʻlib oʻtdi. Mashgʻulotni 33-sonli umumtaʼlim maktabi psixologi Manzura Saparbayeva olib bordi.

Trening “Ayollar daftari”dagi ayollarning “Oilaviy munosabatlarni mustahkamlash” mavzusida boʻlib, ishtirokchilar 3 ta shart asosida oʻz dunyoqarashlarini, oila aʼzolari bilan yoʻlga qoʻygan munosabatlarini tahlil qildilar.

Birinchi shart − “Minnatdorchilik daraxti” sharti boʻlib, unda ishtirokchilar oʻzlarini oʻzlari sevgan mevali daraxtga qiyosladilar.

Kimdir oʻzini anor mevasi singari boʻlishni xohlashini, sababi anor sabr bilan meva tugib, pishib yetilgan sayin shirin va goʻzal boʻlishi, shuningdek, bagʻriga son-sanoqsiz donalarni jamlaganini aytib, oilaviy munosabatlarda ham sabrli va bagʻrikeng boʻlish lozimligini aytib oʻtdi.

Yana kimdir olma kabi boʻlishni istashini, sababi olmani barcha sevib isteʼmol qilishi, u yoz va kuz faslida son-sanoqsiz mevalar tugib barchaning dasturxonidan oʻrin olishini taʼkidladi. Psixologik trening davomida baʼzi ayollar oʻzini uzumga, tut daraxtiga oʻxshatib, uning foydali xususiyatlarini aytib oʻtishdi.

Ikkinchi shart − “Ayol kishining oiladagi oʻrni” mavzusi atrofida boʻlib, ayol kishi oilada, jamiyatda qanday muomala madaniyatiga ega boʻlishi lozimligi haqida suhbat qurildi. Tarqatma materiallar orqali ularning fikrlari oʻrganildi.

Yakuniy shart − “Kechiring va ozod boʻling” deb nomlandi. Ushbu shartda ayollar oilada kelib chiqqan har xil nizoli vaziyatlarda oʻzini tutish, bosiqlik bilan muammoni hal qilish boʻyicha koʻnikmaga ega boʻlishdi.

Har bir ishtirokchi pufakchalarni shishirib osmonga uchirib yubordi. Bu bilan ular jahl chiqqan paytda oʻzini tutishni, koʻngilda gina saqlamaslik, kechirimli boʻlish, boʻlib oʻtgan koʻngilsiz voqealarni unutish va bu singari holatlarga boshqa yoʻl qoʻymaslik boʻyicha koʻnikmalarga ega boʻlishdi.

Psixologik treningda har bir ishtirokchi faol qatnashib, psixolog tomonidan berilgan tavsiyalar asosida oiladagi rafiqalik, kelinlik, onalik vazifalarini chuqur anglab yetdilar. Shu bilan birga oiladagi sogʻlom muhitni yanada mustahkamlash boʻyicha bilimlarga ega boʻlishdi.

Jamiyatning bosh boʻgʻini boʻlmish oilalar mustahkamligi Vatanimiz farovonligida va gullab-yashnashida muhim ahamiyat kasb etadi. Sababi, oila tinch boʻlsa yurt ham tinch va osuda boʻladi.

Oilaviy kelishmovchiliklar va ajrimlarning oldini olishda mahallalarda yangidan ish boshlagan xotin-qizlar faollari ham samarali tarzda faoliyat yuritishmoqda.

Shuningdek, ayollarning bandligi taʼminlash, ularning jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish boʻyicha ham xotin-qizlar faollari tashabbusi bilan koʻplab ijobiy ishlar qilinmoqda.

Toʻlqin ovulining xotin-qizlar faoli Gavhar Babatayeva ham hokim yordamchisi bilan hamkorlikda mahallasida istiqomat qiluvchi 4 ming 7 nafar ayol-qizning har biri bilan muloqot qilib, ularning muammolariga yechim topishga intilmoqda.

Shu kunga qadar “Ayollar daftari”da turuvchi 142 nafar ayol-qizga turli yordamlar koʻrsatildi. Daftardagi 25 nafar ayol tikuvchilik boʻyicha sertifikat olib, oʻz faoliyatini yoʻlga qoʻydilar.

Ayollar uchun tabdirkorlikning turli yoʻnalishi boʻyicha berilayotgan yengilliklar, imtiyozlar ularni yanada ruhlantirib, yangidan yangi marralar sari chorlamoqda. Ayniqsa, tumandagi “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollarga koʻrsatilayotgan ijtimoiy yordamlar tufayli ularning yashash sharoiti yaxshilanib, doimiy daromad manbaiga ega boʻlishmoqda.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019