17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 04:57
Salomatlik 👁 260

BOBUR NOMLI OVULIDAGI OILAVIY POLIKLINIKA AHOLIGA SIFATLI TIBBIY XIZMAT KOʻRSATIB KELMOQDA

BOBUR NOMLI OVULIDAGI OILAVIY POLIKLINIKA AHOLIGA SIFATLI TIBBIY XIZMAT KOʻRSATIB KELMOQDA

Yurtimizda aholiga malakali tibbiy xizmat koʻrsatilishini taʼminlash maqsadida kam samarali qishloq vrachlik punktlari maqbullashtirilib, ularning negizida qishloq oilaviy poliklinikalari tashkil etilgan edi. Ayni paytda ulardagi kunduzgi statsionarlarda bemorlarga pediatr, terapevt, akusher-ginekolog, stomatolog, jarroh kabi tor soha mutaxassislari xizmat koʻrsatishi yoʻlga qoʻyilgan.

Salomatlikni mustahkamlash, har tomonlama sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, xalqimiz turmush farovonligini yanada yuksaltirish yoʻlida zamonaviy sharoit yaratishga qaratilayotgan bu kabi alohida eʼtibor odamlarning hayotdan rozi boʻlib yashashida, ertangi kunga ishonchi yanada ortishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Amudaryo tumanidagi Bobur nomli ovulda joylashgan 4-sonli oilaviy poliklinikada ham tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini yanada yaxshilash maqsadida aniq tadbirlar belgilab olingan boʻlib, ularning ijrosi toʻliq taʼminlanmoqda. Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli ushbu oilaviy poliklinkada koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatdan hudud aholisi juda mamnun.

Mazkur tibbiyot maskanida hududdagi 10 ming 891 nafar aholiga xizmat koʻrsatiladi. Shundan 5 ming 529 nafarini erkaklar, 5 ming 362 nafarini ayollar, 3 ming 378 nafarini 14 yoshgacha boʻlganlar, 576 nafarini 15-17 yoshgacha boʻlganlar, 6932 nafarni esa 18 yoshdan kattalar tashkil qiladi. Shuningdek, 1 yoshgacha boʻlgan bolalar 240 nafar, tugʻish yoshidagi ayollar 2 ming 781 nafardan iborat. Oilaviy poliklinika hududida 7 ta maktab, 4 ta davlat va 1 ta nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari mavjud.

Muassasadagi tibbiy xizmatlardan Bobur nomli ovul aholisidan tashqari, Jumurovul mahallasi va Jumurtov shaharchasi fuqarolari ham foydalanadi. Hududdagi 1 ming 960 ta xonadonga 6 nafar umumiy amaliyot shifokori va 30 nafar oʻrta tibbiyot xodimi, shundan 17 nafari patronaj hamshiralari biriktirilgan.

Oilaviy poliklinikada shifokor va patronaj hamshiralar oʻzlariga biriktirilgan hududlardagi oilalar tibbiy-ijtimoiy holatini oʻrganish borasida ham tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishmoqda. Ayrim hollarda bemorlarni uyida koʻrikdan oʻtkazish va zarur muolajalarni amalga oshirish, emlash orqali turli yuqumli kasalliklarning oldini olish ishlari yoʻlga qoʻyilgan.

Hududda roʻyxatga olingan fertil yoshidagi ayollar salomatligi ham doimiy nazoratda. Oʻtgan 2021-yilning 9 oyi davomida hududda 174 nafar, joriy 2022-yilning 9 oyi davomida esa 170 nafar chaqaloq tugʻilishi qayd etildi. Joriy yilning 9 oyda roʻyxatga olingan 234 nafar homilador ayollarga Vazirlar Mahkamasining “Respublikaning qishloq tumanlarida onalar va bolalarning reproduktiv salomatligini mustahkamlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida polivitamin, vitamin komplekslari berilib borilmoqda. Hisobdagi ayollarning 17 nafari respublika Skrining markazida toʻliq tekshiruvdan oʻtishga yuborildi. Shuningdek, hududdagi 70 yoshdan katta boʻlgan 285 nafar qariyalarga kaltsiy D3 preparatlari tarqatildi.

Poliklinikada birlamchi tibbiy yordam koʻrsatish, tashxis qoʻyish, laboratoriya, sogʻlomlashtirish muolajalarini amalga oshirish xonalari ishlab turibdi. Ayniqsa, tor doiradagi mutaxassislarning faoliyat koʻrsatayotgani aholiga koʻplab qulayliklar yaratmoqda.

Tuman markazidan olisda joylashgan hududdagi ushbu maskan tibbiyot xodimlarining samarali faoliyati va bu yerda yaratilgan zamonaviy sharoitlar aholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish va salomatligini yanada yaxshilash, yuqumli kasalliklar boʻyicha barqaror holatni saqlash hamda bolalar oʻrtasida kasallikka chalinish holatlarini kamaytirish imkonini bermoqda. Tibbiy koʻrik va maslahat uchun tuman markaziga qatnashlariga hojat qolmagani, uzogʻi yaqin boʻlganidan, shu yerning oʻzida sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyati yaratilgandan Bobur nomli ovul aholisi juda mamnun.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019