16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:42
Siyosat 👁 341

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 53-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 53-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

2022-yil 28-oktyabr kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 53-sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, sektorlar rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, huquq-tartibot organlari, boʻlimlar, jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiya kotibligiga 23-Bobur saylov okrugidan deputat Shavkat Yangiboyev saylandi.

Sessiyada dastlab, fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudi tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi Qayrulla Atamuratovning axboroti tinglandi.

Axborotda qayd etilganidek, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini sud orqali ximoya qilish, ishlarni qonunda belgilangan muddatlarda koʻrib chiqish va aholi oʻrtasida huquqiy targʻibot ishlarini olib borish boʻyicha koʻplab samarali ishlar amalga oshirilgan.

Jumladan, koʻrib chiqilgan ishlarning 1592tasi boʻyicha hal qiluv qarorlari chiqarilgan boʻlib, shundan 1505ta daʼvo arizalari qanoatlantirilgan va 87ta ish boʻyicha daʼvo arizalar rad etilgan. 521ta ish boʻyicha ajrimlar chiqarilgan boʻlib, 27 ta ish yuritishdan tugatilgan.

Shuningdek, sudning ish rejasi boʻyicha va ish rejadan tashqari Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tumani sudi tomonidan jami
20 marotaba aholi oʻrtasida uchrashuvlar oʻtkazilib, murojaatlari tinglangan.

Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi Jasur Oʻrazboyevning odil sudlovni amalga oshirish boʻyicha 9 oylik faoliyati yuzasidan axboroti tinglandi.

Taʼkidlanganidek, fuqarolarga qulaylik yaratish, ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish maqsadida tumanning eng chekka hududlarida sayyor qabullar oʻtkazilgan. Joriy yilning 9 oyi davomida Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudiga 61 nafar fuqaro qabul qilingan boʻlsa, shundan 39 nafar fuqaro sayyor qabullarda murojaat qilgan.

Sessiya ishida Amudaryo tuman Xalq qabulxonasi, sektorlar va hududdagi tashkilot rahbarlarining aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash holati yuzasidan tuman Xalq qabulxonasi boʻlimi mudiri Erkin Rajabovning axboroti tinglandi.

Axborotda qayd etilganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga 2022-yil 30-sentyabr sanasiga qadar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 1970ta masala boʻyicha murojaatlar roʻyxatga olingan. Koʻrib chiqilgan murojaatlarning 31,6 foizi ijobiy hal qilingan boʻlib, 929 tasi huquqiy maʼlumot berish orqali hal qilingan, 16 tasi uzoq muddatli nazoratga olingan boʻlib, 350 tasiga tushuntirish berilgan. Qolgan 46 ta murojaat koʻrib chiqish jarayonida.

Shuningdek, sektor rahbarlari tomonidan hal qilingan murojaatlar, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”da ruyxatda turuvchi fuqarolarga koʻrsatilgan yordam turlari, sektor rahbarlari tomonidan oʻtkazilgan sayyor qabullarda kelib tushgan murojaatlarning hal etilishi boʻyicha batafsil maʼlumot berildi.

Sessiya ishida 2022-yil 9 oyi davomida tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek sodir etilgan ogʻir va oʻta ogʻir turdagi jinoiy holatlar yuzasidan tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Sharapat Joldasbayevning hisoboti tinglandi.

Aytish kerakki, haftaning har payshanba kuni “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” sifatida belgilanib, aholi orasida targʻibot tadbirlari, uchrashuvlar oʻtkazilmoqda. Shuningdek, “Havfsiz tun” tadbirlarida yoʻl transport hodisalarining oldini olishga, yoshlar oʻrtasida jamoat tartibini saqlashga alohida eʼtibor berilmoqda.

Sessiya kun tartibida tumanda “Tashabbusli byudjet” jarayonining 3-choragida gʻolib boʻlgan takliflar ijrosi boʻyicha tuman Moliya boʻlimi mudiri Ulugʻbek Bekniyazovning hisoboti tinglandi.

Moliya vazirligi tomonidan ochilgan “Ochiq byudjet” portaliga 2022-yilning 22-iyulidan 9-avgustiga qadar boʻlgan davrda tuman fuqarolari tomonidan jami 451 ta taklif kiritilgan boʻlib, shundan 5 ta taklif gʻolib deb topildi. Gʻolib boʻlgan takliflar uchun manzilli roʻyxat tuzilib, tegishli buyurtmachi tashkilotlarga mablagʻlar oʻtkazib berilgan va hozirgi kunda ushbu loyihalarni amalga oshirish ishlari davom etmoqda.

Sessiya ishida 2022-yilning 9 oyi davomida xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturiga muvofiq amalga oshirilgan ishlar boʻyicha tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Rashid Salayevning hisoboti tinglandi.

Qayd etilishicha, xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturi boʻyicha yillik rejada 540 ta loyihalar amalga oshirilishi va ularda 4400 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi koʻzda tutilgan boʻlib, 9 oy mobaynida 553 ta loyiha ishga tushirildi hamda 841 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.

Dastur boʻyicha 3-chorakda ishga tushirilishi belgilangan rejaga nisbatan 385 ta loyihalar ortigʻi bilan ishga tushirilib, 400 taga koʻp yangi ish oʻrinlari yaratilgan.

Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan Amudaryo tumani hokimligining Bolalarni himoya qilish shoʻʼbasi rahbari Jahongir Xolmurdov axborot berdi.

Axborotda voyaga yetmaganlar oʻrtasida jinoyatchilik sodir etilishining oldini olish, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar boʻyicha batafsil maʼlumot berildi.

Sessiya ishida birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Amudaryo tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi Faxriddin Abdullayevning hisoboti tinglandi. Hisobotda tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan joriy yilda bir qator yangi qurilish, mukammal tamirlash ishlari boshlab yuborilgani aytib oʻtildi.

Jumladan, 90-oʻrinli yangi tugʻruq boʻlimi binosini qurish uchun 14,3 mlrd. soʻm hamda Qangli oilaviy shifokorlik punkti binosini taʼmirlash uchun 590 mln. soʻm mablagʻ ajratilgan va qurilish ishlari davom etmoqda.

Sessiyada tuman hokimi – xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sultonboy Yoʻldoshev tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlardan ishtirokchilarni xabardor qildi.

Sessiya ishida Kengash vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar ham muhokama qilinib, ular yuzasidan ham tegishli qarorlar qabul qilindi.

Shuning bilan sessiya oʻz ishini yakunladi.

Tuman hokimligining axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019