16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 18:12
Fan va taʼlim 👁 334

“XIZMAT – BEMINNAT” LOYIHASI FAOLI AZIMBOY SAFARBOYeVGA OʻZMTDP MARKAZIY KENGAShI RAISINING TAShAKKURNOMASI TOPShIRILDI

“XIZMAT – BEMINNAT” LOYIHASI FAOLI AZIMBOY SAFARBOYeVGA OʻZMTDP MARKAZIY KENGAShI RAISINING TAShAKKURNOMASI TOPShIRILDI

Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan qator loyihalar bugun juda koʻplab yoshlarni oʻz atrofiga jamlab, ularning iqtidor va qobiliyatlarini namoyon etishlarida, kasb-hunar egallashlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, partiya tashabbusi bilan yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari, kam taʼminlangan oilalar farzandlarini turli xil fan va hunar toʻgaraklariga jalb qilish maqsadida tashkil etilgan “Xizmat – beminnat” loyihasi amalda oʻz samarasini bermoqda.

Shu yil 1-noyabr kuni Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Amudaryo tuman Kengashi ijrochi kotibi Shirin Yangiboyeva mazkur loyiha doirasida tashkil etilgan matematika fani boʻyicha oʻquv kursida oʻquvchilarga taʼlim berib kelayotgan fidoyi oʻqituvchi hamda partiya faoli Azimboy Safarboyevga Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi Alisher Qodirovning tashakkurnomasini topshirdi.

Shuningdek, Oʻzbekiston xalq taʼlimi aʼlochisi koʻkrak nishoni, “Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi” faxriy unvoni sohibi Azimboy Safarboyevning yoshlarga taʼlim-tarbiya berishdek ezgu ishlardagi jonkuyarligi, fidoyiligini tilga olib oʻtdi.

Mazkur loyiha doirasida koʻp yillardan buyon umumtaʼlim maktablaridagi kam taʼminlangan oilalar farzandlarini beminnat oʻqitib, taʼlim-tarbiya berib kelayotgan fidoyi ustozlardan biri Azimboy Safarboyev “Xizmat – beminnat” loyihasi doirasida matematika fanidan bepul oʻquv kursini tashkil etib, har yili kam taʼminlangan oilalar farzandlari boʻlgan oʻquvchi-yoshlarga taʼlim-tarbiya berib kelmoqda.

Ushbu oʻquv kursida fanni mukammal oʻzlashtirgan yoshlar turli oliy oʻquv yurtlari talabalari boʻlishmoqda. Jonkuyar va talabchan ustoz Azimboy Safarboyevning ana shunday fidoyiliklari inobatga olinib, Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi Alisher Qodirov tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Taʼkidlanganidek, Partiyaning “Xizmat – beminnat” loyihasi partiya dasturiy vazifalari hamda Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasida yoshlarga oid belgilangan vazifalarni amalga oshirish, shuningdek, “Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida”gi va “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi qonunlar ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan. Mazkur loyiha bilim va kasb-hunar oʻrganish istagida boʻlgan yoshlarni oʻz atrofiga birlashtirib kelmoqda.

Loyiha doirasida partiyaning tuman Kengashi tomonidan joriy yil hisobiga jami 5 ta bepul oʻquv kurslari tashkil etildi. Mazkur loyiha boʻyicha 60 dan ziyod yoshlar bepul taʼlim va kasb-hunarga jalb qilinib, ularga koʻngilli oʻqituvchi va murabbiylar rahbarlik qilgan boʻlsa, joriy yilda ham ushbu ishlar davom ettirilmoqda.

Tadbir davomida yoshlarning hayotga boʻlgan qatʼiy ishonch va qarashlarini shakllantirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, kasbga yoʻnaltirish va hayotda oʻz oʻrinlariga ega boʻlishlarida ustozlarning xizmati katta ekanligi tilga olinib, fidoyi oʻqituvchi Azimboy Safarboyevga alohida minnatdorchilik bildirildi.

Partiyaning ushbu loyihani tashkil etishidan asosiy maqsadi yoshlarning ijtimoiy jihatdan shakllanishi, intellektual, ijodiy, jismoniy, axloqiy va boshqa yoʻnalishdagi salohiyatlarini yuzaga chiqarishlariga, ularning yetuk avlod boʻlib kamol topishiga koʻmaklashish va shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Shu bilan birga ularning tafakkurlarini kengaytirish, dunyoqarashini buzishga olib keladigan xatti-harakatlar va gʻoyalardan himoya qilish borasidagi vazifalarni amalga oshirish, yurt kelajagini yaratishga qodir yoshlar voyaga yetishiga hissa qoʻshishdir.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019