16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 18:14
Fan va taʼlim 👁 344

MAʼNAVIY-MAʼRIFIY HAMDA TARBIYaVIY IShLAR SAMARADORLIGINI OShIRISh KONTsEPTsIYaSI MAZMUN-MOHIYaTI TUShUNTIRILDI

MAʼNAVIY-MAʼRIFIY HAMDA TARBIYaVIY IShLAR SAMARADORLIGINI OShIRISh KONTsEPTsIYaSI MAZMUN-MOHIYaTI TUShUNTIRILDI

Amudaryo tumani xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli umumiy oʻrta taʼlim maktablarida Vazirlar Mahkamasining joriy yil 3-oktyabr kungi “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish kontseptsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi tegishli qarori mazmun-mohiyatini keng targʻib qilishga bagʻishlangan seminar oʻtkazildi.

Shu yil 2-noyabr kuni boʻlib oʻtgan seminarda barcha umumtaʼlim maktablarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarilari, sinf rahbarlari va pedagoglar jamoasi qatnashishdi. Seminar davomida Prezidentimizning “Xalq taʼlimini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi va Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish kontseptsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi tegishli qarorlariga muvofiq ishlab chiqilgan kontseptsiya haqida maʼlumot berildi.

Seminarda taʼkidlanganidek, maktab taʼlimini umummilliy harakatga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni mazmunan yangi bosqichga koʻtarish, maktab oʻquvchilari kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, maʼnaviy kuch va milliy isteʼdodlarni saqlash hamda harbiy vatanparvarlik hamda buyuk ajdodlar jasoratini targʻib etish, oʻrganish, uzluksiz taʼlim tizimida maʼnaviy tarbiya asoslarini kuchaytirish kabilar mazkur kontseptsiyaga koʻra amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar hisoblanadi. Shuningdek, ushbu kontseptsiyada oʻquvchilarni zamonaviy bilim va tajriba, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash jarayonida maktab, mahalla va oila hamkorligini mustahkamlash ham koʻrsatib oʻtilgan.

Undan tashqari, kontseptsiyada maktab taʼlimini umummilliy harakatga aylantirish, oʻquvchilarda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, buyuk ajdodlar jasorati hamda harbiy vatanparvarlik, zamonamiz qahramonlari – yoshlarga ibrat timsoli, maktab, mahalla va oila hamkorligini mustahkamlash kabilar asosiy yoʻnalishlar sifatida belgilangan.

Seminar davomida maktab taʼlimini umummilliy harakatga aylantirish yoʻnalishi boʻyicha kontseptsiyaga muvofiq oʻtkaziladigan tadbirlar toʻgʻrisida ham maʼlumotlar berib oʻtildi. Oʻquvchilar oʻrtasida “Oʻzbekiston – Vatanim manim” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi, “Davlat ramzlari – faxrim, gʻururim” mavzusida tadbirlar, “Davlat tili – millat ruhi” gʻoyasi asosida turkum maʼnaviy-maʼrifiy, adabiy-badiiy tadbirlar tashkil etilishi kerakligi, bunday tadbirlar oʻquvchi-yoshlar qalbidagi vatanparvarlik tuygʻularini mustahkamlashga xizmat qilishi taʼkidlab oʻtildi.

Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida esa Xalq taʼlimi vazirining “Kitobxon oʻquvchi” tanlovi, “Kitobxonlik haftaligi”ni tashkil etib, bolalar va oʻsmirlar adabiyoti masalalariga bagʻishlangan adabiy uchrashuvlar va kitob festivallari, “Notiq oʻquvchi” hamda insholar tanlovlari oʻtkazilishi kerakligi eʼtirof etildi. Shuningdek, boshlangʻich sinf oʻquvchilari “Jajji akademik” toʻgaraklariga jalb etish, ularga mutolaa sirlari va kitobxonlik madaniyati boʻyicha tushunchalar berib borish, “Farzandimga kitob sovgʻa qilaman” va “Maktab kutubxonasiga kitob sovgʻasi” ijtimoiy aktsiyalarini tashkil etish boʻyicha ham tavsiyalar berildi.

Seminar ishtirokchilariga buyuk ajdodlar jasorati hamda harbiy vatanparvarlik hamda maktab, mahalla va oila hamkorligini mustahkamlash boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar toʻgʻrisida ham maʼlumotlar berib oʻtildi.  Ushbu yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladigan tadbirlar oʻquvchilarda  Vatanga sadoqat tuygʻularini, harbiy xizmat muqaddas burchi ekanligi haqidagi tushunchani mustahkamlash, ular ongida adolatparvarlik va bunyodkorlik tuygʻularini tarbiyalashga xizmat qiladi. “Muvaffaqiyatga erishish sirlari” loyihasi doirasida oʻz sohasida yuqori natijalarga erishgan yurtdoshlarimiz bilan doimiy muloqotlar tashkil etish, ilmiy va ijodiy maktab yaratgan atoqli olim va ijodkorlarning uy-muzeylari hamda ishxonalarida sayohat-darslar oʻtkazish, “Yangi Oʻzbekistonning maʼnaviyat maskanlari” rukni ostida turkum tadbirlar va sayohatlar uyushtirish esa oʻquvchi-yoshlarning maʼnaviy dunyoqarashlari kengayishini taʼminlaydi.

Qiziqarli oʻtgan seminar yakunida maktablarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarilari, sinf rahbarlari va pedagoglar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019