16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:05
Sport 👁 328

SPORT FAXRIYSIGA YuBILEYI MUNOSABATI BILAN SOVGʻALAR TOPShIRILDI

SPORT FAXRIYSIGA YuBILEYI MUNOSABATI BILAN SOVGʻALAR TOPShIRILDI

Keyingi yillarda keksalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, ularga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish tizimini yaxshilash borasida qator chroa-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, mahallalarda faxriy sifatida eʼtiborli, katta hayotiy tajribaga ega nuroniylarga ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishlariga, yoshlar orasida urf-odatlarimizni, anʼanalarimizni asrab-avaylash, milliy qadriyatlarimizni oʻzbekona odob-axloqni keng targʻib etishlariga sharoit yaratilmoqda. Bu nuroniy yoshga yetib, ulkan hayotiy tajribaga ega boʻlgan otaxon-onaxonlarning jamiyatga oʻzlarini kerakli ekanliklarini his qilishlariga, faol boʻlishga undaydi.

Xalq taʼlimi faxriysi Baxtiyor Rajabov ayni kunda nafaqada, Boyovul mahallasida istiqomat qiladi. Farzandlari uyli-joyli boʻlib, hayotda oʻz oʻrinlarini togan. Nevaralari ham kamolga yetdi. Biroq bir umr maktabda, sport maktabida jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi sifatida faoliyat yuritgan, sportni targʻib qilishga ulkan hissa qoʻshgan faxriy ustoz tinib-tinchib oʻtirishni oʻziga ep koʻrmaydi, mahalla hayotida faol ishtirok etadi, qayerda sport musobaqalari oʻtkazilsa, shu yerda hozir boʻladi, yoshlar yutuqlaridan oʻzida yoʻq quvonadi.

Baxtiyor Rajabov, ayniqsa, tumanimizda sportning voleybol turi ommalashishida, mahoratli voleybolchilar yetishib chiqishiga ulkan hissa qoʻshdi. Shogirdlari nufuzli musobaqalarda gʻolib va sovrindor boʻldi. Uning mehnatlari munosib eʼtirof etilib, tuman sporti fidoyisi sifatida tilga olinadi.

Joriy yilda sport faxriysi Baxtiyor Rajapbov tabarruk 70 yoshni qarshilamoqda. Shu munosabat bilan joriy yilning 2-noyabrida Qoraqalpogʻiston Respublikasi sportini rivojlantirish vazirligi xodimlari Azamat Xolboyev, Poʻlat Boltaboyev, tuman sportni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi Gʻulomjon Qurbonboyevlar uning xonadoniga borib, yubilyarni qutlab, sovgʻalar topshirdilar. Sobiq sporchiga sport kiyimlari jamlanmasi topshirilib, milliy chopon va doʻppi kiydirishdi.

Nufuzli mehmonlar tashrifi Baxtiyor Rajabov xonadonida ulkan tantanaga aylanib ketdi. Baxtiyor Rajabovning tumanda sportni ommalashtirish, rivojlantirish borasidagi ulkan xizmatlari tilga olindi va kelgusida ham sport holatida boʻlib, yoʻl-yoʻriq koʻrsatib, uzoq yashashini tiladilar.

“Yangi Oʻzbekistonda el aziz – inson aziz!” hayot tarzimizdan teran joy olayotgan bu tamoyil necha-necha koʻngillar shod, obod boʻlishiga xizmat qilayotir.

Baxtiyor Rajabov ham buni oʻz hayotida chuqur his etib, nufuzli mehmonlarga minnatdorchilik bildirdi.

Chindan-da, uzoq yillar samarali mehnat qilib, keksalik davriga kirganingda ham yoʻqlashsa mehnatlaringni eʼtirof etishsa, bu baxt.

Shuningdek, tuman Xalq taʼlimi boʻlimining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni muvofiqlashtirish shoʻʼbasi rahbari Zafarbek Abdullayev, Yangiobod mahallasi yoshlar yetakchisi Roza Kamolova, 40-sonli maktab masʼullari sovgʻa-salom bilan ikki karra Oʻzbekiston, bir necha marotaba Qoraqalpogʻiston va Osiyo chempioni Qunduzoy Qoʻshnazarova xonadoniga tashrif buyurdilar.

Qunduzoy Qoʻshnazarova 40-sonli maktabning 6-sinfida oʻqiydi. 2019-yildan beri sportning karate turi bilan shugʻullanadi. Yoshligidan sportga boʻlgan qiziqishini payqagan otasi Karim aka Qoʻshnazarov qizini qoʻllab-quvvatlab kelayotgan edi. Oddiy oʻzbek xonadonining sevimli qizi boʻlgan Qunduzoy ham qisqa muddat ichida koʻplab yutuqlarga erishdi. Yosh sportchi qizning shijoatini koʻrgan sport murabbiysi uni dastlab tuman miqyosidagi musobaqalarga, keyinchalik Respublika miqyosidagi chempionatlarga yoʻnaltirdi.  Qunduzoy shu yil 1-2-3-may kunlari Qirgʻiziston Respublikasida boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida qatnashib, faxrli 2-oʻrinni egalladi. Shu sababli Qunduzoyning ota-onasiga Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Mahalla va Nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi tomonidan tashakkurnoma taqdim qilindi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019