16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 16:48
Siyosat 👁 338

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdan tashqari 54-sessiyasi toʻgʻrisida AXBOROT

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdan tashqari 54-sessiyasi toʻgʻrisida AXBOROT

2022-yil 9-noyabr kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari 54-sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyani tuman hokimi – xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi raisi Sultonboy Yoʻldoshev ochdi va olib bordi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatilgan sessiyada deputatlar, sektorlar rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, boʻlimlar, tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiya kotibligiga 10-Tosh yop saylov okrugidan deputat Ilhom Palvanov saylandi hamda sessiya kun tartibi va reglamenti tasdiqlandi.

Sessiyada dastlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi “Mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash qoʻshimcha chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2022-2023-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish dasturi boʻyicha tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Nodirbek Kamolovning hisoboti tinglandi.

Hisobotda qayd qilinganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yuqoridagi qaroriga asosan 2022-2023-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish dasturi ishlab chiqilmoqda. Mazkur dastur doirasida tuman hududidagi 25 ta mahallada umumiy qiymati 22 mlrd 209 mln. soʻm mablagʻ evaziga qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilishi koʻzda tutilgan.

Dastur doirasida jami 19 ta mahallada umumiy qiymati 11 mlrd 753 mln. soʻm mablagʻ evaziga 50,3 km ichki yoʻllarni taʼmirlash rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, Namuna mahallasi hududida ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash maqsadida 3 mlrd 242 mln. soʻmga suvni chuchuklashtiruvchi stantsiya va 7,1 km suv tarmoqlarini yangidan qurish hamda mavjud 1,4 km suv tarmogʻini mukammal taʼmirlash, Qipchoq shaharchasi hududida elektr energiyasi taʼminotini yaxshilash maqsadida 100 mln. soʻmga 248-sonli transformatordan chiquvchi tarmoqqa yangidan 2 km kabellar tortish, Doʻstlik mahallasi hududida 350 mln. soʻmga yangidan bolalar maydonchasi qurish, Xizr eli va Yuqori qishloq mahalla fuqarolar yigʻinlarining har biriga 450 mln. soʻmga yangidan zamonaviy mahalla binolari qurish koʻzda tutilmoqda.

Shuningdek, Qum yop mahallasi hududida ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash maqsadida 5 mlrd 100 mln. soʻmga suvni chuchuklashtiruvchi stantsiya qurish va 10,1 km suv tarmoqlarini tortish ham rejaga kiritilgan.

Deputatlar tuman hokimi oʻrinbosariga ushbu manzilli dasturga oid turli savollar bilan murojaat qilib, tegishli javoblar oldi.

Muhokamalardan keyin kun tartibidagi mazkur masala boʻyicha xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarori qabul qilindi.

Kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Rashid Salayevning hisoboti tinglandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-martdagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2021-yil 13-apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2021-yil 11-martdagi “Yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorlarga asosan har chorak yakuni boʻyicha mahalliy byudjetning ortirib bajarilgan qismining 15 foizi “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga, 30 foizi jamoatchilik fikri asosida shaklantirilgan “Tashabbusli byudjet” jamgʻarmasiga hamda 15 foizi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qoʻllab-quvatlash jamgʻarmasiga oʻtkazish belgilangan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, deputatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengisining tegishli qaroriga asosan tuman mahalliy byudjetning 3-chorakda orttirib bajarilgan qismidan “Ayollar daftari”, “Tashabbusli byudjet” hamda “Yoshlar daftari” jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratilishi uchun ovoz berdilar.

Kun tartibidagi barcha masalalar atroflicha muhokama qilinib, xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Shuning bilan sessiya oʻz ishini yakunladi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019