16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:25
Sport 👁 318

“BESh TAShABBUS OLIMPIADASI”NING 2-MAVSUMI TUMAN BOSQIChI GʻOLIBLARI TAQDIRLANDI

“BESh TAShABBUS OLIMPIADASI”NING 2-MAVSUMI TUMAN BOSQIChI GʻOLIBLARI TAQDIRLANDI

Mamlakatimizda alohida iqtidorga ega qobiliyatli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning qiziqish va intilishlarini  ragʻbatlantirish maqsadida Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida madaniyat, sanʼat, sport, kitobxonlik, axborot texnologiyalari yoʻnalishlari boʻyicha turli xil tanlov va musobaqalar tashkil etilib, mazkur tadbirlarda millionlab yoshlar qamrab olinmoqda.

Xususan, joriy yilning aprel-iyun oylari davomida ilk marta oʻtkazilgan “Besh tashabbus olimpiadasi”da 6,2 million nafardan ortiq yoshlar ishtirok etib, 540 nafardan ziyod yoshlar turli tanlov va musobaqalarning gʻoliblari boʻldilar.

Olimpiadaning ikkinchi mavsumi ham yoshlarning faol ishtiroki bilan davom etdi. Joriy yilning 11-noyabr sanasida Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Amudaryo ixtisoslashtirilgan maktabida “Besh tashabbus olimpiadasi” 2-mavsumining tuman bosqichi gʻoliblari va sovrindorlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Taqdirlash marosimida Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldashev “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oʻtkazilayotgan tanlovlar va sport musobaqalarining ahamiyati, yoshlar tarbiyasida tutgan oʻrni haqida toʻxtalib, olimpiadaning 2-mavsumi ham tumanda koʻtanrinki ruhda oʻtkazilganini, unda eng iqtidorli yoshlar ishtirok etishganini, yoshlarning ijtimoiy faolligi tobora oshib borayotganini qayd etdi.

Aytish kerakki, Amudaryo tumanida ham “Besh tashabbus olimpiadasi”da madaniyat, sanʼat, sport, kitobxonlik va axborot texnologiyalari yoʻnalishlari boʻyicha oʻz iqtidorlarini amalda namoyish etish istagidagi qobiliyatli, epchil, bilimdon va izlanuvchan yoshlar ishtirok etishmoqda. 5 ta bosqichda – mahalla, sektor, tuman, hudud va respublika miqyosida amalga oshirilayotgan tadbirlarda sport, madaniy-maʼrifiy tadbirlarda faol ishtirok etib, tengdoshlari orasida eng kuchli, epchil, bilimdon, dunyoqarashi keng, oʻz shaxsiy fikriga ega, izlanuvchan va tashabbuskor, chaqqon ekanliklarini isbotlagan yoshlar dastlabki uchta bosqichda gʻoliblikka erishib, olimpiadaning tuman bosqichida oʻzaro kuch sinashdilar.

Amudaryo tumanida mazkur olimpiadaning 2-mavsumi 3 ta bosqichi – mahalla – sektor – tuman miqyosida jami 14 ta yoʻnalish boʻyicha yuqori saviyada, qiziqarli taassurotlarga boy tarzda oʻtkazilib, unda 35 ming nafardan ziyod yoshlar ishtirok etishdi. Ishtirokchi yoshlardan 430 nafari gʻolib va  sovrindorlar safidan joy oldilar.

Tadbirda gʻolib va sovrindor yoshlar tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev va sektorlar rahbarlari tomonidan 1-2-3-darajali Diplomlar, esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

“Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2-mavsumi 3-bosqichida oʻzlari tanlagan yoʻnalishlari boʻyicha eng yuqori natijalarga erishgan gʻolib ishtirokchilarga olimpiadaning toʻrtinchi – Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichiga yoʻllanmalar berildi.

Mazkur musobaqalar yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ijtimoiy faolligini oshirish, ularni ilm-fan, sport, sanʼat, madaniyat, kitobxonlik, axborot texnologiyalari sohasiga oshno qilish kabi maqsadlarda, jami 14 ta yoʻnalish boʻyicha oʻtkazilmoqda. Kelajagimiz egalarining bilim va salohiyatini rivojlantirish, dunyoqarashlarini kengaytirishga qaratilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi tanlovlar va sport musobaqalari, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar millionlab yoshlarni bir ezgu maqsad – Yangi Oʻzbekistonda yangicha fikrlash, istiqlolni yanada mustahkamlash yoʻlida birlashtirgani bilan muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019